So’nggi yangiliklar

16:24Аморим "Интер" футболчисини "Манчестер Юнайтед"га олиб келмоқчи  0 16:05​Про лига. "Олимпик" "ФарДУ" билан баҳс юритмоқда (онлайн ҳисоб)  0 15:55Франция Дембеленинг ғалабасидан сўнг "Олтин тўп" соҳиблари сони бўйича биринчи ўринга чиқиб олди  1 15:32"Футбол олами". "Навбаҳор"да 0:5, "Пахтакор" аутсайдерни юта олмади, ОКМКдан 5:1  0 15:06Антонио Конте: "Скудеттодан кейин биздан умидлари катта"  1 14:39Ўзбекистон U-15 терма жамоаси ОКМК U-16га ҳеч қандай имкон қолдирмади  1 14:11"Арсенал" асосий футболчиси 2 ойга сафдан чиқди  2 13:42Жоан Лапорта: "Олтин тўп" учун сўровномадаги иккинчи ўрин Ямалга мотивация беради"  12 13:14"Барселона" ярим ҳимоячиси тахминан 3 ҳафта майдонга тушолмайди  0 12:46Қосим-Жўмарт Тўқаев ФИФА президенти билан учрашди  4 12:19"Насаф"нинг рақиби Қирол Кубоги 1/8 финалига йўл олди  3 11:53Усмон Дембеле: "Олтин тўп" фаолиятимдаги мақсадим эмасди"  18 11:29"Бавария" ҳимоячиси "Реал"га ўтишни истамоқда  1 10:48Деклан Райс: "Улар бизни ҳурмат қила бошлашди"  4 10:20Пролига. Бугун 15-турга старт берилади  0

"Navbahor" ishtirokidagi o'yin janjal tufayli oxiriga etmay qoldi Yangiliklar

"Navbahor" ishtirokidagi o'yin janjal tufayli oxiriga etmay qoldi

Teglar :  NavbahorOqjetpes
Ayni paytda o'z o'quv – mashg'ulot yig'inini Turkiyada olib borayotgan “Navbahor” mazkur mamlakatdagi yig'in doirasidagi ikkinchi o'rtoqlik bahsini Qozog'iston Premer-ligasi vakili “Oqjetpes” (Ko'kchatoy) jamoasiga qarshi olib bordi.

Uchrashuvning 1-bo'limi keskin kurashlar ostida o'tib, ko'kchatoyliklar 2-daqiqadayoq standart vaziyatdan hisobni ochishdi. CHap qanotdan oshirilgan to'pni “Oqjetpes” futbolchilaridan biri boshi bilan darvozaga aniq yo'llab, hisobni ochdi – 0:1.

Muvozanatni tiklashga intilgan "Navbahor" azolari hujumkorlikni ancha kuchaytirishdi va bu 10-daqiqada o'z samarasini berdi. “Lochinlar”ning navbatdagi hujumi paytida mahoratli yarim himoyachi Sardor Telyakov 20 metrlar chamasi uzoqlikdan darvozani aniq nishonga olib, hisobni tenglashtirdi – 1:1.

Ammo qozog'istonliklar 34-daqiqada "Lochinlar" darvozasini ikkinchi marta ishg'ol etib, tanaffusga 2:1 hisobida chiqib ketishdi.

Ikkinchi bo'limni hujumkor ruhda boshlagan No'mon Hasanov shogirdlari 48-daqiqada raqib futbolchisi o'z jarima maydonchasi ichida to'pni qo'li bilan o'ynaganligi bois, 11 metrli jarima zarbasi tepish huquqini qo'lga kiritishdi. Penaltini jamoa sardori Azimjon Ahmedov aniq amalga oshirib, muvozanatni tikladi – 2:2.

Biroq 56-daqiqada qozog'istonliklar navbatdagi hujumni samarali tarzda yakunlab, hisobda oldinga chiqib olishdi – 2:3.

SHundan so'ng, "Navbahor" azolari hisobni tenglashtirish maqsadida, yana hujumkorlikni kuchaytirishdi. Ammo hujumlar yakuniga etmasdi.

Uchrashuvning 83-daqiqasida har ikki jamoa futbolchilari orasida kelishmovchilik yuzaga keldi. Ushbu holatning janjalga aylanib ketishini oldini olish maqsadida, uchrashuv bosh hakami o'yinni muddatidan oldin to'xtatishga qaror qildi.

Natijada “Oqjetpes” 3:2 hisobida g'alaba qozonayotgan ushbu bahs yakuniga etmay qoldi.

Belek shahrida bo'lib o'tgan mazkur o'yinda “lochinlar” ustozi No'mon Hasanov maydonga quyidagi futbolchilarni tushirdi: Rahimjon Davronov, Azimjon Ahmedov, Mirzohid G'ofurov, Davron Hoshimov, Nikola Tasich, Ehsoni Panshanbe, Ivan Solovyov, Marko Putinkanin, Sardor Telyakov, Abbos G'ulomov, Zabihillo O'rinboev.

Zaxiradan maydonga tushganlar: O'tkir Yusupov, SHohruh Mahmudhojiev, Farhod Mirahmatov, Mirzohid Mirzamahmudov.





Reklama


Reyting: -29   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика