So’nggi yangiliklar

01:17"Реал" Карвахаль ўрнига ҳимоячи сотиб оладими?  0 00:31Пол Скоулз: "Тен Хагнинг баҳоналари тугаб боряпти"  1 00:00"Олтин тўп" соҳиби Диего: "Беш ой олдин оёғимни операция қилдирдим. Ўзбекистонга келганимда, чап оёғимни ишлатолмасдим"  0 23:50"Шаҳарликлар" ҳужумга ўтди. "Манчестер Сити" АПЛда компенсация талаб қилмоқчи  0 23:28Марсель: "Олтин бутса"ни қўлга киритиш энг катта орзуларимдан бири эди. Бироқ ундан ҳам юқори мақсадим бор эди"  0 23:15Леандро Лино: "Жаҳон чемпионатигача жуда кўп меҳнат қилдик ва бу ўз самарасини берди"  0 22:58Алан Бранди: "Ҳакамлар ҳақида гапирмоқчи эмасман. Нима бўлганини ҳамма кўрди"  1 22:44"Манчестер Сити" судда АПЛни мағлуб этди  6 22:42Пабло Таборда: "Мағлубиятга қарамай, бошимизни баланд кўтарган ҳолда Ўзбекистонни тарк этамиз"  0 22:16Хосе Венансио Лопес Ўзбекистон футзал терма жамоасини тарк этди  11 22:11Тожикистон терма жамоаси Россия билан ўйнашни хоҳламади  6 21:48Назорат учрашуви. "Бунёдкор" - "Сурхон" 1:3  2 21:39Тўртта таймдан иборат назорат учрашувида ОКМК "Локомотив"ни таслим қилди  0 21:11Ўзбекистон терма жамоаси йиғини бошланди, Машарипов ва Шукуровдан интервью  4 21:09Ўзбекистон МТЖ Эрон ва БАА қарши ўйинларга тайёргарликни бошлади  13

“Nasaf”ning 6-turdan so'ng umumiy statistikasi Yangiliklar

“Nasaf”ning 6-turdan so'ng umumiy statistikasi

Teglar :  NasafSuperliga
“Nasaf”ning Superligada o'tkazgan olti uchrashuvini tahlil qildik va shunga asosan statistikasini tuzib chiqdik.

Quyida “ajdarlar”ning 6-turdan so'ng umumiy statistikasini etiboringizga havola etamiz.

“Nasaf” bu yilgi Superligada shu paytgacha 6ta uchrashuv o'tkazdi. Bu uchrashuvlarning 3tasida g'alabaga erishildi. SHulardan 2tasi uyda, 1tasi safarda.

Safardagi 2 uchrashuvda durang qayd etildi.

Superliga ishtirokchilari orasida “Nasaf”, hozircha mag'lubiyatga uchramagan ikki jamoaning biri bo'lib turibdi.

Futbolchilar raqiblari darvozasini jami 8 marta ishg'ol qilishdi. SHulardan 6tasi uy uchrashuvlarida, 2tasi esa safar uchrashuvlarida. Bir uchrashuvda eng ko'p  gol urgan uchrashuv bu, “Nasaf” – “Buxoro” 3:1.

Darvozabon o'z darvozasidan 4ta to'p o'tkazib yubordi. Bularning 2tasi uy uchrashuvida, yana 2tasi safar uchrashuvlarida.

Bo'lib o'tgan uchrashuvlarda jami 12 ochko qo'lga kiritildi. SHulardan 7tasi uy uchrashuvlarida, 5tasi esa safar uchrashuvlarida.

O'tgan 6 turda "Nasaf" futbolchilariga 10 marta sariq kartochka ko'rsatildi. SHulardan 6tasi uy uchrashuvlarida, 4tasi safar uchrashuvlarida.



“Nasaf” shu paytgacha milliy chempionatimizda jami 624ta uchrashuv o'tkazdi. SHundan 353tasida g'alaba qozongan, 116tasida durang va 154ta uchrashuvda mag'lubiyat qayd etgan. To'plar nisbati 1134-689ni tashkil etmoqda.

Jamoa ustozi Ro'ziqul Berdiev milliy chempionatimizning 157ta uchrashuvida "Nasaf"ni maydonga boshlab tushdi. SHularning 101tasida jamoa g'alabaga erishdi.

“Nasaf”ning bu yilgi to'purarlari
Aziz G'aniev – 2
Bobir Abduxoliqov - 2
Slavko Lukich – 2
Dragan CHeran – 1
Igor Golban - 1

"Nasaf"ning bu yilgi chempionatdagi o'yinlarini, "Markaziy" stadionda hozirgacha 37757 nafar futbol ishqibozlari tomosha qilishdi.

Reyting: +13   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика