So’nggi yangiliklar

22:47“Динамо“га қарши учрашувдан сўнг мезбонлар устози қисқа фикр билдирди  4 22:28"Навоий ФА" бош мураббийи Даврон Турсунов: "ОКМКнинг энг зўр спорт формадаги пайтига тўғри келиб қолдик"   3 22:09Марат Мифтахутдинов: “Абрамов касал бўлиб қолгани сабабли Андижонга кела олмади“  1 21:38Миржалол Қосимов: "Охирги тур олдидан ҳеч нарса маълум эмас эди. Шу сабабли деярли асосий таркибни майдонга туширдик"  6 21:24Амалдаги чемпион ва кубок соҳиби Ўзбекистон кубоги гуруҳ босқичида қолиб кетди  35 21:02Ўзбекистон Кубоги. "Насаф" "Пахтакор"га мағлуб бўлиб, гуруҳда қолиб кетди. "Лочин" бу сафар "Сурхон"ни мағлуб этиб, кейинги босқичга йўл олди  185 19:57"Рома" асосий футболчиси билан шартномани узайтиришга уриниб кўради  2 19:33​Санчодан уятли кўрсаткич  0 19:10Расман: Максим Шацких – "Андижон" бош мураббийи, Виталий Шпанюк – жамоанинг жисмоний тайёргарлик бўйича мураббийи  30 18:53Футзал бўйича Ўзбекистон Кубоги. "Оил Стар" ва БМБ финалда тўқнаш келадиган бўлди  1 17:37"ЎзСҚБ кўплаб вазиятлар яратди, бизнинг йигитлар туриб бера олишди" — Рустам Умаров  2 17:16"Арсенал" АПЛ юлдузи билан шартнома имзоламоқчи  0 16:30Ўзбекистон Кубоги. 3-тур дисквалификациялари: ОКМК, "Сурхон" ва "Шўртан" 1 нафардан йўқотишга эга  0 16:15"Манчестер Сити" ва Абдуқодир Ҳусанов 2025/26 йилги мавсум учун уй либосини тақдим этди  19 15:58Ўзбекистон Кубогида нима гап?  8

"Neftchi" – "Nasaf" bahsida qarshiliklar futbolchisini chetlatish uchun asos bo'lmagan - Ekspert-hakamlar komissiyasi xulosasi Yangiliklar

"Neftchi" – "Nasaf" bahsida qarshiliklar futbolchisini chetlatish uchun asos bo'lmagan - Ekspert-hakamlar komissiyasi xulosasi

Joriy yilning 24 noyabr sanasida Superliga 2024 yilgi mavsumning 25-turi yakuniga etdi.

O'zbekiston futbol hakamlari markazi mazkur uchrashuvlar tugagach, Ekspert-hakamlar komissiyasining navbatdagi yig'ilishini o'tkazdi va tur doirasida kuzatilgan bahsli vaziyatlar tahlil qilindi. Bu bellashuvlarda jami 9 ta bahsli vaziyat yuzaga keldi.  

Quyida ularning batafsil izohi va chiqarilgan yakuniy qarorlar bilan tanishishingiz mumkin:

1-vaziyat. "Neftchi" – "Nasaf" qarama-qarshiligi: bahsli qizil kartochka (VIDEO)

"Neftchi" – "Nasaf" uchrashuvining 12-daqiqasida mehmonlarning 6-raqamli futbolchisi farg'onaliklarning 19-raqamli azosiga nisbatan qo'pol harakat qildi. Bosh hakam Rustam Lutfullin dastlab bahsni davom ettirdi. VAR  hakami uni monitor yoniga chaqirgach esa referi qarorni qizil kartochkaga o'zgartirdi.

Ekspert-hakamlar komissiyasi qarori: Bu vaziyatda VAR holatga noto'g'ri aralashgan. Futbolchi to'p uchun o'ynamoqchi bo'lgan, ammo ehtiyotsizligi bois raqibiga qo'pollik ishlatgan. CHetlatish uchun asos etarli emas. Ekspert-hakamlar komissiyasi hakamlarning qarorini noto'g'ri, deb hisobladi.


2-vaziyat: "Qizilqum" – "Navbahor" o'yini: bahsli 11 metrlik jarima zarbasi (VIDEO)

"Qizilqum" – "Navbahor" uchrashuvining 8-daqiqasida mehmonlarning 55-raqamli azosi o'z jarima maydonida to'pni qaytardi. Bosh hakam Timur To'xtasinov dastlab bahsni davom ettirdi. Ammo monitor yoniga borib holatni o'rgangach qo'l bilan o'yin borligini malum qildi, lekin sal oldin navoiyliklarning 71-raqamli vakili ham qo'li bilan o'ynagani uchun penalti belgilamadi va jarima zarbasiga ishora qildi. 

Ekspert-hakamlar komissiyasi qarori: Bu vaziyatda to'p himoyachining qo'liga tekkan. Penalti belgilash uchun asos etarli.  Biroq nominal mezbonlar azosi bu vaziyatdan oldin qo'li bilan o'ynagan va qoidani buzgan. SHu bois, komissiya hakamlarning qarorini to'g'ri, deb topdi.


3-vaziyat. "Qizilqum" – "Navbahor" to'qnashuvi: mehmonlarning goli (VIDEO)

"Qizilqum" - "Navbahor" uchrashuvining 66-daqiqasida mehmonlar gol urishga muvaffaq bo'ldi. Birinchi yordamchi hakam bayroqchasini ko'targandan so'ng bosh hakam Timur To'xtasinov ofsayd borligini qayd etdi, ammo VAR o'yindan tashqari holatni o'rganib chiqqach referiga faktik qarorini elon qildi va gol inobatga olindi.  

Ekspert-hakamlar komissiyasi qarori: Bu vaziyatda VAR holatga aralashib, to'g'ri qilgan. Mazkur epizodda to'p navoiyliklarning 6-raqamli azosidan hujumchiga kelib tushgan. O'z-o'zidan o'yindan tashqari holat uchun asos mavjud emas. Ekspert-hakamlar komissiyasi tomonidan hakamlarning qarori to'g'ri, deb topildi.


4-vaziyat: "Olimpik" – "Bunyodkor" bellashuvi: bahsli vaziyat (VIDEO)

"Olimpik" – "Bunyodkor" uchrashuvining 67-daqiqasida toshkentliklarning 57-raqamli vakili mezbonlarning 8-raqamli azosiga nisbatan qo'pol harakat qildi. Bosh hakam G'ayrat Jo'raev futbolchiga sariq kartochka ko'rsatdi.  

Ekspert-hakamlar komissiyasi qarori: Bu vaziyatda futbolchi to'pga ulgurmagan holda raqibiga nisbatan qo'pollik ishlatgan. Bu vaziyatda qizil kartochka berish uchun asos yo'q. Komissiya tomonidan hakamlarning qarori to'g'ri, deb topildi.


5-vaziyat: "Andijon" – "Dinamo" o'yini: bahsli penalti (VIDEO)

"Andijon" – "Dinamo" uchrashuvining 31-daqiqasida mezbonlarning 17-raqamli azosi raqib jarima maydonida to'p uchun darvozabon bilan kurash olib bordi va yiqilib tushdi. Bosh hakam Doston Rahmonov bahsni davom ettirdi.  

Ekspert-hakamlar komissiyasi qarori: Bu vaziyatda VAR holatga aralashmasdan to'g'ri qilgan. Posbon raqibga nisbatan qo'pollik ishlatmagan. U hujumchiga qarshilik qilgan, ammo bu muvozanat yo'qotish uchun etarli emas. Darvozabon tomonidan futbol qoidalariga zid xatti-harakat qilinmagan. Penalti belgilash uchun asos yo'q. Komissiya hakamning qarori to'g'ri ekanini malum qiladi.


6-vaziyat. "Andijon" – "Dinamo" qarama-qarshiligi: qizil kartochka (VIDEO)

"Andijon" – "Dinamo" uchrashuvining 52-daqiqasida mehmonlarning 7-raqamli futbolchisi andijonliklarning 71-raqamli azosiga butsasining tag qismi bilan zarba berdi. Bosh hakam Doston Rahmonov dastlab bahsni davom ettirdi. Ammo monitor orqali epizodni ko'rgach futbolchiga to'g'ridan-to'g'ri qizil kartochka ko'rsatdi va uni maydondan chetlatdi. 

Ekspert-hakamlar komissiyasi qarori: Bu vaziyatda VAR holatga to'g'ri aralashgan. Futbolchi raqibiga nisbatan ortiqcha harakat qilib, unga jarohat etkazmoqchi bo'lgan. Bu kabi hollarda to'g'ridan-to'g'ri qizil kartochka ko'rsatilishi lozim. Ekspert-hakamlar komissiyasi hakamlarning qarori to'g'ri ekanini malum qiladi.


7-vaziyat: "Andijon" – "Dinamo" o'yini: bahsli penalti (VIDEO)

"Andijon" – "Dinamo" uchrashuvining 73-daqiqasida mezbonlarning 21-raqamli azosi raqib jarima maydonida to'p uchun kurash olib bordi va maydonga yiqildi. Bosh hakam Doston Rahmonov monitor orqali vaziyatni o'rgangach bu epizodda penalti yo'qligini qayd etdi va bahsni davom ettirdi.  

Ekspert-hakamlar komissiyasi qarori: Bu vaziyatda himoyachi raqibga nisbatan qo'pollik ishlatmagan. Hujumchi penalti ishlash maqsadida o'z oyog'ini raqib oyog'i yo'liga qo'ygan. SHu sababli, penalti belgilash uchun asos yo'q. Komissiya hakamlarning qarori to'g'ri ekanini malum qiladi.


8-vaziyat. "So'g'diyona" – "Lokomotiv" qarama-qarshiligi: bahsli 11 metrlik jarima zarbasi (VIDEO)

"So'g'diyona" – "Lokomotiv" uchrashuvining 78-daqiqasida mehmonlarning 70-raqamli futbolchisiga tegdi va u to'pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi. Bosh hakam SHavkat Nasibullaev to'p qo'lga tegdi, deb hisobladi va jarima zarbasi belgiladi.  

Ekspert-hakamlar komissiyasi qarori: Bu vaziyatda VAR hakami holatni aniq isbotlab beruvchi kadr mavjud emasligi bois vaziyatga aralashmagan. SHu tufayli, Ekspert-hakamlar komissiyasi tomonidan hakamlarning qarori to'g'ri, deb topildi.


9-vaziyat. "So'g'diyona" – "Lokomotiv" to'qnashuvi: mezbonlarning bekor qilingan goli (VIDEO)

"So'g'diyona" – "Lokomotiv" uchrashuvining 63-daqiqasida mezbonlar gol urishga muvaffaq bo'ldi. Bosh hakam SHavkat Nasibullaev mazkur holatda qo'l bilan o'yin borligini qayd etdi va golni bekor qildi.  

Ekspert-hakamlar komissiyasi qarori: Bu vaziyatda etarli asosi bo'lmagani sabab VAR holatga aralashmay to'g'ri qilgan. Videotakrorlar orqali ko'rinib turibdiki, to'p qo'lga tekkan yoki tegmaganligini isbotlovchi aniq dalil yo'q. Lekin kadrlar orqali to'p qo'lga tekkani ehtimoli yuqori ko'rinmoqda va bu holatda epizodga eng yaqin turgan bosh hakam qarori qo'llab-quvvatlandi va maqullandi. SHu tufayli, Ekspert-hakamlar komissiyasi tomonidan hakamning qarori to'g'ri, deb topildi.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика