So’nggi yangiliklar

12:36Ямалдан яна бир натижа: у собиқ жамоадошининг Ла Лигадаги рекордини янгилади  0 12:12"Нефтчи" пешқадамга айланди, Файзуллаев дебют қилди, Ашурматов қачон сафга қайтиши аниқ – 21 август кунги энг муҳим хабарлар битта саҳифада   1 12:00Ўзбекистон Кубоги. "Бунёдкор" - "Бухоро" учрашуви 27 августга кўчирилди  3 11:39Эксперт фикри. Иброҳим Отахонов: "Андижон"га нафақат бугун балки кейинги ўйинда ҳам осон бўлмайди"  0 11:10"Қалдирғочлар" қаршисида "чақилмас ёнғоқ": "Қизилқум" – "Бунёдкор" учрашувини кўриш учун 7 та сабаб  1 10:50"Манчестер Юнайтед"га 21 ёшли футболчи керак  1 10:25Родригонинг вакиллари Англияда  6 10:1025 август куни ЎФФ раҳбарияти иштирокида брифинг бўлиб ўтади  0 09:52Луис Энрике: "Танқидларни тўғри тушунаман"  0 09:37Суперлига. Бугунги учрашувларни кимлар шархлайди?  12 09:24Кунде: "Рекордни янгиламоқчиман"  0 08:57"Ювентус" Артурни ижарага беради  1 08:27Sofascore. Кечаги учрашувда Шомуродов ва Файзуллаев неча баҳога лойиқ кўрилди?  15 08:00Конференциялар лигаси саралаши. "Истанбул Башакшеҳир" - "Крайова" 1:2  5 07:56Суперлига. Бугун бизни яна иккита учрашув кутиб турибди  13

“Neftchi” “Cementchi”ni mag'lub etdi Yangiliklar

“Neftchi” “Cementchi”ni mag'lub etdi

Teglar :  NeftchiCementchi
Farg'onaning “Neftchi” jamoasi 10 iyun kuni Quvasoyning “Cementchi” jamoasiga qarshi o'rtoqlik bahsida ishtirok etdi.

 “Dinamo” bilan o'yinga tayyorgarlik bosqichiga kiruvchi mazkur bellashuvda Vadim Karlenovich shogirdlari kichik hisobda g'alabaga erishishdi. Birinchi bo'limda Abbos Maxstalievning  jarima to'pidan kiritilgan goli “Neftchi”ning muvaffaqiyatiga etarli bo'ldi.

Uchrashuvda Vadim Abramov ikki xil tarkibni ko'zdan kechirdi. Birinchi bo'limda asosiy tarkib futbolchilari maydonga tushishgan bo'lsa keyingi bo'limda aralash tarkib harakatlandi. Yani navbatdagi bo'limda asosan yoshlar jamoasi o'yinchilariga imkoniyat berildi. O'z vaqtida “Neftchi” jamoasida safida faoliyat olib borgan Otabek Haydarov ayni kunlarda jamoa ko'rigida bo'lib turibdi. Jamoamiz ustozi “Cementchi”ga qarshi bellashuvda Haydarovni ham maydonga tushirdi. “Neftchi” “Cementchi”ga bilan bellashuvda quyidagi tarkibda o'ynadi.

Asosiy tarkib: Abdumavlon Abdujalilov, Dilyor Irmatov, Muhsin Ubaydullaev, Baxtiyor Yoqubov, Mirjamol Nematov, Javohir Rasulov, Muzaffar Muzaffarov, Abbos Maxstaliev, Nikita Pavlenko, Abdurahmon Abdulhaqov, Mo'ydin Mamazulumov

Zahiradan maydonga tushganlar: Otabek Isroilov, Umid Qodirov, Furqat Hasanboev, Said Abdujabborov, Akram Bahriddinov, Islom Toshpo'latov, Rizo Ayvazov, Xurshid Asqaraliev, SHodiyor Xojimatov, Otabek Haydarov

Eslatib o'tamiz, Oliy liganing 13-turida “Neftchi” jamoasi Samarqandning “Dinamo” jamoasini o'z maydonida qabul qiladi. Bellashuv 14 iyun kuni o'tkazilinadi.


Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика