So’nggi yangiliklar

20:49Рональдиньонинг ўғли Чемпионшип жамоасида ўйнайди  4 20:22Суперлига. "Машъал" Ғузорда "Шўртан"дан устун келди  7 19:53Виктор Гёкереш – Португалия чемпионатида мавсумнинг энг яхши футболчиси  0 19:24"Арсенал" икки етакчиси билан шартномани узайтирмоқчи  3 18:55Испания терма жамоаси бош мураббийи: "Ле Норман – Европанинг энг яхши ҳимоячиларидан бири"  1 18:24"Бавария" 14 ёшли Ямаль билан шартнома имзоламоқчи бўлган  2 17:56"Челси"га Англия футбол ассоциацияси томонидан 74 та айблов қўйилди  1 17:22Вадим Абрамов: "Андижон" Азмиддинов қизил карточка олгани учун биз билан ҳозир ўйнашга рози бўлмади"  16 16:52ЖЧ-2026 фаворитлари айтилди. Ўзбекистон қайси ўринда?  26 16:24Франция терма жамоаси собиқ дарвозабони фаолиятини якунлади  1 15:556 минг сиғимли стадион "Барса" – "Валенсия" учрашувини қабул қилади. Ла Лига рози  2 15:28"Реал" собиқ футболчиси Гонконгга кўчиб ўтди  0 14:54АПЛ топ-клублари "Барселона" вундеркиндини сотиб олмоқчи  5 14:27Чемпионлар Лигаси 2026/27 йилги мавсум финали Мадридда ўтказилиши мумкин  4 14:05Суперлига. "Насаф" — "Бухоро" 5:0  1

"Navbahor" - "Neftchi" uchrashuviga oid faktlar Yangiliklar

"Navbahor" - "Neftchi" uchrashuviga oid faktlar

"Navbahor" klubi rasmiy saytiga "Neftchi"ga qarshi bo'lib o'tgan o'yinga oid faktlar joylashtirildi.

Eng ko'p: 18-turning markaziy uchrashuviga eng ko'p tomoshabin kirdi. "Neftchi" bilan kechgan bellashuvga 15715 nafar tomoshabin tashrif buyurdi.

1- Alibobo Rahmatullaevga O'zbekiston chempionati joriy mavsumida ilk bor sariq kartochka ko'rsatildi.

2- Bosh hakam Ravshan Ermatov uchrashuvda futbolchilarga jami ikki bor sariq kartochka ko'rsatdi. Har ikki ogohlantirish ham  "lochinlar" vakillariga tegishli.

3- "Navbahor"ning ikkinchi davradagi mag'lubiyatsiz o'yinlar seriyasi uchta o'yinga etdi. SHuningdek, chempionatda jamoamiz uchinchi bor o'yinda o'z darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi. Avval "Qo'qon-1912" (11-tur) va "So'g'diyona" (4-tur) jamoalarini bir xil 1:0 hisobida taslim etilgandi. 

4- To'rt yildan buyon "Neftchi" Namangandan g'alabasiz qaytishga majbur bo'lmoqda. So'nggi bor ushbu raqib 2011 yilda "Navbahor" maydonidan 3 ochko bilan uyiga qaytgan. Darvoqe, Ravshan Ermatov amaldagi mavsumda to'rtinchi bor jamoamiz ishtirokidagi uchrashuvni boshqardi.

5- "Navbahor" o'z maydonida chempionatdagi beshinchi g'alabasini tantana qildi. “Lochinlar” Neftchini o'zaro o'yinlar tarixida beshinchi marotaba 1:0 hisobida  taslim etishdi.

6- Hujumchimiz Ulug'bek Baqoev joriy yilgi O'zbekiston chempionatida  o'zining oltinchi golini nishonladi. SHuningdek, Baqoev "lochinlar"ning ikkinchi davradagi oltinchi goliga ham mualliflik qildi.

7- Oliy liga-2015dagi g'alabalarimiz soni ettitaga etdi. Bundan tashqari, ikkinchi davraning uch o'yinida etti ochko jamg'ardik.

8- Jamoamiz sakkizinchi o'rinda turibdi. Kuchli beshlikka kirish uchun esa shuncha ochko etmayapti.

10- O'zbekiston chempionatlari tarixida "Neftchi" Namanganda o'ninchi marotaba mag'lub etildi.

11- "Navbahor"ning golli seriyasi 11 ta o'yinga etdi. Oxirgi marotaba futbolchilarimiz 7-turda "Paxtakor" darvozasini ishg'ol eta olishmagandi. Demak, 10 maydan buyon o'yinchilarimiz maydonni golsiz tark etmay kelishmoqda.

12- "Navbahor" "Neftchi" ustidan o'zaro uchrashuvlardagi 12-g'alabasini qo'lga kiritdi.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика