So’nggi yangiliklar

23:01"Барселона" — "Валенсия". Таркиблар маълум  1 22:50"Милан" — "Болонья". Таркиблар маълум  1 22:42Лига 1. ПСЖ "Ланс"ни қийинчиликсиз таслим этди  1 22:25АПЛ. Ҳусанов тўлиқ ўйнаган Манчестер дербисида "Сити" "Юнайтед"ни йирик ҳисобда енгди  83 22:13ОПЛ. "Нефтчи" ва "Сабаҳ" ўзаро дуранг ўйнади, Раҳмоналиев иккинчи тайм бошида майдонга тушди  0 21:21Рўзиқул Бердиев: "Олдин ҳам "Ал Аҳли" сингари катта салоҳиятга эга жамоаларга қарши ўйнаганмиз"  12 21:10Илёс Зейтуллаев: "Янги стадионда тўп тепиш ўзгача ҳиссиётларни берди"  1 20:46Ҳаким Фузайлов: "Яна эски касалимиз қўзғади"  5 20:02АПЛ. "Ливерпуль" 90+5 дақиқада пенальтидан урилган гол эвазига "Бёрнли"ни мағлуб этди  15 20:00Про Лига. "Арал" "Олимпик"га имконият қолдирмади  0 19:55Абдухолиқовнинг пеналтидан киритган голи "Бунёдкор"га ғалаба тақдим этди  8 19:28А Серия. "Рома" Римда "Торино"га мағлуб бўлди  9 18:58Бельгия. Ўринбоев бир тайм ўйнаган баҳсда "Антверпен" ютқазди  4 18:38Эрон ва Уругвай ўртасидаги ўртоқлик ўйини бекор қилинди  11 17:19"Манчестер Сити" сардори билан шартномани узайтиришни режалаштирмаяпти  1

“Navbahor” – “Qizilqum”: Uchrashuvdan so'ng Yangiliklar

“Navbahor” – “Qizilqum”: Uchrashuvdan so'ng

Teglar :  NavbahorQizilqum
"Navbahor" - "Qizilqum" (2:1) uchrashuvidan keyin ikkala jamoa bosh murabbiylari o'z fikrlarini bildirishdi.

“Navbahor” – “Qizilqum” jamoalari o'rtasidagi uchrashuv yakunlangach o'tkazilgan matbuot anjumanining birinchi qismida navoiyliklar bosh menedjeri Hamit Aktamov jurnalistlarning savollariga javob qaytardi: - Bugun qiziqarli o'yin bo'ldi. Ayniqsa ikkinchi bo'lim ushbu fikrlarimga yaqqol misol bo'la oladi. Futbolchilarimiz yuzaga keltirilgan vaziyatlardan to'liq foydalana olishmadi. Guvohi bo'lganlaringizdek, yaratilgan to'rt-beshta imkoniyatni golga aylantira olmadik. Qolaversa, asosiy darvozabonimiz jarohat tufayli maydonga tusha olmadi. Bu bilan Makosinni ayblamoqchi emasman. U mavsum boshidan beri kam hollarda maydonga tushganligi bois tajribasi kamroq. Balki xayojonni enga olmagandir. Boshqa yana nima deyishim mumkin. Mavsum yakunlanib borayotgan bir pallada, zaxira o'rindig'imiz qisqa bo'lib qoldi. Yani jarohat olgan futbolchilarimiz ko'payib ketdi. Bundan tashqari ayrim o'yinchilarimiz “Lokomotiv”ga qarshi bahsda ham jarohatlanishdi. Bugun ham yigitlarning aksariyati jarohatlari bilan maydonga tushishga majbur bo'lishdi. SHunga qaramay, ular ijobiy natija uchun harakat qilishsada, omad kelmadi. Ushbu mag'lubiyat bilan hayot to'xtab qolmaydi. Mavsum oxirigacha kurashib, oldimizga qo'yilgan vazifani bajaramiz degan umiddaman.

Matbuot anjumanining ikkinchi qismida “Navbahor” jamoasi bosh murabbiy Baxtiyor Ashurmatov o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi: - So'nggi o'yinlarda yigitlar iroda ko'rsatishmoqda. Bugun ham oldimizda muhim o'yin turgandi. Negaki, g'alaba qozonish orqali ettinchi o'ringa ko'tarilib olish imkoniyati bor edi. Bundan tashqari keyingi uchrashuvlarda ham ijobiy natijalar qo'lga kiritiladigan bo'lsa oltinchi pog'onaga ko'tarilish uchun ham imkon tug'ilardi. SHu sababli, yigitlar bugun bor kuchlari bilan o'ynashdi. Hisob 2:0 bo'lgach, futbolchilarimiz qaysidir vaziyatlarda bo'shashishdi, ayrim hollarda esa kutilmagan to'p yo'qotishlarni sodir etishdi. Bazida esa bir-birlarini tushunmay individual tarzda harakat qilishga berilib ketishdi. Bu esa raqibni jarimadan gol urishiga olib keldi. Bundan tashqari zaxiradan safga qo'shilgan futbolchilarimiz ham o'yinni biz kutganchalik kuchaytira olishmadi. SHuning hisobiga birozgina ustunlik mehmonlar tarafiga o'tib ketdi. Aynan shu hol bahs yakunini xavotirli tarzda o'tishiga sabab bo'ldi. Lekin, yurakdan namoyish etilgan o'yin uchun yigitlarga rahmat aytaman. Futbolchilarimiz “Navbahor”ni obro'si va shani uchun bor jon jahdilari bilan kurashishmoqda. O'z navbatida qo'llab-quvvatlab turganliklari uchun jamoamiz azolari nomidan muxlislarimizga ham minnatdorchilik bildirib o'taman.

Reyting: -5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика