So’nggi yangiliklar

17:22Манба: Ботирали Эргашев легионерга айланиши мумкин  3 16:54Леван Арвеладзе: "Про лига кучсиз кўрингани йўқ, бу лигада ҳам кўтарилиш, пасайиш даври бўлди"  0 16:28ПФЛ "Навбаҳор", ОКМК, "Сўғдиёна", "Машъал" ва "Бухоро" ареналарини Суперлига стадионлари рўйхатига киритмаслиги мумкин  1 16:05Улар ЖЧ-2026ни телевизор орқали томоша қилади. Хвича, Осимхен, Собослаи ва яна 7 юлдуз  1 15:40Хаби Алонсо "Эльче" билан дуранг ҳақида: "Биз норозимиз, чунки "Реал" доим ютишни истайди"  7 15:18Икром Алибоев: "Ўшанда "цирк" кўрсатсам бўларди, бундан жамоам ютарди, бироқ эркаклик ғурурига қарши борган бўлардим"  8 14:57Томас Франк: "Биз қаердан бошлаганимизни ўйлаб кўришга арзийди. Ўтган йили 17-ўринни эгаллагандик"  0 14:29Сиз "кашфиёт" деганда нимани тушунасиз?  5 14:24Артета: "Арсенал" "Тоттенхэм" устидан доминантлик қилди"  0 13:55Иско "Бетис" билан янги узоқ муддатли шартнома имзолади  0 13:27У бу кунни узоқ вақт эслаб қолади. Эзе АПЛ тарихидан ўрин олди  2 12:55Виталий Левченко: "Бу йил оғир кечди, аммо айнан шу сабабли ҳам у жуда қадрли бўлди"  2 12:30"Насаф"нинг "Трактор"га қарши аввалги ўйинларида қандай натижалар қайд этилган?  3 12:04"Реал" кетма-кет 12 йил давомида трансферларсиз миллиард ишлаб топган дунёнинг биринчи клубига айланди  22 11:37Башар Ресан "Пахтакор"да қоладими?  2

Ular JCH-2026ni televizor orqali tomosha qiladi. Xvicha, Osimxen, Soboslai va yana 7 yulduz Yangiliklar

Ular JCH-2026ni televizor orqali tomosha qiladi. Xvicha, Osimxen, Soboslai va yana 7 yulduz

Muhimi, bu hali yakuniy ro'yxat emas.

Jahon chempionati saralashining asosiy qismi ortda qoldi. JCH-2026 ishtirokchilarining 48 tasidan 42 tasi aniq bo'lib ulgurdi, qolgan 6 yo'llanma Evropadagi sarash pley-off bosqichi va qitalararo o'tish o'yinlari orqali o'z egasini topadi.

Deyarli 150 terma jamoa musobaqaning final bosqichiga chiqish imkoniyatini yo'qotgan. Ular orasida kutilmagan nomlar — tarkibida jahon yulduzlari bor kuchli jamoalar ham bor. Bu futbolchilardan har biri chempionat yanada yorqinroq bo'lishi uchun o'z ulushini qo'shishi mumkin edi, ammo endi ular ham millionlab muxlislar singari o'yinlarni televizor orqali tomosha qiladi.


Evropa

Dushan Vlaxovich, Serbiya
Ampluasi: hujumchi
Yoshi: 25 
Klubi: "Yuventus"

Imkoniyatni yo'qotgan termalar orasida Serbiya FIFA reytingida eng yuqori o'ringa ega (37). Anchayin qattiq zarba, sababi bolqonliklar oxirgi ikki mundialda ishtirok etishgandi.

Bu omadsizlik yanada og'riqli bo'lishining asosiy sababi serblar nafaqat Angliyani, balki principial raqib — Albaniyani ham oldinga o'tkazib yuborishdi. Bu vaziyatda "burgutlar"ga o'z maydonidagi 0:1 hisobidagi mag'lubiyat hal qiluvchi rol o'ynadi, natijada Velko Paunovich shogirdlari raqibdan 1 ochkoga ortda qolishdi.

Musobaqada Aleksandar Mitrovich ham, Dushan Vlaxovich ham bo'lmaydi. "Yuventus" forvardiga muxlislarning savollari yig'ilib qolgan: u muhim uchrashuvlarda yo'qolib qolishi odatga aylanib ulgurdi. Saralashda ham u faqatgina Latviya hamda Andorra darvozasini ishg'ol eta oldi.


Xvicha Kvaracxeliya, Gruziya
Ampluasi: yarim himoyachi
Yoshi: 24 
Klubi: PSJ

Gruziya Evro-2024ning kutilmagan kashfiyotlaridan bo'lgandi — jamoa sensacion ravishda 1/8 finalgacha etib borgan, Kvaracxeliya esa etakchilik qobiliyatlarini ko'rsatib, "Napoli"dan PSJga ko'chib o'tgandi.

Biroq jahon chempionatida Gruziya bo'lmaydi — saralashning olti o'yinidan beshtasida gruzinlar mag'lubiyatga uchradi. Kim biladi deysiz, balki Villi Sanol jamoasiga qurada omad kulib boqmagandir — guruhda Ispaniya va Turkiya etakchilik qilishdi. Aynan shu jamoalarga gruzinlar "Evro"da ham imkoniyatni boy berishgandi. Kvaracxeliya esa jamoada 1 tadan ko'proq gol urgan yagona futbolchi bo'ldi — dastlabki ikki turda Turkiya va Bolgariya darvozasi ishg'ol etilgandi. Tabiiyki, bu yo'llanma uchun etarli bo'lmadi.


Dominik Soboslai, Vengriya
Ampluasi: yarim himoyachi
Yoshi: 25 
Klubi: "Liverpul"

Italiyalik Marko Rossi boshchiligida Vengriya terma jamoasi ancha kuchli o'rtamiyona jamoaga aylandi va ketma-ket uch marta "Evro"ning final bosqichiga chiqishni uddalagandi. Ammo jahon chempionatlari borasida vengrlarning ishi yurishmayapti — o'z vaqtida dunyoning eng kuchli termalaridan biri bo'lgan jamoa 40 yildan buyon mundialga chiqa olmayapti.

Bu safar jamoa o'tish o'yinlariga juda yaqin edi, ammo oxirgi turda o'z maydonida Irlandiyaga imkoniyat boy berdi. Vaholanki, 79-daqiqada aynan Vengriya terma jamoasi 2:1 hisobida oldinda borayotgan va jamoani durang ham qanoatlantirar edi.

Vengriyaning uzoq yillik etakchisi Dominik Soboslai o'sha bahsning asosiy qahramonlaridan biri bo'ldi: ikkinchi goldan so'ng "Liverpul" yarim himoyachisi mehmonlar muxlislariga provokacion harakatlar ko'rsatdi, final hushtagini esa ko'zida yosh bilan qarshi oldi. Uni tushinish mumkin: Dominik Evropa saralashida uchinchi eng yaxshi assistent bo'lgan bo'lsada, terma jamoa yana JCHga chiqa olmadi.


Benyamin Sheshko, Sloveniya
Ampluasi: hujumchi
Yoshi: 22 
Klubi: "Manchester Yunayted"

Sloveniya qanchalik yomon o'yin ko'rsatmasin oxirgi turgacha o'tish o'yinlariga ilinib qolish imkoniyatiga ega edi. Matyaj Kek jamoasi o'z uyida Kosovoni taslim qilsa etarli edi, lekin imkoniyat boy berildi va jamoa uchinchi pog'onada qolib ketdi.

6 o'yinda sloveniyaliklar birorta g'alabaga erisha olmadi va bor yo'g'i 3 ta gol urdi. Qizig'i, ulardan birortasi ham termaning asosiy forvardi Benyamin Sheshko hisobiga yozilmadi — endi esa u ham, termaning boshqa bir yulduzi Yan Oblak ham JCH-2026dan chetda qoldi.


Qolganlar

Seru Girassi, Gvineya
Ampluasi: hujumchi
Yoshi: 29 
Klubi: "Borussiya Dortmund"

Gvineya hech qachon jahon chempionatlarida ishtirok etmagan. Bu safar ham jamoa bu natijadan ancha yiroq edi. Afrika g'arbida joylashgan ushbu davlat saralash guruhida to'rtinchi o'rinni egalladi. Ular nafaqat Jazoirni balki Uganda va Mozambikni ham oldinga o'tkazib yuborishdi. Jamoa etakchisi Girassi ham ajralib tura olmadi, 8 turda 1 tagina gol.

Dortmundning "Borussiya"si forvardi uchun bu kabi samaradorlik — shubhasiz muvaffaqiyatsizlik. O'tgan mavsum gvineyalik Chempionlar Ligasi to'purarligini Rafinya bilan bo'lishgan, Bundesligada esa faqatgina Keyndan ortda qolgandi. Mana shu vaziyat birgina iqtidor butun jamoaga g'alaba olib kela olmasligiga yaqqol misol bo'la oladigandek. Afsuski, JCH-2030gacha ham Gvineyada vaziyat keskin o'zgarib ketmasa kerak.


Brayan Mbeumo, Kamerun
Ampluasi: hujumchi
Yoshi: 26 
Klubi: "Manchester Yunayted"

Kamerun Afrikadagi saralashning o'tish o'yinlarida Kongo DRga mag'lub bo'ldi. Aslida jamoa ishni bungacha olib bormasligi mumkin edi: guruhda Kamerun sensacion tarzda Kabo-Verdega etakchilikni berib qo'ydi. JCH debyutantlaridan biri nafaqat mundiallarda, balki Afrika millatlar kubogi-2025 final bosqichiga ham chiqa olmagandi.

Endi muxlislar mundial maydonlarida Zambo-Angissa, Onana, Baleba, Ngamalyo, Abubakar va albatta, Mbeumo singari yulduzlarni ko'rishmaydi.


Keylor Navas, Kosta-Rika
Ampluasi: darvozabon
Yoshi: 38 
Klubi: "Pumas"

"Real" sobiq darvozaboni va Chempionlar Ligasining uch karra g'olibi saralash bosqichi startidan avval termaga qaytgandi. Maqsad — xayrlashuv o'rnida JCH-2026da ishtirok etish edi. 

Biroq kosta-rikaliklar omadsizlikka duch keldi. Hal qiluvchi bosqich guruhida ular Gaiti va Gondurasdan keyingi o'rinni egallashdi. Olti turda Kosta-Rika 1 tagina g'alabaga erishdi va qatorasiga uch marta mundiallarda ishtirok etgan bo'lsada, bo'lajak musobaqani o'tkazib yuboradigan bo'ldi. Juda katta ehtimolki, keyingi saralashda terma jamoa darvozasini Navas emas, boshqa kiper qo'riqlaydi.


Per-Emerik Obameyang, Gabon
Ampluasi: hujumchi
Yoshi: 36 
Klubi: "Marsel"

Agarda Mbeumo Kamerun bilan JCH-2022da ishtirok etgan va yana to'rt yildan keyin mundialga chiqish uchun imkoniyati bo'lsa, 36 yoshli Obameyangda bunday imkon bo'lmaydi.

"Arsenal" sobiq forvardi aslida bu saralashda ham o'ynamasligi kerak edi — u 2022 yil bahorida xalqaro faoliyatini yakunlagandi. Ammo Gabonni debyut jahon chempionatiga olib chiqish uchun termaga qaytgandi.

Saralashning yorqin o'yinlaridan biri — Gambiya bilan 4:3, "qariya" bu bahsda poker qayd etgandi. Biroq bu faqatgina o'tish o'yinlari uchun etarli bo'ldi — u erda, yarim finalda Nigeriya Gabonni o'yindan chiqarib yubordi, Obameyang esa katta ehtimol orzusi bilan xayrlashdi. Yana to'rt yildan keyin u 40 yoshda bo'ladi.


Viktor Osimxen, Nigeriya
Ampluasi: hujumchi
Yoshi: 26 
Klubi: "Galatasaroy"

Nigeriyaning omadsizligi — Afrika qitasidagi saralashning eng kutilmagan natijalaridan biri. Qitaning reyting bo'yicha 5-jamoasi o'tish o'yinlariga ham etib borolmadi.

Nigeriya ustozi raqibni sehr qilishda ayblagani haqida hali o'qimagan bo'lsangiz, hal qiluvchi bahs va penaltilar seriyasi haqida batafsil havola orqali bilib olishingiz mumkin. 

Osimxen uchun bu natija — shahsiy omadsizlik ham. JCH-2018da u tarkibga kiritilmagandi, to'rt yil o'tib, Nigeriya qitalararo o'tish o'yinida qoqilgandi. Forvardning mundiallardagi debyuti 2030 yilda, Viktorning o'zi 31 yoshdaligida amalga oshadigan ko'rinadi. Lekin uyog'i endi boshqa maqola.


Aleksis Sanches, Chili
Amplua: hujumchi
Yoshi: 36 
Klubi: "Sevilya"

Sanches — 2010 yillarda Chilining gullagan davrining timsollaridan hisoblanadi. O'sha terma jamoa qatorasiga ikki bor Amerika Kubogida g'olib bo'lgandi. Aleksis Chili tarkibida o'yinlar va gollar soni bo'yicha rekordchi hisoblanadi.

Biroq hozir jaoa o'tish davrini boshdan o'tkazmoqda va Aleksis, Vidal hamda Vargasga munosib o'rinbosarlar hali tayyor bo'lib ulgurmadi. Buning oqibatida natija ham boshqacharoq — — Janubiy Amerika saralashida oxirgi o'rin. Tajribali muxlislar yaxshi bilishadi, bu qitadan JCHga to'g'ridan-to'g'ri yo'l olish uchun 10 jamoa ichida TOP-6ga kirish kifoya.

Sanches muntazam ravishda jarohatlar bilan qiynalmoqda va shu sabab terma jamoada asosiy figura bo'lmay qolgan, oxirgi bir yarim yilda 2 ta o'yinda ishtirok etdi. Aleksis qanchalik xohlamasin, yana mundial o'yinlarida ko'rishimiz mushkul vazifa, sababi 2030 yil yozida Sanches 41 yoshda bo'ladi.

Reyting:    

Fikrlar

   
24 noy 16:11:00
ishonch
МДҲда кўп эҳтимол Ўзбекистон жаҳон чемпионатига боради, Украина чиқиш эҳтимоли жуда кам. Олға Ўзбекистон, руслар ўзбекларни уйда кузатади.
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика