So’nggi yangiliklar

01:55Ла Лига. Ямалсиз "Барселона" "Валенсия"га жавобсиз 6 та гол урди  15 01:53А Серия. Модричнинг голи "Милан"га "Болонья" билан ўйинда ғалабани тақдим этди  3 00:03Гвардиола Ҳусановнинг ўйини ҳақида фикр билдирди  19 23:45АПЛ. "Манчестер Сити" – "Манчестер Юнайтед" 3:0  1 23:33Маттиас Яйссле: "Насаф"нинг кучли томонларини яхши биламиз, аммо ғалаба учун ўз устунлигимизга эътибор қаратамиз"  3 22:42Лига 1. ПСЖ "Ланс"ни қийинчиликсиз таслим этди  1 22:25АПЛ. Ҳусанов тўлиқ ўйнаган Манчестер дербисида "Сити" "Юнайтед"ни йирик ҳисобда енгди  88 22:13ОПЛ. "Нефтчи" ва "Сабаҳ" ўзаро дуранг ўйнади, Раҳмоналиев иккинчи тайм бошида майдонга тушди  0 21:21Рўзиқул Бердиев: "Олдин ҳам "Ал Аҳли" сингари катта салоҳиятга эга жамоаларга қарши ўйнаганмиз"  14 21:10Илёс Зейтуллаев: "Янги стадионда тўп тепиш ўзгача ҳиссиётларни берди"  1 20:46Ҳаким Фузайлов: "Яна эски касалимиз қўзғади"  6 20:02АПЛ. "Ливерпуль" 90+5 дақиқада пенальтидан урилган гол эвазига "Бёрнли"ни мағлуб этди  16 20:00Про Лига. "Арал" "Олимпик"га имконият қолдирмади  1 19:55Абдухолиқовнинг пеналтидан киритган голи "Бунёдкор"га ғалаба тақдим этди  8 19:28А Серия. "Рома" Римда "Торино"га мағлуб бўлди  9

“Nasaf” – “Paxtakor”: g'alaba kim uchun muhim? Yangiliklar

“Nasaf” – “Paxtakor”: g'alaba kim uchun muhim?

Teglar :  NasafPaxtakor
Bugun 4 noyabr chorshanba kuni “Nasaf” o'z maydonida “Paxtakor” jamoasini qabul qiladi. Ushbu o'yin atrofidagi gap-so'z va mish-mishlar shu kunlarda avjiga chiqdi.

“Nasaf” jamoasi O'zbekiston Kubogini qo'lga kiritganidan so'ng muxlislarning jamoaga bo'lgan ishonchi haddan ziyod oshib ketdi. Ular endi bu yilgi mavsumda jamoaning chempionlikni ham qo'lga kiritishini chamalab qolishdi. Afsuski, ushbu tarixiy yutuq qo'lga kiritildiyu, go'yoki “Nasaf”ning ishtiyoqi ham so'ndi. O'zbekiston Kubogi finalidan keyingi o'yinlarda muxlislar hohishi puchga aylandi. Garchi Jizzaxda “So'g'diyona” so'nggi daqiqalarda mag'lub etilgan bo'lsada, so'nggi ikkita o'yinda ketma-ket ochko yo'qotildi.

Endi navbatdagi “Paxtakor”ga qarshi o'yindan oldin  g'aroyib mish-mishlar quloqqa chalina boshlandi: nima emish -“Nasaf” “Paxtakor”ga yutqazar emish. Bunga sabab, muxlislarning o'z sevikliklariga nisbatan biroz ishonchlari pasayganidan ham darak beradi.

Agar shunday bo'lsa, nima bo'ladi? Albatta hech qanday fojea yuz bermydi. Ammo… ammo bu holatda bir narsa sodir bo'lishi aniq. Nima sodir bo'lishi mumkin deysizmi? “Nasaf”ning mavsum buyicha yiqqan obro'yi deymizmi yoki o'z muxlislarining o'ziga bo'lgan ishonchiga putur ketishi aniq.

SHunday ekan, bugungi o'yinda “Nasaf” jamoasi bor kuchi bilan hujumkor o'yin ko'rsatib, voha futbol ishqibozlari ko'z o'ngida “Nasaf” qanaqa jamoa ekanligini ko'rsatib qo'yishi talab etiladi. Bunga “Nasaf”ning saohiyati ham kuchi ham etarli. Faqat hohish va harakat bo'lsa bo'ldi. Qolaversa, sevimli jamoamiz qatorasiga 9 yildan buyon chempionat doirasida “Paxtakor”ni mag'lub eta olmay kelmoqda. Ro'ziqul Berdievga bo'lgan ishonchimiz cheksiz. U shu paytgacha jamoada ishlagan Viktor Borisov, Bahrom Hakimov, Anatoliy Demyanenko, Viktor Kumikov eplay olmagan ishni amalladi- O'zbekiston kubogi finalida g'alaba qozondi. Berdiev endi o'zidan oldin ishlagan murabbiylar Toshev, Kumikov va Demyanenko uddalay olmagan ishni amalga oshirishi shart. Topdingiz, bu murabbiylar qo'l ostida “Nasaf” “Paxtakor”ni mag'lub etolmay kelmoqda. Garchi “Nasaf”ning chempionatdagi o'rni allaqachon malum bo'lib ulgurgan bo'lsada, principial raqibni Qarshida taslim etilishini muxlislar salkam 10 yildan buyon kutishmoqda.

Bugungi o'yinda g'alaba qozonishni futbolchilarning o'zlari ham ich-ichlaridan xohlayotganlariga shubha yo'q. SHu sabab barcha futbol ishqibozlarini  “Nasaf” – “Paxtakor” uchrashuviga taklif etib qolamiz. O'yin soat 14:00 da boshlanishi belgilangan.

SHunday ekan mish-mishlar asoslimi, yo'qmi  buni bugungi uchrashuvdan keyin bilib olamiz.

Renat Ernazarov

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика