So’nggi yangiliklar

14:23Бернарду Силвага Португалия топ-клуби қизиқиш билдирмоқда  0 13:48"Реал" АПЛ футболчиси учун 60 млн евро таклиф қилмоқчи  0 13:08Эриксен нега "Вольфсбург"га ўтишга қарор қилганини айтди  0 12:32Гави тахминан икки ойни ўтказиб юбориши мумкин  1 11:58"Монтеррей" Марсьяль трансферини эълон қилди  0 11:20Февзи Давлетов: "Навбаҳор" билан ўйинда биз ғалабага яқинроқ эдик"  6 10:58Азиз Ибрагимов: "Учрашув дерби мақомида ўтади, аммо ғалаба "Пахтакор"ники бўлади"  11 10:35Артета: "Ливерпуль" кучайиб кетди"  2 10:09Шухрат Раҳмонқулов: "Пахтакор" – "Нефтчи" ўйинида биринчи гол урган ғалаба қозонади"  2 09:46Постекоглу: "Тоттенхэм"дан кетишим кутилмаган ҳолат бўлмади"  2 09:21Зоҳир Пиримов: "Пахтакор" – "Нефтчи" ўйинида имкониятлар тенг"  3 09:20Легионерлар. Ғаниев тўлиқ ўйнади, Ҳамробеков эса...  1 09:06Сергей Лушан: “Жамоага нима етишмаётганлигини билганимда, энг бахтли инсон бўлардим”  17 08:58Факт. "Сўғдиёна" 14 йилдан сўнг ОКМК дарвозасига 3 тадан кўп гол урди  0 08:41Бугун "Қизилқум" устози Шевченконинг рекордини такрорлайдими?   3

"Navbahor": CHiptalar narxi arzonlashdi Yangiliklar

"Navbahor": CHiptalar narxi arzonlashdi

Teglar :  CHiptalarNavbahor
Namanganning “Navbahor” PFK yangi rahbariyati jamoa muxlislari uchun yana bir xayrli ishga qo'l urdi.

Superliga 19-turi doirasidagi “Navbahor” – “Paxtakor” uchrashuvidan boshlab, "lochinlar" o'z uy o'yinlarini o'tkazadigan “Markaziy” o'yingohga kirish chiptalari arzonlashtirilib, 30 ming so'mlik chipta narxlari 20 ming so'mga tushirildi.

Endi sevimli jamoa ishqibozlari 4,5, 6, 7, 8,9, 14, 15, 16, 17, 18 va 19 sektorlar uchun 15 ming,  2,3, 10, 11, 12, 13, 20 hamda 21-sektorlar uchun 20 ming so'mdan chipta xarid qilishlari mumkin.

Bundan tashqari, “Navbahor” – “Paxtakor” uchrashuvi uchun chiqarilgan har bir chipta yutuqli hisoblanib, “Navbahor” muxlislari xarid qilgan chiptalariga 2 dona  smartfon, “Navbahor” klubi brendi ostidagi futbolkalar, soyabonlar va “Navbahor” jamoasi futbolchilarining imzolari tushirilgan to'plar yutib olish imkoniyatiga ega bo'lishadi.

Demak, ishqibozlar xarid qilgan chiptalariga sevimli jamoalari ishtirokidagi o'yinni tomosha qilishdan tashqari, o'z uylariga sovg'alar bilan qaytish imkoniyatiga ham ega bo'lishadi.

 
Bundan tashqari, “Navbahor” – “Paxtakor” uchrashuvidan oldin Namanganning taniqli xonandalari tomoshabinlarga o'zlarining dilrabo kuy-qo'shiqlari biln zavq ulashishadi.

Superliga 19-turi doirasidagi “Navbahor” – “Paxtakor” uchrashuvi uchun chiptalar 26 iyuldan sotuvga chiqadi. Mazkur bahs 28 iyul kuni soat 20:00da start oladi.  

“Navbahor” PFKning barcha say-harakatlari muxlislarga yaxshi va qulay shart-sharoitlar yaratishdan iborat.

Sevimli jamoangiz -  “Navbahor”ni qo'llab-quvvatlang hamda maxsus sovg'alarga ega bo'ling!

“Navbahor” PFK matbuot xizmati.

Reyting: +25   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика