So’nggi yangiliklar

16:08Тен Ҳаг: "Антони ҳали ҳам мен учун ўғлимдек, аммо у "Байер"га қизиқ эмас"  0 15:37Ямалнинг отаси ўғлини танқид қилувчилар ҳақида: "Одамлар бошқаларга қарайди, кейин ҳасаддан ўлади. Бу уларнинг муаммоси".  3 15:08Обамеянг "Ал Қодисия"ни тарк этди ва Европага қайтиши мумкин  2 14:40Терма жамоага хорижлик мураббий керакми?  51 14:16Снуп Догг Британиянинг машҳур клуби эгасига айланади  2 13:49"Манчестер Сити"нинг янги мавсум учун меҳмон либоси тақдим этилди  1 12:49Расман: Суннатуллоҳ Ҳамиджонов "Андижон"га қайтди  1 12:30Еврокубокда ақлдан оздирадиган камбэк! Финляндия клуби "Барселона" ва "Реал"нинг қаҳрамонлигини такрорлади  6 12:05Ўзбекистон U-17 терма жамоаси Москвага жўнаб кетди  4 11:34"Барселона" икки футболчи билан шартномани бекор қилмоқчи  2 10:54Луис Диаснинг "Барселона"га ўтишига Исаак ёки Экитике сабабчи бўлиши мумкин  2 10:15Лёв ёки Билич келишига Кападзе нима дейди?  89 09:56Серхио Рамосдан "Реал"ни тарк этган Лукаc Васкесга самимий мактуб: "Сени соғинамиз, Пико"  0 09:29Тимур Кападзе: "Қуръа яхши ўтди, ҳаммасини вақт кўрсатади"  6 08:55"Бухоро" иккинчи даврада рақибларини Қаршида қабул қилади  13

NDPI jamoasi Qoraqalpog'iston kubogini qo'lga kiritdi Yangiliklar

NDPI jamoasi Qoraqalpog'iston kubogini qo'lga kiritdi

Nukus shahrida futbol bo'yicha Qoraqalpog'iston kubogi musobaqasi bo'lib o'tdi.

Turnirda oliy va o'rta talim muassasalari, korxona va tashkilotlardan jami 12 ta jamoa bosh sovrin uchun kurash olib borishdi.

Musobaqada Ajiniyaz nomidagi Nukus pedagogika instituti jamoasi g'oliblikni qo'lga kiritdi. Bekmuratov Jamal murabbiylik qilgan jamoa dastlabki bosqichda Nukus tumani maydonida mehmon bo'lib 0:0 hisobidagi durangga imzo chekib qaytgan bo'lsa, o'z maydonidagi bellashuvda yirik 5:1 hisobida zafar quchdi.
Keyingi o'yinda NDPI jamoasi Xo'jayli tumani jamoasi bilan o'ynashi kerak edi. Biroq bu o'yinda xo'jayliliklar ishtirok etishmadi va oqibatda J.Bekmuratov shogirdlariga texnik g'alaba yozildi.


Final o'yinida NDPI va Berdax nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti jamoalari chiqishdi. Mazkur to'qnashuvda institut jamoasi Navro'z Alimovning "dubl"i evaziga 2:1 hisobida zafar quchib, bosh sovrinni qo'lga kiritdi.

G'oliblarga diplom va kubok topshirildi. Qimmatbaho yoki arzon sovg'alar ham berilmagani biroz ayanchli holat bo'ldi.

Musobaqa yakunlanganidan so'ng biz murabbiy va futbolchilar fikrlari bilan tanishdik.


- Turnirda o'tkazilgan 3 ta o'yinda ham jamoamiz ustunlikka erishdi va haqli tarzda g'oliblikni qo'lga kiritdik. Jamoamiz safida "Orol"dagi o'yinlari orqali muxlislarga tanish bo'lgan Navro'z Alimov, Miras Karliboev, Azamat Ilyasov kabi futbolchilar asosiy rolni ijro etishdi. Endi jamoamiz ikkinchi liga jamoalari orasida bo'lib o'tadigan Respublika bosqichida ishtirok etishadi, - deydi NDPI jamoasi ustozi J.Bekmuratov.

- Uchrashuvlar ancha murosasiz tarzda kechdi. Ayniqsa final qiyin bo'ldi. Universitet jamoasida ham ancha kuchli futbolchilar bor edi. Biroq yakunda omad bizga kulib boqdi. Jamoaning muvaffaqiyatlarida murabbiylarning hissasi yuqori bo'ldi. Finalda gol urishni juda xohlagandim. Biroq gol ura olmagan bo'lsam ham, jamoamning g'alabasidan xursand bo'ldim. Endi Respublikamizning boshqa viloyatlari jamoalariga qarshi o'yinlarga tayyorgarlik ko'ramiz", - deydi NDPI jamoasi yarim himoyachisi Azamat Ilyasov.

Yaqin orada Azamat Ilyasov bilan keng qamrovli suhbatni etiboringizga havola etamiz.

Furqat Yusupov
Nukus shahridan maxsus


Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика