So’nggi yangiliklar

09:03Модричнинг "Реал"даги келажаги маълум  1 08:31Sofascore. Захирадан майдонга тушган Файзуллаев неча баҳога лойиқ кўрилди  4 08:00Ўзбекистон Кубоги. 3-тур учрашувларига ҳакамлар тайинланди  7 07:32ОКМК - "Нефтчи" ўртасидаги супер баҳсдан ёрқин ФОТОГАЛEРEЯ  0 05:24Юрген Клопп мураббийликка қайтмоқда, у Шомуродовга устоз бўлиши мумкин  10 02:02АПЛ. "Брайтон" ўз уйида Премьер-лига чемпионини мағлубиятга учратди  3 00:58Виталий Левченко: "Юлдузли жамоалар ҳар доим ҳам натижага эришавермайди. Шунчалик саволларингиз кўп-ми?"  7 00:44ЦСКА мағлубиятдан қутилиб қолди, Файзуллаев захирадан майдонга тушди  5 00:30Суперлига. Тўхтахўжаев ОКМКни мағлубиятдан қутқариб қолди, Аброр Исмоилов эса икки дақиқа ичида иккита гол урди  4 00:27Миржалол Қосимов: "Биз биринчи ўринга чиқиб олдик. У захирада уйқусираб ўтирган эди"  6 00:05Аморим қишда МЮни тарк этиши мумкин эди, аммо...  1 23:10"Ман Сити" Виртцнинг трансфер нархи юқорилиги сабабли ундан воз кечди. Келишув клубга умумий ҳисобда 300 миллион еврога тушиши мумкин эди (BBC)  4 22:28Украина, Англия, Польша, Дания, Балтика мамлакатлари ва Япония Россиянинг қайтишига қатъиян қарши. Жанубий Америка мамлакатлари эса аксинча  21 21:57Суперлига. Олмалиқда дарвозаларга 4 та гол урилган ўйинда ғолиб аниқланмади  106 21:17Гвардиола Чемпионлар Лигаси учун кураш ҳақида: "Бизга яна 4 очко керак"  12

"Navbahor"ning Jizzaxdagi g'alabasiz seriyasi davom etadi. "Neftchi"da ketma-ket ikkinchi g'alaba -Superliganing 18-turiga oid qiziqarli faktlar Yangiliklar

"Navbahor"ning Jizzaxdagi g'alabasiz seriyasi davom etadi. "Neftchi"da ketma-ket ikkinchi g'alaba -Superliganing 18-turiga oid qiziqarli faktlar

Coca Cola Superligasining ortda qolgan 18-turida bir nechta qiziqarli uchrashuvlar bo'lib o'tdi.

Quyida mazkur bahslarga oid qiziqarli faktlar bilan bo'lishamiz. 


Bunyodkor

Dmitrie Pobulich - 11'

Superliga. 18-tur

08/09/2022, 18:30

2
:
1
Tugadi

Neftchi

Fozil Musayev - 45', Mirzohid G’ofurov - 52'

45'
90'
11'  Dmitrie Pobulich
45'  Fozil Musayev
52'  Mirzohid G’ofurov


— "Neftchi"  "Bunyodkor"ni safarda 2015 yil mag'lub etishga erishgan. Bu farg'onaliklarning "Bunyodkor" maydonida qo'lga kiritgan hozigacha bo'lgan yagona va oxirgi g'alabasi bo'lib turgandi. Klub o'z tarixida ikkinchi bor mehmonda "qaldirg'ochlar" ustidan zafar quchdi. 

— Umumiy o'zaro o'yinlarga ko'ra, "Neftchi" oxirgi marotaba 2016 yil uyda poytaxt klubini taslim qilgandi. Keyingi 8ta uchrashuvning barchasida "Bunyodkor" uch ochkoga ega chiqqan. Demak 8ta o'yinlik qora anana tugadi.  

— Vitaliy Levchenko shogirdlari joriy yil ilk bor ketma-ket ikkita o'yinda g'alaba qozondi. 

— Mazkur uchrashuvdan so'ng "Bunyodkor" bosh murabbiyi Viktor Karpenko istefoga chiqarildi. Uning o'rniga tayinlangan Ivan Boshkovich bu mavsum hisobidan uchinchi murabbiy bo'ldi. Bunday holat yaqin yillarda yuz bermagan edi. 


Qo’qon-1912

Superliga. 18-tur

09/09/2022, 18:30

0
:
0
Tugadi

OKMK

45'
90'
17'  Javohir Sidiqov
21'  Anzur Ismoilov
45'  Dilshod Ahmadaliev
64'  Shohruh Gadoyev


— "Qo'qon-1912" bu mavsumda ketma-ket 7ta uchrashuvda durang natija qayd etdi. Jamoa so'nggi bor 8-turda mehmonda "Lokomotiv" ustidan g'alabani tantana qilgandi. 

— AGMK qatorasiga uchinchi yil "Qo'qon-1912"ni mehmonda mag'lub etishni uddasidan chiqa olmayapti. 

— O'zaro o'yinlardagi ustunlik hamon olmaliqliklar tomonida qolmoqda, 10ta g'alaba. 

Paxtakor

Pshemislav Banashak - 34', Abbosbek Fayzullayev - 56'

Superliga. 18-tur

09/09/2022, 19:30

1
:
2
Tugadi

Metallurg

Zabihillo O’rinboyev - 24'

45'
90'
34'  Pshemislav Banashak
34'  Xozhiakbar Alizhonov
41'  Odiljon Hamrobekov
56'  Abbosbek Fayzullayev
56'  Xozhiakbar Alizhonov
88'  SHahzod Azmiddinov
24'  Zabihillo O’rinboyev
32'  Kerim Palich
58'  Aleksandr Lobanov
62'  Farhod Bekmurodov

—  "Metallurg"ga 11 yildan beri Toshkentda "Paxtakor"dan ochko olish nasib qilayotgani yo'q.  Toshkentda Superliga doirasida o'zaro 26 marotaba to'qnash kelishdi. Mazkur uchrashuvlarda mutloq ustunlik "sherlar" tomonida. Ular o'tkazilgan 26 bahsdan 24tasida g'alaba qozonishganini aytish joiz. 2ta bellashuvda tomonlar murosa ko'chasini tanlashgandi. Bekobodliklar oxirgi marotaba poytaxtda 2011 yilgi mavsumda ochko ishlashni uddasidan chiqqan edi.

— Zabihillo O'rinboev ushbu mavsumda o'z gollari hisobini ochdi. "Metallurg"dagi birinchi golini urdi. Buning uchun unga 18ta uchrashuv kerak bo'ldi. SHuningdek, 2021 yil oktyabr oyidan beri birinchi marotaba raqib darvozasini ishg'ol qildi.

 — "Paxtakor"ning polshalik hujumchisidan ajoyib statistika. 6ta o'yin, 3ta gol va 3ta golli uzatma. 

So'g'diyona

Superliga. 18-tur

10/09/2022, 20:00

0
:
0
Tugadi

Navbahor

45'
90'
46'  SHavkat Salomov (Jasur Hasanov O)
46'  Bahodir Nasimov (Shohruz Norxonov)
46'  Vitaliy Denisov (ZHavohir Qahramonov)
62'  Ayubxon Nomanov (Abdujalil Manazarov)
67'  Abdujalil Manazarov
80'  Sardor Qulmatov
83'  Jasur Hasanov O
89'  Iskandar SHaykulov (Daniel Nasriddinov)
26'  Davron Hoshimov
34'  Boyan Siger
59'  Diyor Turopov (ZHasur YAxshiboev)
73'  Asadbek Sobirzhonov (Doniyor Abdumannopov)
85'  Yovan ZHokich
90'  Azim Ahmedov

— "Navbahor" 2006 yildan beri Jizzaxdan g'alabasiz qaytmoqda. Jamoalar shu kuni "So'g'diyona" markaziy stadionida 27-marotaba to'qnash kelishdi. Katta ustunlik maydon egalarida qoldi, 19ta g'alaba. Namangan jamoasi 5 marotaba uch ochko bilan ortga qaytgan. "Navbahor" Superliga doirasida oxirgi marotaba Jizzaxda 2006 yilgi mavsumning 14-turida zafar quchgandi.

— Namanganliklarning Superligadagi golli seriyasi yakunlandi. Jamoa so'nggi marotaba 12-turda "Metallurg" darvozasiga yo'l topa olmagandi. 

— 0:0 hisobi bilan tugagan o'yinlar bu mavsumda "So'g'diyona"da 2tani, "Navbahor"da 4tani tashkil qilmoqda.

 

Reyting: -1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика