So’nggi yangiliklar

19:30Эрон чемпионати. "Трактор" "Шамс Азар" меҳмони бўлди, Ҳамробеков 56 дақиқа ўйнади  0 19:13Расман: Ўзбекистон МТЖнинг дарвозабонлар бўйича собиқ мураббийи ОКМКда иш бошлади  1 18:56​Расман: "Андижон" грузиялик футболчи трансферини эълон қилди  2 18:36"Барселона" ва АПЛ клублари Камерун терма жамоаси ҳужумчисини кузатмоқда  1 18:07"Хоразм" футболчиси "Сурхон"га ўтмоқда  0 17:39"Ювентус" ва "Рома" афсонаси Левандовскини "Милан"га ўтишдан огоҳлантирди  1 17:05Азмиддинов "Андижон"дан кетди  8 16:38"Барселона" АПЛ жамоаси ҳимоячисининг трансфери бўйича музокара олиб бормоқда  1 16:10"Шўртан" ҳимоячиси "Андижон"га ўтди  6 15:47City Football Group Ҳиндистон клубидаги улушини сотди  0 15:23"Ўйлашимча, ЖЧда гуруҳдан чиқамиз" — Анзур Исмоилов  11 15:18Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  15 14:59Андрей Шипилов "Андижон" футболчисини "Қўқон-1912"да кўрмоқчи  2 14:36Ўзбекистон футболчилар уюшмасининг 2025 йилги бош ассамблеяси ўтказилди  1 14:15Эргашев "Навбаҳор" билан хайрлашди  2

"Nasaf"ning muammosi o'yinida emas, chempionlik ostonasidagi "Paxtakor" va "Navbahor"ning kuchsiz jihati Yangiliklar

"Nasaf"ning muammosi o'yinida emas, chempionlik ostonasidagi "Paxtakor" va "Navbahor"ning kuchsiz jihati

Coca Cola Superligasining so'nggi uchrashuvlari arafasida turibmiz.

Xalqimizda ajoyib bir maqol bor, "Har kim ekkanin o'rar". Demak yakuniy pallada har bir jamoa o'z harakati va ishiga yarasha mevasini oladi. Bu bilan qolgan klublarga hurmatsizlik qilishdan yiroqmiz. Hamma harakat qildi. Ammo chempionlik taxtasiga faqat bitta klub chiqadi. Buni esa 12 noyabr kuni bilib olamiz. Ertaga ham emas, uning ertasiga ham emas. Biz esa odatdagidek tur oldidan mutaxassis fikriga quloq tutishni joiz, deb hisobladik. Ekspert sifatida Azamat Abduraimov chempionlik poygasi va jamoalar xaqida to'xtaldi. 

— So'nggi tur startida bir qancha jihatlar haqida sarhisob qilish mumkin. O'ylaymanki, 2022 yilgi chempionat qiziqarli o'tgani va intriga oxirigicha saqlanib qolgani haqidagi fikrimga ko'pchilik mutaxassis va muxlislar qo'shilsa kerak. Bunday holat futbolimizda doim ham uchramaydi. CHempionat yakuniga etay deb qoldi, qiziqish yo'qolmadi. Raqobat nafaqat yuqori, balki jon saqlash yo'lida ham keskin kechmoqda. 

— Ushbu mavsumda chempionlik uchun eng yaxshi imkoniyat "Nasaf"da bo'ldi. Ular mamlakat kubogida g'olib chiqqani tasodif emas. Ammo o'z maydonidagi "Neftchi"dan uchralgan mag'lubiyat birinchi o'rindan, uchinchi o'ringa olib tushdi. "Nasaf" futbolchilarida hali chempionlik ruhi shakllanmagan. Jamoa bir necha yildirki, bu poygada g'alaba qozona olmayapti. Qarshi jamoasining o'yin uslubi bor. Bunda Ro'ziqul Berdievning xizmati katta. Uning qo'l ostida futbolchilar hujumga urg'u berib, kombinacion futbol ko'rsatadi. Muammo o'yin bilan emas, ruhiyat bilan bog'liq. Albatta vaqt o'tishi bilan futbolchilarda ishonch paydo bo'ladi. Kubokdagi g'alabalar Ro'ziqul Berdiev jamoasiga o'z maqsadiga erishishi uchun fundament bo'ladi, deb o'ylayman.      

— Menimcha, bu mavsum chempioni "Paxtakor" bo'ladi. Albatta, qadrdon jamoamga muxlislik qilib qolaman. Maksim SHackix shogirdlari oxirgi uchrashuvlarda hujumkor futbol ko'rsatmoqda. Murabbiy jamoa o'yinidagi kamchiliklarni bartaraf etgani ko'rinyapti. O'ylaymanki, jamoa mavsumni munosib yakunlamoqda. "Bunyodkor" bilan o'yindagi g'alaba esa ularga navbatdagi chempionlikni taqdim qiladi. Hammasi futbolchilarning o'z qo'lida. Faqatgina ustunlikni maydonda isbotlash qoldi, xolos. O'tib borayotgan yil "Paxtakor"ga oson kechmadi. Oddiy o'tmadi. CHempionlar Ligasidagi muvaffaqiyatsizliklar, chempionatdagi ketma-ket ochko yo'qotishlar, kubokdan chiqib ketish va hokazo. Klub rahbariyatining amalga oshirgan o'zgarishlari, "Paxtakor" tarbiyalanuvchisi, Evropa futbolida katta tajriba orttirgan Maksim SHackixning kelishi vaqt o'tib to'g'ri ekanligini ko'rsatdi 

— Kuchli uchlikda o'yin sifati bo'yicha eng kuchsiz jamoa "Navbahor" bo'lib turibdi. CHempionatning avvalgi bir nechta uchrashuvlarini kuzata turib, namanganliklarda hali chempionlarga hos o'yin yo'qligini sezdim. Kubokdagi mag'lubiyat va chempionatdagi ayrim omadsiz uchrashuvlar shundan, deya olaman. Tashkiliy va moddiy jihatdan Samvel Babayan juda yaxshi ish olib bormoqda. Boshqacha bo'lishi mumkin emas. Boz ustiga viloyat hokimi SHavkat Abdurazzoqov nafaqat jamoani o'zi nazorat qiladi, balki futbolni sevadi va o'zi ham to'p tepib turadi. Bunday rahbarga ega klub muvaffaqiyat qozonishiga shubha qilmayman. 

— Superligani hozir batafsil tahlil qilib bo'lmaydi. Oldinda bitta tur bor. Keyingina ijobiy va salbiy tomonlarini aytish mumkin. Menga tushunarli narsa shuki, Superligada jamoalar sonini oshirish kerak. 35 million aholisi bor O'zbekistonga 14ta jamoa etmaydi. Bugungi kunda 16ta jamoadan iborat chempionat eng yaxshi variant. 

— Bashorat qilishni yoqtirmayman. Futbolda natijani oldindan aytib bo'lmasligi uchun ham yaxshi ko'ramiz. "Paxtakor" chempion bo'lishini taxmin qilaman. Katta ehtimol bilan "Nasaf" "Olimpik" bilan durang o'ynaydi. "Dinamo"ning natijasini oldindan aytish mumkin. Samarqandliklar "Qo'qon-1912" bilan bahsda mag'lubiyatga uchrashadi. "Dinamo"ning ortidan "Lokomotiv" Pro ligaga tushib ketadi. 

Reyting: -9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика