So’nggi yangiliklar

01:00Ла Лига. "Барселона" "Сельта" меҳмони бўлмоқда (онлайн ҳисоб)  7 00:29А Серия. "Милан" ва "Ювентус" ўртасидаги ўйин нурсиз дуранг билан якунланди  9 00:26АПЛ. "Манчестер Сити" ўз уйида "Тоттенхэм"га йирик ҳисобда таслим бўлди  21 23:11Битта гол урилган Тошкентдаги "Олимпик" — "Бунёдкор" ўйинидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 23:00Франция чемпионати. "Ланс" Ҳусановсиз ўз уйида "Марсель"дан учта тўп ўтказиб, мағлуб бўлди  7 22:49Моуринью "Реал" собиқ ўйинчисини нишонга олди  2 22:11АПЛ. "Арсенал"дан йирик ғалаба, лондонликларнинг сўнгги голини ўтган йили Ўзбекистонга қарши баҳсда ҳаракат қилган 17 ёшли ўйинчи урди  8 22:06Бундеслига. "Байер" 0:2ни 5:2 қилди, "Боруссия Дортмунд"дан жавобсиз 4та тўп, "Хоффенхайм" — "Лейпциг" ўйинида 7та гол  0 22:00Суперлига. Экстра-тайм: жорий мавсум узоқ давом этган ўйинлар  0 20:57А Серия. "Интер" "Верона"га қарши ўйин тақдирини биринчи бўлимнинг ўзида ҳал қилди  0 20:40Вадим Абрамов: "Барча голларни қарши ҳужумлар туфайли ўтказиб юбордик, ўйин учун режамиз умуман бошқача эди"  2 20:27Александр Хомяков: "Раҳбарият янги мутахассис излаётган экан, демак улар мендан мамнун эмас"  7 19:44"Арсенал" - "Ноттингем Форест". Таркиблар билан танишинг  0 19:35"Челси" ғалаба қозонди ва жадвалда 3-ўринга чиқиб олди  1 19:27Илёс Зейтуллаев: "Йигитлар сўнгги учрашувларда асосий ва захира деган тушунчалар йўқлигини тушунишди"  4

Vadim Abramov: "O'yin g'alati hodisalarga boy bo'ldi. Bizning darvozamiga har doim penalti tepishadi, biz esa hech qachon" Yangiliklar

Vadim Abramov: "O'yin g'alati hodisalarga boy bo'ldi. Bizning darvozamiga har doim penalti tepishadi, biz esa hech qachon"

Superliga 21-turidan o'rin olgan "Paxtakor" - "Dinamo" (4:2) bahsidan so'ng samarqandliklar bosh murabbiyi Vadim Abramov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

"Bu bizning eng yaxshi o'yinimiz emas edi, ammo o'yin g'alati hodisalar bilan o'tdi. O'yindan tashqari holat va penalti. Ushbu gollarni hisoblashdi, bilmadim, balki VAR vaziyatni boshqacha ko'rgan bo'lsa kerak. Men ko'rgan takrorda o'yindan tashqari holat bor edi. Hisobni tenglashtirib oldik va o'yindagi ustunlik biz tomonga o'tishi kerak edi, lekin yo'q joydan yana penalti.

Uchinchi goldagi vaziyatda, 99-raqamli futbolchi ofsaydda edi, ammo u to'pga harakatlanmoqda. To'p uning yonidan o'tib ketdi va himoyachining qo'liga tegdi. Juda bahsli holat. O'yin shunday tus oldi va yakunda 2:4 hisobida mag'lub bo'ldik. SHuningdek, VAR tekshiruvi uchun bo'lgan pauzalar, hakam futbolchilar bilan suhbatlashdi. Bularning barchasi o'yin tempiga tasir qildi. To'xtalishlar muxlislarga qiziq bo'lgan bo'lishi mumkindir, ammo bizga hech qanday keragi yo'q edi", - deya fikr bildirdi Vadim Abramov.

- "Dinamo"ning bugungi o'yinga tayyorlagan rejasi qanday edi? Sababi jamoangiz ikkita golini ham "Paxtakor"ning xatolaridan so'ng urdi. "Paxtakor"ning paslarini olib qo'yish va jamoani ko'proq xatoga majbur qilish rejangizda bormidi?

- Biz "Paxtakor"ni o'rganib chiqqandik. Afsuski, bizda tarkib bilan muammolar bor edi, ushbu kamchiliklarimizni imkon qadar berkitishga harakat qildik. Raqibimiz OCHLda o'yin o'tkazgani ham o'z tasirini o'tkazganini bilardik. Birinchi bo'limda shunday o'ynash rejamiz, ammo ikkinchi bo'limda o'yinimizni kuchaytirishimiz kerak edi. Afsuski, qanday gollar o'tkazib yuborganimizni o'zingiz ko'rdingiz.

- "Dinamo" jamoasi uzoq masofadan yaxshi zarba berishi va ushbu usulni ko'p qo'llashini bilamiz, biroq jamoangiz bugun jarima maydonchasi tashqarisidan deyarli zarba bermadi. Yagona xavfli zarbani Hislat Halilov o'yin so'ngida amalga oshirdi. Bugun jamoangiz uzoqdan kam zarba berganiga nima sabab bo'ldi?

- Bunga bir nechta sabab bor. Har bir jamoa raqib qanchalik o'ynashga qo'yib berganidan kelib chiqib o'yin namoyish etadi. "Paxtakor" ham bizning ustun tomonlarimizni o'rganib chiqqani aniq edi. Umumiy qilib olsak, biz to'pni yaxshi ushlay olmadik. Uzoq masofadan zarba bermaganimiz asosiy sabab bo'la olmaydi. Bugungi o'yinimiz menga umuman yoqmadi. Balki o'yin soat 14:00da o'tkazilgani o'z so'zini aytgandir.

- "Dinamo" himoyachilarining bugungi o'yiniga baho berib o'tsangiz? To'g'ri, bahsli vaziyatlar ko'p bo'ldi, ammo himoyachilar ham ko'p xatolarga yo'l qo'yishdi va yo'q joydan gollar o'tkazib yuborishdi.

- SHubhasiz, buning barchasi o'yin sifatiga o'z tasirini o'tkazdi. Birinchi pasning yo'qligi juda pand berdi. Himoyachilarimiz to'psiz ko'p yugurishlari kerak edi. Hujumchilarimizga ham to'p juda kech etib bordi. Bularning barchasi yakuniy natijaga tasir ko'rsatdi.

- Hislat Halilov so'nggi uchrashuvlarda juda yaxshi o'yin namoyish etmoqda, ammo u asosiy tarkibdan joy olmayapti. Buning sababi nimada? Halilov uchrashuvni birinchi daqiqalardanov boshlashi uchun nima etishmayapti?

- Har bir o'yinga reja tuzib chiqamiz. SHu rejaga ko'ra ish tutamiz va Hislatning eng kuchli jihatlaridan imkon qadar yaxshiroq foydalanish asosiy maqsadimiz. U zaxiradan maydonga tushib, o'yinni kuchaytirib yubora oladigan sanoqli futbolchilardan biri. O'yinga qo'shilib keta oladigan futbolchilar juda kam. Halilov himoyada yaxshiroq o'ynashni o'rganishi kerak. Ushbu jihat ustida yaxshiroq ishlasa, boshqa darajali futbolchiga aylanadi.

- Joel Kojoning yo'qligi jamoangizga qanchalik qiyinchilik tug'dirdi?

- Tasirini o'tkazdi, lekin u siz ham bugun yomon o'ynadik. Kojo maydonda bo'lganida "Paxtakor" himoyachilariga qiyinroq bo'lardi. Bilmadim, bu haqda fikr bildirish noto'g'ri.

- So'nggi uchta o'yinda jamoangiz darvozasiga uchta 11 metrlik zarba belgilandi. Ushbu holatga izoh berib o'tsangiz?

- Har doimgidek. Biz hech qachon penalti tepmaymiz, bizning darvozamizga esa tepishadi. O'tgan turdagi Kojoga nisbatan fol bor edi va penalti belgilanishi kerak edi. Bunday vaziyatlarda qanday penalti belgilashmaydi, bilmadim to'g'risi. Takrorlarni ko'rib chiqaman va qanday qilib penalti belgilanmaganligiga hayron qolaman. Men balki futbolni yaxshi tushunmasdirman. O'sha vaziyatda raqib futbolchisi umuman to'pga o'ynamagandi-ku. Birinchi davradagi "Paxtakor"ga qarshi o'yinimizda ham bizning darvozamizga "dahshatli" penalti belgilashgandi. To'p futbolchining jimjilog'iga tegib ketgani uchun 11 metrlik zarba tayinlangandi. Hech kim tushunmay qolgandi, nega bunday qaror qabul qilinganiga. VAR ham o'sha vaziyatni yarim soat davomida tekshirib chiqqandi. O'zingiz ko'ryapmiz, so'nggi uchta o'yinda uchta penalti. Tushunarsiz holat. Balki "Paxtakor" nomi futbolchilarimga noto'g'ri tasir qilgandir.

- Keyingi uchrashuv "Navbahor"ga qarshi FIFA kunlari doirasida bo'lib o'tadi. Hujum chizig'i etakchisi Joel Kojo katta ehtimol bilan Qirg'iz Respublikasi terma jamoasiga jalb etiladi. Kojosiz o'ynash qiyin bo'lmaydimi?

- Biz "Navbahor"ning iltimosiga yo'q demadik va ularnig taklifiga rozilik bildirdik. Ularda Kubok bahsi bor edi. Biz Kojosiz ham o'ynagandik. Kojo qishdagi yig'inni o'tkazib yuborgandi. "Navbahor" tarkibidagi ko'pgina futbolchilar ham terma jamoaga chaqirilishi aniq. Bu normal holat. Bir futbolchiga bog'lanib qolgan jamoani professional jamoa deb qabul qilish noto'g'ri.




Reyting:    

Fikrlar

+9   
06 okt 18:31:13
Привет
Вадим Абрамович чидайсизда энди Пахтакор медалларсиз колиб кетиш хавфи бор, бу Узбек футболи учун, УФА учун, ПФЛ учун шармандали холат хисобланади энди гапни купайтирманг узингиз яхши тушунасизку !!!
+5   
06 okt 18:25:57
ДЕРБИ
айбни ўзидан, жамоасидан қидиргандан кўра, ҳакамга, варга тўнкаб қўйишдан осон йўқ Вадим братишка. Ўйинни тўғирла укам
+5   
06 okt 18:15:56
Abduraxmon Vaxobov
Бу узбек футболи.....
+4   
06 okt 20:11:15
Туйгун
Вадим тога бу биринчи мартамас бу хакамлар качон одам булади хеч билолмадим.
+4   
06 okt 18:30:22
Odilbek Abdushukurov
Abramovni xatosi, hujumga berilib ketib, yeb qo‘yadi doim. O‘zbekiston va Saudiya bilan o‘yinda ham shunday bo‘lgan. Ahmedovni himoyaga qo‘yib o‘ynatgan o‘shanda. Yaxshi va tartibli himoya birinchi o‘rinda bo‘lsa, hujum ham bo‘laveradi.
+3   
06 okt 18:50:54
Haqiqat-2
Суперлига бош хомийси "Artel" савдо белгиси... Пахтакор бош хомийси "Артел"... Ортик,хужаев хурматига бир медаль совга килинмаса булмас Суперлига томонидан! Динамо бугун яхши уйнади, лекин офсайд ва пенальтилар...
+3   
06 okt 18:37:29
JAFAR FC QIZILQUM
AXIR BU SUPERLIGA VOQEALARGA BOY
+3   
06 okt 18:19:38
nerazzuri
Абрамов хак лекин но хак.
+2   
06 okt 21:32:01
BAVARIA REAL
Бизни хакамлар ун янгилик эмаску.Аммо шу хакамларни кингирликларини айтган барча мураббийлар жазоланган,Вадим Того сиз хам тайёр Туринг.Бизни футболда хакикатни гапириш киммат туради.
+2   
06 okt 18:50:18
Aziz Yuldashev
Привет foydalanuvchining fikriga javob berish
Вадим Абрамович чидайсизда энди Пахтакор медалларсиз колиб кетиш хавфи бор, бу Узбек футболи учун, УФА учун, ПФЛ учун шармандали холат хисобланади энди гапни купайтирманг узингиз яхши тушунасизку !!!
Пахтакорда медаллар етарли!
Медалсиз қолган мавсумлар кўп бўлган ва осмон узилиб ерга тушмаган, фитна уруғини сочиш эркак кишига ярашмайди ошна.
+2   
06 okt 18:44:38
Otsiz Chavandoz
Navbahori isqirt baleshiglari og'zinga tuflo'midi vadim? O'shalaga o'xshab gapirvosan.
+1   
07 okt 10:53:28
Haqiqat-2
Бахтиёр Ашуров foydalanuvchining fikriga javob berish
Пахтакор ҳомийи ателмас акфа!
Бу иккисини хужайини ким?!
+1   
07 okt 09:22:45
Абдувохид Бегимкулов
Вадим тога яхшиям Пахтакорни ютиб куймабсиз, акс холда Сурхонннинг куни бошингизга тушардида. Мана Сурхон Пахтакорни ютгандан бери хар уйинда битта кизил бор, пеналти бор. Хуллас йил охиригача Сурхоннинг кузини очирмайди энди.
+1   
07 okt 06:38:39
Vatanparvar
Йил охирига келиб Пахтакорчи хакамлар яна хар доимгидек уз вазифасини бажармокда шекилли. Бу одатий холку янгилик эмас.
+1   
06 okt 20:15:48
Negmat Negmatov
Динамо Самарканд уйини бор жамоа, бугун ютказган булса келаси уйин ютади ХУДО хохласа насиб булса, яна бир бор кайтараман, агарда Вадим Карленович Абрамов клубда колса, таркиб сакланиб колса Динамо Самарканд Чемпион булади келаси мавсум ИНШООЛЛОХ.
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика