Transfermarkt: "Navbahor" braziliyalik markaziy himoyachi bilan shartnoma tuzdi
16 iyu 2025 11:42
Yangiliklar
Transfermarkt: "Navbahor" braziliyalik markaziy himoyachi bilan shartnoma tuzdi
Namanganning "Navbahor" klubi yozgi transfer oynasi vaqtidagi ilk transferini amalga oshirdi.
Transfermarkt portali malumotiga ko'ra, kecha, 16 iyul kuni braziliyalik 192 sm bo'yga ega markaziy himoyachi Julio Sezar "Navbahor" bilan 1,5 yillik shartnomaga imzo qo'ygan. Futbolchining so'nggi jamoasi Tailandning "Utai Tani" klubi bo'lgandi.
28 yoshli futbolchi faoliyati davomida "Amerika RN" (Braziliya), "Vilyafranka" (Ispaniya), "Vitebsk" (Belarus), "Borneo" (Indoneziya), "Veres Rovno" (Ukraina) kabi klublarda o'ynagan.
Transfermarkt portaliga ko'ra, uning ayni paytdagi transfer narxi 350 ming evroga teng.

"Navbahor"ga FIFA taqiqi qo'yilgan. Klub ayni damda yangi futbolchilarni ro'yxatdan o'tkaza olmaydi
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. Бир неча кун олдин "Барселона"ни тор-мор этган "Атлетико" чемпионат аутсайдерига йирик ҳисобда мағлуб бўлди ва тўртинчи ўринга тушиб кетди
Элит ОЧЛ. "Насаф" турнирдаги илк ғалабасини тантана қилди, аммо юришини гуруҳ босқичида якунлади
Англия Кубоги. "Манчестер Сити" ўз майдонида "Салфорд Сити"ни ишончли ҳисобда мағлуб этди
Родри дисквалификация қилиниши мумкин
Fikrlar