Nazorat o'yini. "Navbahor" "Rakuv"ga yirik hisobda mag'lub bo'ldi
19 jan 2022 15:18
Yangiliklar
Nazorat o'yini. "Navbahor" "Rakuv"ga yirik hisobda mag'lub bo'ldi
"Navbahor" Turkiyaning Belek shahrida Polshaning "Rakuv" jamoasi bilan o'ynadi.
Bahs polyaklarning ustunligi ostida o'tdi va "Rakuv" "Navbahor" darvozasiga uchta to'p kiritdi.
"Rakuv" (Polsha) - "Navbahor" (O'zbekiston) 3:0
Namanganliklar ushbu bahs uchun quyidagi tarkibni tushirishdi: Rahimjon Davronov, Davron Hoshimov, Igor Golban, Boyan Ciger, Stanislav Andreev, Yovan Jokich, Jamshid Boltaboev, Nurillo To'xtasinov, Jamshid Iskanderov, Eluja Grigalashvili, Andrey Sidorov.
"Rakuv" Polshaning eng kuchli jamoalaridan biri hisoblanadi, u ayni damda Ekstraklasada 3-o'rinda bormoqda. Jamoa o'tgan mavsumni 2-o'rinda yakunlagandi.
Eslatib o'tamiz, "Navbahor" Antaliya yig'inlari doirasidagi ilk o'yinda Vengriyaning “Spartakus Niredxaza” (Niredxaza) bilan durang o'ynagandi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Панама дарвозасига 6 та тўп йўллади
Эшитдик-да! Кападзе Ўзбекистон терма жамоасидан кетди
Ла Лига. "Реал" меҳмонда "Райо Вальекано"ни мағлуб эта олмади
АПЛ. "Манчестер Сити" "Ливерпул"ни йирик ҳисобда таслим этди, Ҳусанов эса...
Fikrlar