So’nggi yangiliklar

00:44"Барселона" Рэшфордни 30-35 млн еврога сотиб олиш ҳуқуқига эга бўлади. МЮ 50 млн хоҳлаганди  1 00:12"Реал" ярим ҳимоячисини 20 млн еврога сотмоқчи  0 23:27Икки футболчи "Машъал" билан хайрлашди  0 22:53Ўзбекистон U-23 ўртоқлик ўйинида "Бунёдкор" билан дуранг ўйнади  3 22:16Эшитдик-да! "Андижон"ни тарк этган дарвозабон Тошкент клубига ўтмоқда  1 22:04"Шўртан" 7 та гол урилган ўйинда амалдаги чемпион "Насаф"ни мағлуб этди  2 21:28"Хоразм" августдан бошлаб уй ўйинларини вақтинча Олмалиқда қабул қилади  6 20:57Шкриньяр "Фенербахче" билан 4 йиллик шартнома имзолайди  1 20:21"Пахтакор" ва "Локомотив" ўртасидаги назорат ўйинида тўртта гол урилди  4 19:57"Нефтчи" футбол клубининг қароргоҳида очилиш маросими бўлиб ўтди  15 19:28Рэшфорд "Барселона"га ўтиш арафасида  7 18:55"Реал" икки футболчи билан шартномани узайтирмоқчи  0 18:25Муҳаммадали Ғиёсов "Нефтчи" билан хайрлашди  6 17:50"Манчестер Сити" юлдузи "Галатасарой"га ўтиши мумкин  0 17:15"Реал" Родригони 100+ млн еврога сотишга тайёр. Футболчига АПЛнинг икки клуби қизиқиш билдирмоқда  13

Nazorat uchrashuvi. "Qizilqum" - "Dinamo" 3:3 yoxud SHarofutdinovdan xet-trik Yangiliklar

Nazorat uchrashuvi. "Qizilqum" - "Dinamo" 3:3 yoxud SHarofutdinovdan xet-trik

Teglar :  QizilqumDinamo
Yangi mavsumga tayyorgarlik doirasida Dinamo jamoasi 23 yanvar, seshanba kuni Navoiyda Qizilqumga qarshi o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushdi.

O'yin maqomi nazorat bahsi bo'lishiga qaramay, Navoiy va Samarqand klublari shiddatli va hujumkor futbol namoyish etishdi. Dastlab 6-daqiqada hisobni «Dinamo» yarim himoyachisi Komil SHarofutdinov ochgan bo'lsa, 9-daqiqada Doniyor Usmonov muvozanatni tikladi, 1:1.

33-daqiqada burchakdan uzatilgan to'pni Fayzulla Qambarov boshi bilan darvozaga aniq yo'llab, hisobni 2:1 ko'rinishga keltirgan bo'lsa, taym yakunida yana Komil SHarofutdinov o'z goli bilan hisobni tenglashtirdi - 2:2.

Ikkinchi bo'limning 49-daqiqasida jarima zarbasini qoyilmaqom tarzda bajargan Artur Gevorkyan hisobni 3:2ga keltirgan bo'lsa, 54-daqiqada yana o'sha Komil SHarofutdinov «Dinamo»ning hujumini muvaffaqiyatli yakunlab, o'z «xet-trik»ini nishonladi, 3:3.

Tomoshabop o'tgan uchrashuv yakuniga qadar har ikki jamoa murabbiylari ham qator o'zgarishlarga qo'l urishgan bo'lishsada, yakuniy hisob 3:3 o'zgarmay qoldi.



O'rtoqlik uchrashuvi.

Navoiy. 23 yanvar (seshanba)

«QIZILQUM» - «DINAMO» - 3:3 (2:2)

Bosh hakam:
Zokir Qodirov (Navoiy)

Gollar: Doniyor Usmonov (9), Fayzulla Qambarov (33), Artur Gevorkyan (49) - Komil SHarofiddinov (6, 45, 54).

«Qizilqum»: Evgeniy CHeremisin, Elgir Grigalashvili, Georgi Kvesieshvili, Akmal Rustamov, SHerali Jo'raev, Alisher Sanoev, Erkin Boydullaev, Fayzulla Qambarov, Artur Gevorkyan, Doniyor Usmonov, Nemanya Yovanovich.

«Dinamo»: Mixail Naumov, Mirkomil Lokaev, Hakimxon Alamxonov, Bunyod Isroilov, Timur Fayzullaev, Akmal Bozorov, Jasur Azimov, Jasur Qurbonov, Ilhom Yunusov, Komil SHarofutdinov, Amirjon Safarov.

«Dinamo» jamoasi yangi mavsumga tayyorgarlikni Samarqandda davom ettiradi.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика