So’nggi yangiliklar

20:29ОЧЛ 2. "Ал Ҳалдия" – "Андижон". Бошланғич таркиблар аниқ!  0 19:55U-17 Жаҳон чемпионати. Ўзбекистон ўсмирлар терма жамоаси илк турда Парагвайни мағлуб этиб, мусобақани ғалаба билан бошлади  159 19:3320 ёшгача бўлган дунёдаги энг қиммат футболчининг нархи 349,6 млн евро экан  8 19:00Про лига. "Олимпик-MobiUz" ва "Локомотив" муроса кўчасини танлади, лига ғолиби кейинги турда аниқланади  1 18:42Криштиану Роналду: "Арсенал"ни рақиб сифатида қабул қилмайман, улар ғалаба қозонса хурсанд бўламан"  28 16:5823 ёшли дарвозабон, ОКМКни ютган мураббий ва футболчи, "Бунёдкор"га супергол урган ҳимоячи — Суперлигада 27-турнинг энг яхшилари  2 16:44Хебай, Марушич, Холдорхонов, Алижонов... Суперлига 27-тур рамзий терма жамоаси  2 15:50Криштиану Роналду Жоржина билан тўйи қачон бўлишини эълон қилди  26 15:04Қурол билан таҳдид қилинган АПЛ футболчиси кимлиги маълум бўлди  0 14:36Ўзбекистон U-15 терма жамоасининг Жанубий Кореяга қарши асосий таркиби маълум  2 13:51Слот: "Каттароқ ҳисобда ютишимиз мумкин эди"  14 12:50U-17 Жаҳон чемпионати олдидан. Ислом Исмоилов: "Жаҳон чемпионатига энг яхши ҳолатда етиб келдик"  10 12:43Футзал бўйича Осиё кубогига қуръа ташланди. Ўзбекистон Япония ва Австралия билан бир гуруҳда  9 12:11Про лигада 2-ўринни олган клуб: "Суперлигада жой йўқ, деб қўяверинглар"  14 10:50Аббосбек Файзуллаев индивидуал тикланиш машғулотларини бошлади  4

Nazar solamiz. Qanday Argentina JCH-2018ga borishi mumkin? Yangiliklar

Nazar solamiz. Qanday Argentina JCH-2018ga borishi mumkin?

Teglar :  Leo MessiArgentina
O'tgan mundial finalchilari g'oliblikni ko'zlamoqda.

JAMOANI KIM OLIB CHIQIB KETADI?

Di Mariya. Hazil. Bo'lajak turnirda ikkitagina termada yaqqol etakchi bor. Ular sayyoramiz futbolining qirollaridir. Ularning qirolligi esa har doim g'oliblik haqida o'ylaydi.

Buyuk futbolchilarda tez-tez bir hil drama takrorlanadi - ular butun faoliyati davomida hayotidagi eng katta turnir sovrinini yutish uchun harakat qilishadi, keyinchalik ularning faoliyati tragik yakun topadi. Jerrard, Buffon, Ballak, Maldini, Kroyf, Kantona - ularning kimdurlari APLni, bazilari ECHLni, ayrimlari esa Jahon chempionatini yuta olmagan.

Leo Messi uch marta turli hil katta turnirlarning uch finalida mag'lub bo'ldi. Uning terma safidagi yagona yutug'i - Olimpiya oltin medalidir. Demak, bu yilgi JCH Leoning hayotidagi eng muhim voqealardan biri bo'ladi.

"O'sha uch final men uchun katta zarba bo'lgan. Tajriba bizga g'oliblikni taqdim etishi kerak edi, biroq bunday bo'lmadi. Tushunib turibmiz, Rossiyadagi jahon chempionatida g'olib bo'la olmasak, termaning bu avlod vakillarida chempionlik uchun boshqa imkoniyat bo'lmasligi mumkin. Bizni faqatgina g'oliblik qanoatlantiradi", - dedi Messi.

Turnir boshlanishiga hali vaqt bor, Messi esa ideal jismoniy holatda - "Barselona"ni Ispaniya chempionatida ham, Evropa chempionlar ligasida ham yuqori maqsadlar sari ergashtirmoqda, Argentina termasi bilan muhim pallalarga tayyorlanmoqda.

ULAR QANDAY O'YNASHMOQDA?

To'p bilan bo'lish, tuganmas harakatlar, raqib jarima maydoni yaqinida kuchli pressing va tezkorlik - Xorxe Sampaolining Argentinasiga singdi. Belsa falsafasi davomchisi, eksperimentlarga ko'p qo'l uradigan murabbiy Messi bilan tezda do'stlashib oldi. Garchi termani o'tgan yilning yozida qabul qilib olgan bo'lsa-da, jamoani JCHning final qismiga yaxshi holatda chiqishida katta hissa qo'shdi. Sampaoli borganidan keyin Argentina to'pni o'zida ushlab turish borasida yaxshi natijalarni qayd etmoqda (to'rt uchrashuvda o'rtacha 66,8 foiz) va barchadan ko'p darvozaga zarba berdi (66 zarba, Braziliyada 64).

O'yin sxemasi ham ajoyib darajada. Ilk uchrashuvdayoq (Braziliya bilan o'rtoqlik o'yinida, 1:0) Xorxe o'zining sevimli uslubi 3-4-2-1 taktikasidan foydalandi. Sampaoli Ikardi va Iguaindan birini tanlashi kerak edi va u Turin superklubi azosi nomzodida to'xtaldi. Dibala va Messi vaziyatlarni yakunlashi kerak. Bilya va Banega esa markazni qo'lga olishmoqda. Di Mariya, Gomes yoki Akunya qanotlarda to'p surishmoqda. Himoya esa Otamendining atrofida qurilgan. Romero - asosiy darvozabon.


Biroq Messiga uch himoyachili taktika yoqmaydi. SHu boisdan Italiyaga qarshi uchrashuvda Sampaoli 4-2-3-1 taktikasidan foydalandi va Dibalani maydonga tushirmadi. Terma esa g'alaba qozondi - 2:0. Endi Xorxe qaysi uslubni tanlaydi - topishmoq. Argentinaning guruhida raqiblar har doim murakkab o'yin uslubiga ega: Islandiya yopiq, Xorvatiya qarshi hujum, Nigeriya esa tezkorlikka asoslangan o'yin uslubiga ega. Balkim Sampaoli yaqqol hujumchiga yordam beradigan yana ikki futbolchi bilan o'ynar...

IDEAL TARKIB

KIMLAR BORMAYDI

Birinchidan, Emanuel Mammana aniq jahon chempionatida qatnashmaydi. "Zenit" himoyachisi mart oyida jiddiy jarohat oldi va kamida yarim yilga safdan chiqdi. Ikkinchidan, Mauro Ikardi va Paulo Dibalada jiddiy muammolar bor. Biroq Argentina bosh murabbiyi termada Jerrard-Lempard juftligini yaratmoqchi, uning oldida katta tanlov bor.

"Dibala termaning uslubiga moslasha olmayapti. Uning o'yinini yaxshilay olmayapmiz. Baholash juda qiyin, balkim u uchrashuvlarda asosiy tarkibda o'ynar, ammo Paulo juda ko'p ishlashi kerak. Ikardida ham shunga o'xshash holat. Uning "Inter" va terma jamoadagi ishtirokida katta farq ko'zga tashlanmoqda", - dedi Sampaoli.

Dibala yaxshi o'ynamoqda, u terma tonusini ko'tarib berishi mumkin. Biroq "Inter" sardori uchun termadagi holat biroz og'irroq. U jarohat olgan va uni davolash bilan band.

MUAMMO NIMADA?

Tashvishlanish uchun ikkita sabab bor. Birinchisi - bir o'yin uslubi termada singdirilmagan, sxemalar har doim o'zgarib turadi. Yuqori pressing va o'yin ishtiyoqi havfni biroz oshiradi: agarda Argentinaning raqibi qarshi hujumlarda xavfli o'ynasa, argentinaliklar keskin hujumga o'tib, to'pni yo'qotganida gol o'tkazib yuborishi mumkin. Nigeriya o'rtoqlik uchrashuvida Argentina darvozasiga shunday uslubda 4 gol kiritgandi. SHuningdek, Messi jamoadoshlari Ekvador, Boliviya va Venesueladan ham shunday gollar o'tkazib yuborgandi. Argentina 2017 yilda 10 uchrashuvda o'z darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi va faqatgina raqib yarim maydonida o'ynadi. Zamonaviy futbolda himoyaviy tizimni ishlab chiqish juda qiyin bo'lganligi uchun, Sampaoli bunga qiynaladi. Ishlab chiqqanida ham buni termaga singdirishga juda kam vaqt qoldi.

Ikkinchi sabab - asablar. Ketma ket uch finalda mag'lub bo'lganidan keyin futbolchilarning ruhida katta bosim bo'ladi, ambiciyalar va masuliyatni qo'lga olishda biroz hayajon ko'zga tashlanishi mumkin. SHu boisdan ruhiy asabiylikda biroz muammolar ko'zga tashlanishi mumkin. Agarda Argentinaning o'yinlari o'xshamay qolsa, Messining o'zi yakkaxon o'yinni boshlaydi. Bu holatda esa ko'pchilik "Messi termaga xalaqit bermoqda" deb gapirishadi. Futbolchining xet-trigi evaziga Argentina Ekvadorni mag'lub etib, terma JCHga chiqqanini hech kim eslamaydi.

ARGENTINA JCHda QAYSI TERMALAR BILAN O'YNAYDI?
16 iyun, 16:00. Argentina – Islandiya. Moskva, "Spartak Stadioni".
21 iyun, 21:00. Argentina – Xorvatiya. Nijniy Novgorod, "Arena Nijniy Novgorod".
26 iyun, 21:00. Nigeriya – Argentina. Sankt-Peterburg, "Sankt-Peterburg Arena".

Mirjalol Normatov tarjima qildi

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика