So’nggi yangiliklar

19:15Суперлига. ОКМК – "Қўқон-1912" 0:0 (матнли трансляция)  0 18:58Суперлига. Иккита пенальти тепилган беллашувда "Навбаҳор" бир киши кам "Хоразм" билан дуранг ўйнади  11 18:18Ўзбекистон терма жамоаси таркибидан тушиб қолган футболчилар  13 17:54Ўзбекистоннинг Кувайт ва Уругвай билан ўйинлар учун таркиби маълум  23 17:38Мбаппе Винисиуснинг худбинлигидан норози  11 17:10АПЛ раиси лигалар ўйин тақвими бўйича ФИФА билан курашаётганини таъкидлади  0 16:42Ўзбекистон U-17 терма жамоаси Туркия билан ўртоқлик баҳсларида қатнашади  0 16:26МДҲ Кубоги. Ўзбекистон U-15 терма жамоаси Қирғиз Республикасидан устун келди  4 15:55"Манчестер Юнайтед" Аморимга мавсум охиригача вақт беришга тайёр  1 15:30Фабио Каннаваронинг охирги иш жойидаги маоши қанча эди?  14 14:55"Ливерпуль" "Реал" қизиқишларига қарамай, Конате билан шартномани узайтирмоқчи  3 14:26"Барселона"нинг ЕЧЛ доирасидаги навбатдаги уй учрашуви қаерда ўтиши маълум  1 13:54"Нефтчи" Абдураимов ва Иванков билан бир ҳафта ичида ҳисоб-китоб қилиши лозим — ПФЛ  4 13:38Ла Лига президенти "Манчестер Сити"ни қаллобликда айблади  2 13:11"Манчестер Юнайтед" 17 ёшли колумбиялик истеъдодни сафига қўшиб олмоқчи  4

"Navbahor" - "SHo'rtan" uchrashuvi raqamlarda Yangiliklar

"Navbahor" - "SHo'rtan" uchrashuvi raqamlarda

Teglar :  NavbahorSHo'rtan
Oliy liganing 5-turidan o'rin olgan "Navbahor" - "SHo'rtan" uchrashuvida mezbonlar 3:1 hisobida zafar quchishdi.

Eng tez: Hujumchimiz Oleksandr Pishurning birinchi daqiqada urgan goli O'zbekiston chempionatining ushbu mavsumidagi eng tezkor goli bo'lib turibdi.

Eng ko'p: "Navbahor" - "SHo'rtan" uchrashuvi 5- tur bellashuvlari orasida eng ko'p sariq kartochka ko'rsatilgan o'yinga aylandi.

1- "Navbahor" Oliy liganing ushbu mavsumida birinchi g'alabasini qo'lga kiritdi.  Akram Baxritdinov o'zining chempionatdagi birinchi golini urdi.

2- Oleksandr Pishur va Mo'ydin Mamazulumov ushbu mavsumdagi gollari sonini ikkitaga etkazib olishdi. Ikkita futbolchimiz (Akmal Ortiqov va Dilshod Jabborov) o'tkazilgan beshta o'yinda to'liq harakat qilishdi. Dilshod Jabborov hisobida ushbu bellashuvdan so'ng ikkita sariq kartochka mavjud. 3:1 hisobida g'uzorliklarni jamoamiz ikkinchi marotaba mag'lub etdi. 2013- yil mehmonda ham aynan shu hisobda "Navbahor" g'alabani qo'lga kiritgandi.

3- Tomoshabin to'plash bo'yicha "Navbahor" - "SHo'rtan" uchrashuvi beshinchi turda ("Buxoro" - "Andijon" 21118, "Qizilqum" - "Paxtakor" 19318) uchinchi o'rinni egalladi. Uch futbolchimizga (O. Jo'raboev, A. Baxritdinov, S. Azimov) joriy mavsumda ilk marotaba sariq kartochka ko'rsatildi.

4- Mo'ydin Mamazulumov  faoliyati davomida "Navbahor" va "SHo'rtan" tarkibida harakat qilib, har ikki jamoa darvozasiga gol urishga muvaffaq bo'lgan to'rtinchi o'yinchiga aylandi. Ushbu natijaga avval Yorqin Nazarov, Aleksandr Mochinov va Konstantin Boevlar erishishgan. "Navbahor"ning chempionatdagi g'alabasiz 4 o'yinlik seriyasi poyoniga etdi. Hozirgacha futbolchilarimiz chempionatda urgan gollarining to'rttasi ikkinchi bo'limda sodir etilmoqda.

5- Ushbu o'yinda beshta futbolchilarimiz ogohlantirilishdi. "Navbahor" maydonida g'uzorliklar bilan kechgan ketma-ket beshinchi o'yinning birinchi bo'limida durang qayd etildi. "SHo'rtan" amaldagi mavsumda qatorasida beshinchi mag'lubiyatni qabul qildi.

6- Endilikda "navbahorchilar"ning o'tkazilgan beshta o'yindan so'ng jami urgan gollari soni 6 tani tashkil etmoqda.

7- "Lochinlar" o'z maydonlarida g'uzorliklarni Oliy liga doirasida ettinchi bor taslim etishdi. Uchrashuv bosh hakami Vladislav  Ceytlin cho'ntagidan etti bor sariq kartchoka olishiga to'g'ri keldi. Akmal Ortiqov o'z darvozasidan ettinchi bor to'p olib chiqdi.

9- Uchrashuv bosh hakami Vladislav Ceytlin mavsumda boshqargan to'rtinchi uchrashuvida nazoratchi tomonidan 9 ballga loyiq topildi.

10- "Navbahor" o'ninchi o'ringa ko'tarilib oldi. "SHo'rtan"ning o'tkazib yuborgan gollari endilikda o'ntaga etdi.

11- "SHo'rtan"ga qarshi bu o'yin bizning maydonda o'tkazilgan O'zbekiston chempionati tarixidagi o'zaro 11- qarama-qarshilik.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика