Navas: "Hakamlik haqida gapirmoqchi emasman, referilar ham odam, hamma adashadi"
02 mar 2017 16:10
Yangiliklar
Navas: "Hakamlik haqida gapirmoqchi emasman, referilar ham odam, hamma adashadi"
"Real" posboni Keylor Navas "Las-Palmas"ga qarshi LaLiganing 25-tur uchrashuvidagi (3:3) hakamlik haqida gapirishni istamadi.
Referi David Fernandes Borbalan 47-daqiqada Garet Beylga qizil kartochka ko'rsatdi hamda ikkita penalti belgiladi.
"Hakamlar haqida gapirishni istamayman. Ular ham odam va hamma xato qiladi. Ular o'z ishini bajarishmoqda. Biz o'z maqsadlarimizga erishishimiz uchun kurashni davom ettirishimiz lozim. "Real" futbolchilari maydonga doimo g'alaba maqsadida chiqadi.
Men har doim bor imkoniyatimni ishga solaman. Ha, bitta xatoga yo'l qo'ydi, kimdir meni tanqid qilishi mumkin, ammo doimo o'z o'yinimni kuchaytirishga harakat qilaman. Nimaga qodirligimni bilaman va "Real" safida o'ynayotganimdan xursandman" - deydi Navas.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди
"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи
Breaking! Ўзбекистоннинг ЖЧдаги рақиби Португалия Эрон билан ўйнайди
АПЛ. "Ман Сити" ўз майдонида "Вест Хэм"ни мағлуб этди, Ҳусанов 67-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Fikrlar