"Neftchi" Diyor Turopov bilan shartnomani uzaytirdi
03 jan 2024 21:20
Yangiliklar
"Neftchi" klubi rasman Diyor Turopov bilan shartnomani uzaytirdi.
"Neftchi" tarkibiga o'tgan yili qo'shilgan Diyor Turopov mavsum davomida nimalarga qodir ekanligini isbotlab, rahbariyat va muxlislar mehri va ishonchini qozondi. Yarim himoyachi sifatida himoya chizig'ini mahkam ushlash bilan birga qulay vaziyatlarda hujumga o'tib jamoaning muvaffaqiyatlariga barakali hissa qo'shgan bu mohir futbolchi jamoa bilan tuzilgan shartnomasini ikki yilga uzaytirishga qaror qildi.
Malumot uchun futbolchi ushbu mavsumda 24 uchrashuvda maydonga chiqib,1537 daqiqa harakat qildi hamda to'rt gol muallifi va bir golga assistentlik vazifasini bajardi", -deyiladi "Neftchi" klubi bergan bayonotda.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Тимур Кападзе дунёнинг энг кучли мураббийлари орасида кучли ўнликка кирди!
Роналду кетма-кет учинчи марта Яқин Шарқда йилнинг энг яхши футболчиси бўлди
Криштиану Роналду: "Мавсум ўртасида ҳеч ким чемпион бўлмайди"
Эрон жамоаси Ўзбекистон МТЖ етакчиларидан бири учун 1 миллион доллар бериши мумкин
Fikrlar