So’nggi yangiliklar

02:42Ҳусайн Норчаев: "Вазият қизил карточкага тортмас эди"  0 02:16Рўзиқул Бердиев: "Дарвозабонимиз олдинга чиқиши хато бўлди, лекин чиққанга яраша тўғри ўйнаши керак эди"  12 01:52Туркия. Алиқулов 90+2 дақиқада жароҳат туфайли алмаштирилди, унинг жамоаси ғалабага эришди  1 01:40Элит ОЧЛ. "Ал Аҳли" суперкамбэк эвазига ўз майдонида "Насаф"ни мағлуб этди  402 00:57"Реал" футболчилари ҳакамлар уларга бошқа етакчиларга нисбатан қаттиққўлроқ муносабатда бўлишаяти, деб ҳисоблашмоқда  1 00:05Куанишбай Оразимбетов: "Иккинчи таймда умуман бошқа "Жайхун"ни кўрдик"  0 23:40ОФК ЭЧЛ. "Ал Иттиҳод" БААда мағлубиятга учради  0 22:22Шавкат Юсупов: "Шу темпда давом этишга ҳаракат қиламиз"  1 21:02ОФК ЭЧЛ. Турнир янги мавсумининг илк баҳсида 7та гол урилди  1 19:59Мессининг карточкаси рекорд даражадаги суммага сотилди  7 19:34Руни: "Тен Ҳаг Аморимга алмаштирилганидан бери МЮнинг аҳволи фақат ёмонлашди"  11 19:06"Қайрат" "Реал"га қарши ўйин чипталари қачондан сотувга чиқишини маълум қилди  9 18:40"Футбол олами". "Пахтакор" - "Нефтчи" 2:1, "Насаф" ва "Сўғдиёна"да йирик ғалабалар  1 18:35"Насаф"га қарши ўйин олдидан "Ал Аҳли"да йўқотиш  5 18:16"Насаф" бугун ёлғиз эмас  20

“Neftchi” PFKda kutilayotgan o'zgarishlar haqida rasmiy bayonot Yangiliklar

“Neftchi” PFKda kutilayotgan o'zgarishlar haqida rasmiy bayonot

Teglar :  Neftchi
Farg'onaning “Neftchi” professional klubi jamoa tarkibidagi kutilayotgan o'zgarishlar borasida rasmiy bayonot beradi:

Ayni paytda farg'onaliklar jamoasi JCH-2018 munosabati bilan chempionatda yuzaga kelgan tanaffus sabab qisqa tatilga chiqqan. Darhaqiqat, shu kunlarda jamoa safini tark etgan va klubga kelib qo'shilishi kutilyotgan yangi futbolchilar haqida turli-xil norasmiy xabarlar mavjud.

So'nggi yillarda “Neftchi” jamoasi yoshlar borasida muvaffaqiyatli siyosat olib bormoqda. Joriy mavsumda ham jamoaning asosiy o'zagini yoshlar tarkibidan etishib chiqqan maxalliy o'yinchilar tashkil etdi. SHuningdek, mamlakatning turli-xil yosh toifasidagi terma jamoalar yig'iniga “Neftchi”ning ko'plab futbolchilari muntazam jalb qilib kelinmoqda.

18 iyun kuni O'zbekistonda transfer oynasi rasman ochiladi va klublar o'z safiga yangi futbolchilarni qo'shib olish imkoniyatiga ega bo'lishadi. SHu kunlarda “Neftchi”ning bir qator tajribali va yosh o'yinchilarga Superliga  klublaridan takliflar tushayotganini malum qilib o'tmoqchimiz. Xususan, Avazbek O'lmasaliev, Abrorbek Ismoilov, Dostonbek Tursunov, Abdujamol Isroilov, Abdurahmon Abdulhaqov hamda Alisher Samatovlarga 2-3 ta klublardan jiddiy takliflar kelib tushmoqda. Biroq “Neftchi” PFK hamda ushbu o'yinchilar o'rtasida amaldagi shartnomalar mavjud hisoblanadi. SHuni qo'shimcha qilish kerakki, klub mazkur o'yinchilarni o'z tarkibidi saqlab qolishga intiladi. Biroq futbolchilarga kelib tushayotgan takliflarda “Neftchi” jamoasining manfaati uchun qulay bandlar bo'lsa, jamoamizning foydasi uchun xizmati qiladigan shartlar mavjud bo'lsagina klub o'yinchilar borasida muzokara olib borishi mumkin.

Ayni paytda bir qator Superliga klublari kabi “Neftchi” jamoasida ham moliyaviy qiyinchiliklar mavjud. SHu sabab, ukrainalik mahoratli darvozabon Vitaliy Mirniynining jamoada qolishi katta suroq ostida turibdi. Darvozabonning o'zi ham murabbiylar shtabi ham uni “Neftchi” klubida faoliyatini davom ettirishini istaydi. Agar klubdagi moliyaviy ahvol yaxshilanmasa, Mirniy jamoa bilan xayrlashadi. Ayni paytda darvozabon o'z yurtida tatilni o'tkazmoqda. Vitaliy bilan bog'liq vaziyat oy oxiriga qadar o'z echimini topadi.

SHuningdek, “Neftchi” murabbiylar shtabi Superliganing bir necha klublaridagi o'yinchilar bilan muzokaralar olib bormoqda. Xususan 5-6 nafar yangi o'yinchilar “Neftchi” safiga kelib qo'shilishi kutilmoqda. Agar yangi futbolchilar bilan muzokaralar muvaffaqiyatli yakunlansa, ular jamoaning 20 iyun kungi yig'iniga kelib qo'shilishadi. Voqealar rivoji davom etmoqda.

“Neftchi” klubi muxlislardan jamoa haqida tarqalyotgan turli-xil mish-mishlarga etibor qilmasligini so'raydi. Jamoaga doir so'nggi yangiliklarni klub rasmiy sayti va ijtimoiy tarmoqlarida kuzatib boring.


“Neftchi” PFK matbuot xizmati

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика