Navbahor kelasi mavsumda yangi brend liboslarida harakat qiladi
20 dek 2024 09:42
Yangiliklar


Navbahor kelasi mavsumda yangi brend liboslarida harakat qiladi
O'zbekistoning eng mashhur jamoalaridan biri Navbahor yangi mavsumda texnik hamkori o'zgaradi.
«Championat.asia» olgan malumotga ko'ra, «lochinlar» yangi mavsumda Italiyaning «Macron» (Makron) kompaniyasi liboslarini kiyadi.
Eslatib o'tamiz, o'tgan mavsum namanganliklar «7SABER» brendining liboslaridan foydalanishgandi.
Malumot uchun, avvalroq «Andijon» ham yangi mavsumda «Macron» brendida harakat qilishi xabar berilgandi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar