So’nggi yangiliklar

00:20Элит ОЧЛ. "Ал Аҳли" – "Насаф" 1:2 (матнли трансляция)   165 00:05Куанишбай Оразимбетов: "Иккинчи таймда умуман бошқа "Жайхун"ни кўрдик"  0 23:40ОФК ЭЧЛ. "Ал Иттиҳод" БААда мағлубиятга учради  0 22:22Шавкат Юсупов: "Шу темпда давом этишга ҳаракат қиламиз"  1 21:02ОФК ЭЧЛ. Турнир янги мавсумининг илк баҳсида 7та гол урилди  1 19:59Мессининг карточкаси рекорд даражадаги суммага сотилди  5 19:34Руни: "Тен Ҳаг Аморимга алмаштирилганидан бери МЮнинг аҳволи фақат ёмонлашди"  11 19:06"Қайрат" "Реал"га қарши ўйин чипталари қачондан сотувга чиқишини маълум қилди  9 18:40"Футбол олами". "Пахтакор" - "Нефтчи" 2:1, "Насаф" ва "Сўғдиёна"да йирик ғалабалар  1 18:35"Насаф"га қарши ўйин олдидан "Ал Аҳли"да йўқотиш  4 18:16"Насаф" бугун ёлғиз эмас  20 17:52Про лига. "ФарДУ" голларга бой ўйинда "Жайхун"ни таслим қилди  2 17:39Левандовски МЮга трансфери ҳақида: "Фергюсон қўнғироқ қилган, лекин унинг талаффузини тушунмаганман"  4 17:05Унаи Эмери "Манчестер Юнайтед" эътиборида  17 16:37"Манчестер Юнайтед" Каземиро ўрнига "Кристал Пэлас" аъзосини олиб келмоқчи  1

"Neftchi" darvozasini eng ko'p qo'riqlagan posbon 46 yoshda! Yangiliklar

"Neftchi" darvozasini eng ko'p qo'riqlagan posbon 46 yoshda!

Bugun yaqin o'tmishning taniqli darvozabonlaridan biri Georgiy Zabirov o'z tavallud ayyomini nishonlamoqda.

U bugun 46 yoshga to'ldi. Zabirov 1974 yilning 1 iyun kuni Toshkent viloyatining CHirchiq shahrida dunyoga kelgan. Futbolchilik faoliyatini "CHirchiq" jamoasida boshlagan Georgiy keyinchalik "Paxtakor", "Binokor", MHSK, "Kimyogar", "Neftchi", "Navbahor" va "Andijon" klublari sharafini himoya qilgan. 2000-2002 yillar oralig'ida O'zbekiston milliy terma jamoasi tarkibida maydonga tushgan. Eng gullagan davri 1996-2004 yillar oralig'iga to'g'ri keladi. Zabirov aynan shu yillarda shonli "Neftchi" safida o'ynagan. 2001 yil O'zbekiston chempioni bo'lgan. U "Neftchi" tarkibida 204 uchrashuvda maydonga tushib, o'z darvozasidan 171 ta gol o'tkazib yuborgan.

"Neftchi" safidagi ishonchli o'yinlari sabab 2000 yilda milliy terma jamoadan chaqiruv oladi va Osiyo Kubogi-2000da maydonga tushadi. Lekin xuddi terma jamoamizda bo'lgani kabi ishtirok omadsiz chiqqan. Georgiy Zabirov 2006 yilda professional futbolchilik faoliyatini yakunlagan. U 1996, 1997, 1998, 1999, 2000, 2002, 2003 va 2004 yillarda O'zbekiston vice-chempioni bo'lgan. 1997, 1998, 2001 va 2002 yillarda esa O'zbekiston kubogining finalida o'ynagan.

Fursatdan foydalanib, bugun tavallud ayyomini nishonlayotgan Georgiy Zabirovni saytimiz ijodiy guruhi hamda o'quvchilari nomidan muborakbod etamiz.


Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика