So’nggi yangiliklar

00:24Мане 2015 йилда нега МЮга ўтмаганини айтди  0 23:54Суперлига. "Пахтакор" ўз майдонида "Насаф"ни мағлуб этган учрашувдан ГАЛЕРЕЯ  0 23:37"Пахтакор" 7 ўйин деганда Суперлигада "Насаф"ни мағлуб этди  2 23:13Дуайт Йорк "Юнайтед"да Шешконинг ўрнига кимни ўйнатиш кераклигини айтди  0 22:50Каррагер "Ливерпуль" ҳақида: "Мавсумни тўлақонли пароканда қилиш учун марказий ҳимоячи жароҳат олса бўлгани"  0 22:16Жорди Альба: "Ямал ва Мессини солиштириш нотўғри"  0 21:54Камолиддин Тожиев: "Мухлисларга ёқадиган ўйин бўлди"  2 21:39Рўзиқул Бердиев "Пахтакор" майдонидаги мағлубиятдан кейин нималар деди?  32 21:21Аденис Шала: "Пахтакор"дан яхшироқ ўйнадик"  5 20:59Игорь Сергеев: "Мавсумни муносиб якунлаш керак"  3 20:39"Сурхон"нинг футболчилари олдида қарзлари бор  14 20:19Суперлига. "Пахтакор" "Насаф"ни мағлуб этиб, турнир жадвалида ортда қолдирди  169 20:05Суперлига. "Сурхон" – ОКМК 0:0  0 19:47Бьелса Уругвай терма жамоасини тарк этиши мумкин  1 19:18Миржалол Қосимов жамоасининг ушбу мавсумдаги ўйинларига неча баҳо қўйди?  4

Neboysha Yovovich: "Nasaf" bugun kreativlik va bo'shliq yaratishda oqsadi. Biz esa intizomni saqlab qoldik" Yangiliklar

Neboysha Yovovich: "Nasaf" bugun kreativlik va bo'shliq yaratishda oqsadi. Biz esa intizomni saqlab qoldik"

OCHL 2 musobaqasi beshinchi turidan o'rin olgan "Nasaf" – "Kuvayt SK" jamoalari o'rtasidagi uchrashuvdan keyin mehmonlar bosh murabbiyi Neboysha Yovovich matbuot anjumanida qatnashdi.

– Bosh murabbiyning o'yin xaqidagi fikrlari qanday?

– O'yinchilarimga rahmat aytaman. "Nasaf"ni ham tabriklayman. Ikki jamoa ham hujumkor o'ynadi. Ular yaxshi o'yin ko'rsatishdi. "Nasaf" birinchi bo'limda yaxshiroq harakat qildi. Ikkinchi bo'limning kerakli paytlarida o'yinni biz nazorat qildik. Biz bugungi o'yin natijasidan qoniqdik. 

– Uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi Amir Ahmad Ismoil:

– Jamoadoshlarimga va murabbiyga rahmat. Biz katta jamoa ekanimizni ko'rsatdik. Oson o'yin kechmadi. "Nasaf" osonlikcha mag'lub bo'ladigan jamoa emas edi. 

– Bugungi g'alabaga ko'proq ishtiyoq sabab bo'ldimi yoki omadmi?

– Omad haqida gapirishdan oldin o'sha omadga munosib bo'lishingiz kerak. "Nasaf" bugun ko'p imkoniyatlar yaratdi. Biz o'yin payti intizomni saqlab qoldik va "Nasaf"ning kamchiligini topdik. Raqib bugun kreativlik va bo'shliq yaratishda oqsadi, shu sababli biz g'alaba qozondik. 

– Janob murabbiy, bugungi ob-havo o'yinga tasir o'tkazmadimi?

– Murabbiy sifatida menga hech qanday tasir o'tkazmadi. Futbolchilar esa ob-havoga yaxshi moslashishdi. Albatta, Quvaytda bu kabi sovuq bo'lmaydi, ammo bu bizga tasir o'tkazmadi. 

– G'alaba qozonib turgan jamoani ikkinchi taymda mag'lub qilish uchun "Kuvayt SK" nimalarni o'zgartirdi?

– Biz bazi poziciyalarni o'zgartirdik. Maydon markazida rotaciyani amalga oshirdik. Birinchi bo'limda bir qancha krosslarni amalga oshirishga harakat qilgandik. Nasrullaev va CHolovich bu krosslarda bizga halal qilib qolishdi. Bu g'alaba bizga oson bo'lgani yo'q, uzoq safar, biz odatlanmagan ob-havo va hakazo.

Reyting: -1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика