"Nasaf", "Paxtakor", "Neftchi" va "Surxon" futbolchilari OTJning Dohadagi yig'iniga chaqirildi!
15 mar 2024 23:59
Yangiliklar
"Nasaf", "Paxtakor", "Neftchi" va "Surxon" futbolchilari OTJning Dohadagi yig'iniga chaqirildi!
Championat.asia malumotlariga ko'ra, Alibek Davronov, Murodbek Rahmatov (ikkisi "Nasaf"), Jasur Jaloliddinov, Husayn Norchaev (ikkisi "Neftchi"), Vladimir Nazarov, Behruz Asqarov, Po'latxo'ja Xoldorxonov ("Paxtakor") va Ulug'bek Hoshimov ("Surxon") OTJga chaqirildi. To'liq ro'yxat hali rasman elon qilinmagan.
Malumot uchun, O'zbekiston Olimpiya terma jamoasi mart oyidagi FIFA kunlarida Dohada o'quv-mashg'ulot yig'inlarini o'tkazadi. Timur Kapadze shogirdlari yig'in doirasida Qatar U-23 terma jamoasiga qarshi o'rtoqlik o'yinlarida maydonga tushadi.
Eslatib o'tamiz, Parij olimpiadasiga yo'llanma beruvchi U-23 Osiyo kubogi shu yilning 15 aprelidan 3 may sanasiga qadar aynan Qatar mamlakatida bo'lib o'tadi. O'zbekiston U-23 terma jamoasi "D" guruhida Vetnam, Kuvayt hamda Malayziyaga qarshi bahs olib boradi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Тимур Кападзе дунёнинг энг кучли мураббийлари орасида кучли ўнликка кирди!
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
Роналду кетма-кет учинчи марта Яқин Шарқда йилнинг энг яхши футболчиси бўлди
Fikrlar