So’nggi yangiliklar

14:23Бернарду Силвага Португалия топ-клуби қизиқиш билдирмоқда  0 13:48"Реал" АПЛ футболчиси учун 60 млн евро таклиф қилмоқчи  0 13:08Эриксен нега "Вольфсбург"га ўтишга қарор қилганини айтди  0 12:32Гави тахминан икки ойни ўтказиб юбориши мумкин  1 11:58"Монтеррей" Марсьяль трансферини эълон қилди  0 11:20Февзи Давлетов: "Навбаҳор" билан ўйинда биз ғалабага яқинроқ эдик"  6 10:58Азиз Ибрагимов: "Учрашув дерби мақомида ўтади, аммо ғалаба "Пахтакор"ники бўлади"  11 10:35Артета: "Ливерпуль" кучайиб кетди"  2 10:09Шухрат Раҳмонқулов: "Пахтакор" – "Нефтчи" ўйинида биринчи гол урган ғалаба қозонади"  2 09:46Постекоглу: "Тоттенхэм"дан кетишим кутилмаган ҳолат бўлмади"  2 09:21Зоҳир Пиримов: "Пахтакор" – "Нефтчи" ўйинида имкониятлар тенг"  3 09:20Легионерлар. Ғаниев тўлиқ ўйнади, Ҳамробеков эса...  1 09:06Сергей Лушан: “Жамоага нима етишмаётганлигини билганимда, энг бахтли инсон бўлардим”  17 08:58Факт. "Сўғдиёна" 14 йилдан сўнг ОКМК дарвозасига 3 тадан кўп гол урди  0 08:41Бугун "Қизилқум" устози Шевченконинг рекордини такрорлайдими?   3

“Nasaf”dan to'qqiz nafar futbolchi OTJga taklif etildi Yangiliklar

“Nasaf”dan to'qqiz nafar futbolchi OTJga taklif etildi

O'zingizga malum, O'zbekiston Olimpiya tema jamoamiz oldida muhim musobaqalar kutib turibdi.

Jumladan,  Olimpiya terma jamoamiz 18 avgustdan 2 sentyabrga qadar Indoneziyada bo'lib o'tadigan Yozgi Osiyo o'yinlarida  qatnashadi. Bundan tashqari, Olimpiya terma jamoamiz 1-8 avgust kunlari Vetnamda bo'ladigan xalqaro turnirda ham ishtirok etadi.

Ravshan Haydarov boshchiligidagi Olimpiya tema jamoamiz bo'lajak musobaqalarga tayyorgarlik ko'rish uchun, 27 iyuldan Toshkentda o'quv-yig'in mashg'ulotlarini boshlaydi.

Terma jamoamiz safiga “Nasaf”ning to'qqiz nafar futbolchisi taklif etildi. Bular darvozabon – Umidjon Ergashev, himoyachilar - Ilhomjon Alijonov, SHerzod Nasrullaev, SHarof Muhitdinov, yarim himoyachilar - Odiljon Hamrobekov, Azizjon G'aniev, Doniyor Narzullaev, Oybek Bozorov, hujumchilar - Bobir Abduxoliqov va Xudoyorxon Sagdullaevlar.

Futbolchilardan Oybek Bozorov va Xudoyorxon Sagdullaev 27-29 iyul kunlari yig'inda ishtirok etishadi. Ilhomjon Alijonov va SHerzod Nasrullaevlar 30 iyuldan 8 avgustga qadar, Umidjon Ergashev, Odiljon Hamrobekov, Azizjon G'aniev, Doniyor Narzullaev, SHarof Muhitdinov va Bobir Abduxoliqovlar 3 avgustdan 2 sentyabrga qadar OTJ ixtiyorida bo'lishadi.

Olimpiya terma jamoamizga va futbolchilarga bo'lajak musobaqalarda omad va zafarlar tilab qolamiz.

Reyting: +26   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика