So’nggi yangiliklar

01:54А Серия. Чемпионлик учун курашаётган "Интер" ва "Наполи" сўнгги тур олдидан дуранг ўйнади, "Рома" ва "Ювентус"да ғалаба  29 01:06"Барселона" футболчиси клубдан кетишга яқин  5 00:20Ла Лига. "Атлетико"дан йирик ғалаба, "Реал" тўққиз киши бўлиб қолган "Севилья"ни мағлуб этди, "Барселона" эса ўз уйида "Вильярреал"га мағлуб бўлди  42 00:13Илёс Зейтуллаев: "Бугун футбол ўйнадикми?"  12 00:00Григорий Колосовский: "Иккинчи голдан кейин ташаббусни рақибга топшириб қўйдик"  1 23:40Асрор Алиқулов: "Бугун йигитларда характер етишмади"  1 23:32Гильерме Гедеш: "Ғалаба туғилган кунимга кутилмаган совға бўлди"  0 23:21Шоҳмалик Комилов: "Жорий мавсум Суперлигада бирор жамоа ажралиб тургани йўқ"  1 23:10Суперлига. "Пахтакор" Навоийдан йирик ҳисобдаги ғалаба билан қайтмоқда  80 23:07Алишер Одилов: "Машғулотлардан кейин "Тривела" услубида алоҳида шуғулланамиз"  2 23:05Туркия Суперлигаси. Алиқулов жамоаси иштирокидаги ўйинда 9 та гол урилди, "Сивасспор" эса меҳмонда мағлуб бўлди  0 22:57Ҳаким Фузайлов: "Урганчдаги стадионда битта камчилик қолди холос"  2 22:41Руслан Жиянов: "Гол уриш яхши, бу голлар жамоага фойда келтирса, ундан ҳам яхши"  1 22:30АПЛ. "Арсенал" Райснинг голи туфали "Ньюкасл"ни мағлуб этди  4 22:20Мирко Еличич: "Мен ишлаган "Локомотив" билан ҳозиргисининг фарқи жуда катта"   0

"Neftchi" men uchun tarixga aylandi, "Navbahor" esa yangi chorlov" - Aleksandr Stoymirovich bilan intervyu Yangiliklar

"Neftchi" men uchun tarixga aylandi, "Navbahor" esa yangi chorlov" - Aleksandr Stoymirovich bilan intervyu

Kecha saytimiz orqali "Navbahor" murabbiylar shtabida serbiyalik mutaxassis ish boshlagani haqida xabar bergan edik.

Joriy yilda Pro liga vakili bo'lgan "Neftchi"da faoliyat olib borgan serbiyalik murabbiy Aleksandr Stoymirovich, endilikda namanganliklar safida jismoniy tayyorgarlik bo'yicha ish boshladi. Nima uchun "Navbahor"ni tanladi, ortda qolgan mavsum haqida nima dedi? SHu va boshqa savollar bilan murabbiyga yuzlandik. 

"Navbahor"da serbiyalik murabbiy ish boshlaydi

- Odatdagidek barcha qatori sizga ham ortda qolgan mavsum haqidagi savol bilan murojaat qilmoqchimiz. "Neftchi"dagi dastlabki mavsum qanday o'tdi? 

- Bu borada nima ham derdim, barchasi muvaffaqiyatli yakunlandi. Xudoga shukur oldimizga qo'yilgan vazifani bajardik. Jamoa shu kungacha uzoq kutilgan maqsad yani Superliga yo'llanmasini qo'lga kiritishga muvaffaq bo'ldi. Pro liga tugashiga bir necha tur qolganda chempionlikni qo'lga kiritdik. Buning muxlislar va klubga ishonch uchun rahmat aytaman. Endi "Neftchi" men uchun tarixga aylandi. Bu mavzuni boshqa ochmoqchi emasman. 

- O'zbekistondagi debyut mavsumingizdan qoniqish hosil qildingizmi? Nima o'xshadi yoki o'xshamadi? O'zingiz istagan narsaga erisha oldingizmi?

- Men bu erdagi ilk o'tkazgan yilimdan juda mamnunman.  Qaysidir manoda o'zim uchun yaxshigina tajriba orttirdim. Mamlakat futboli bilan yaqindan tanishdim. Faqat futbol bilan emas, mahalliy insonlar bilan ham fikr almashdim. Ularni tingladim. O'zbekiston tarixini o'rgandim. SHunday ekan nolishga asos yo'q. Har doim yorqin xotiralar bilan eslashga tayyorman. 

- Instagram sahifangizda "Navbahor"da ish boshlaganingizni bildirdingiz. Ushbu jamoa taklifi va tanlov haqida fikringiz qiziq...

- Albatta. O'tgan kuni Serbiyadan uchib keldim. "Navbahor" qishki o'quv-mashg'ulot yig'inini boshladi. Mazkur klubning azosiga aylanganimdan xursandman. Samvel Vyacheslavovichning taklifiga binoan murabbiylar shtabida ishga kirishdim. Ushbu inson o'zbek futbolidagi katta shaxslardan biri hisoblanadi. Ko'p narsalarni biladi. "Navbahor" va uning muxlislari haqida tasavvurga egaman. Bu men uchun yangi chorlov. 

- Nima etiboringizni tortdi va qaysi omillar sizni "Navbahor" sari etakladi?

- Birinchidan meni doim klub o'z oldiga qo'ygan maqsadi va vazifalari qiziqtiradi. Bu ilk sabablardan biri. Eng ko'p etiborimni tortgan narsa Samvel Babayanning o'zbek futbolida tutgan o'rni va shaxs sifatida obro'ga egaligi. Uchinchi omil Namangan shahri va yuqorida aytganimdek ishqibozlar. Ular har bir o'yinda qo'llab-quvvatlashadi. Biz o'z o'yinimiz va natijalarimiz bilan ularni xursand qila olamiz, degan umiddaman. 

- Yangi mavsumga tayyorgarlik jarayoning dastlabki kunlari qanday o'tyapti? CHunki bunday pallada hamma futbolchining jismoniy holati teng bo'lmaydi, ular orasida jarohatlanganlar va mavsum davomida kam o'yin amaliyotiga ega bo'lganlar bor...

- Hozircha tarkib to'liq yig'ilmagan. Selekciya ishlari hali yana davom etadi. Hali futbolchilar bilan to'liq tanishib olganim yo'q. Ularning jismoniy holatini yana bilib olib jiddiy yondoshamiz. Testlardan o'tkazamiz. O'ylashimcha, keyingi mavsumda jarohatlar deyarli yuz bermaydi. To'g'ri jarohat futbolning bir bo'lagi, u doim bo'lgan va bo'ladi. Ammo bunday holatlarni kamaytira olishimizga ishonaman. Yana vaqt o'tgani sari ko'rib boramiz. 

- O'zbekistonlik futbolchilarning jismoniy holati va imkoniyati borasida nima deya olasiz? Aksariyat hollarda terma jamoamiz va klublarimiz xalqaro maydonda raqibdan aynan shu jabhada ortda qolishadi...

- Qiyin savol. Har bir insonning marfologik, genetik va jismoniy imkoniyati mavjud. Agarda futbolchi funkcional tomondan yaxshi, tezlikka ega bo'lsa har doim jismoniy tomondan tayyorlash mumkin. Tezkor futbolchilar bilan ishlash yoqimli. O'zbekistonda funkcional va texnik kuchli futbolchilar bor. Gohida kichik jussa bilan ham ko'p narsaga erishish mumkin. 

- "Navbahor" bilan shartnomangiz qancha muddatga mo'ljallangan? 

- Klub bilan 1 yillik shartnoma tuzdik. 

Reyting: -7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика