So’nggi yangiliklar

03:07ЕЧЛ. Дембеле четлатилган ўйинда "Бавария" ПСЖ устидан ғалаба қозонди  11 03:05ЕЧЛ. "Барса" йирик ғалаба қайд этди. "Манчестер Сити" "Фейеноорд"га қарши 3:0 ҳисобидаги устунликни сақлаб қола олмади  9 02:03Левандовски ЕЧЛдаги 100-голини урди. Фақат Роналду ва Мессида бундан кўпроқ  7 01:31Элит ОЧЛ. "Ал Садд" билан дуранг ўйнаган "Ал Ҳилол" плей-офф йўлланмасини нақд қилди. "Ал Насср" ҳам кейинги босқични кафолатлади  5 00:50ЕЧЛ. "Милан" ва "Атлетико" ўз учрашувларида ғалаба қозонишди  1 00:35ЦСКА "Рубин"ни йирик ҳисобда мағлуб қилиб, Россия кубоги ярим финалига йўл олди. Файзуллаевдан гол!  14 23:45Жуд Беллингем: "Олтин тўп" "Реал Мадрид"га келиши керак эди"  6 23:05Расман: Хавьер Маскерано "Интер Майами" бош мураббийига айланди  15 22:19Cуперлиганинг охирги турида учта ўйинда ВАР ишлайди. Қолган учрашувларга қўшимча ёрдамчи ҳакам бириктирилади  7 21:25ПСЖ нега айнан Ҳусановга қизиқиб қолди? Foot Mercato нашри Абдуқодирга Париж клубидан бўлган қизиқиш тафсилотларини маълум қилди  16 20:29Рўзиқул Бердиев: "Рақиб маҳоратли ўйинчиларга эга жамоа, аммо биз кўпроқ ўз ўйинимизга эътибор беришимиз зарур"  11 19:45Небойша Йовович: "Муҳими ўйинга бўлган тайёргарлик ва ғалабага бўлган ишонч"  3 18:57Нкунку "Челси"дан Бундеслигага қайтиши мумкин  0 18:33Жоржиньо ёзда "Арсенал"дан кетади  0 18:11"Футбол олами". Суперлигада қолиш учун кураш авжида ёхуд 25-турдаги барча воқеалар ҳақида   0

"Nasaf" – "Lokomotiv" bellashuvida hakamlar 2 ta kechirib bo'lmaydigan xatoga yo'l qo'yishdi. Superliga 10-turidagi hakamlik tahlili Yangiliklar

"Nasaf" – "Lokomotiv" bellashuvida hakamlar 2 ta kechirib bo'lmaydigan xatoga yo'l qo'yishdi. Superliga 10-turidagi hakamlik tahlili

Rossiyalik ekspertimiz ortda qolgan turdagi vaziyatlar bo'yicha xulosalarini berdi.

Championat.asia saytining hakamlik faoliyati bo'yicha eksperti, rossiyalik sobiq hakam Anatoliy Sinyaev ("Alyo, ref!" Telegram sahifasi muallifi) Superliganing 10-tur uchrashuvlaridagi etiborga molik vaziyatlarni tahlil qildi.


✅❌ "Dinamo" – "Qizilqum" (VIDEO)

"Darslik uchun" lahza. Hakam "Dinamo" foydasiga penaltini to'g'ri belgiladi, biroq adashib sariq kartochka ko'rsatdi. Yaqindan buyon darvozaga zarbadan keyin to'p qo'lga tegsa, sariq kartochka ko'rsatilmaydi. Faqatgina istisno – bu to'p aniq nishonga uchayotgan va darvozagacha bo'lgan masofa qisqa bo'lgan vaziyatlar. "Qizilqum" himoyachisining qo'li tirsagida bukilgan, sakrashda tarang va tanaga perpendikulyar turibdi.


✅ "Dinamo" – "Qizilqum" (VIDEO)

VAR epizodga to'g'ri aralashdi, hakam "Dinamo" foydasiga penalti belgilab to'g'ri qildi. Gol urish uchun yaqqol imkoniyatdan mahrum qilgani uchun "Qizilqum" himoyachisiga sariq kartochka to'g'ri ko'rsatildi, chunki "Dinamo" futbolchisi navbatdagi teginishi bilan qulay masofadan darvozaga zarba bera olardi. Hakamning yaxshi poziciyasini etirof etish lozim. O'ylaymanki, u dastlab "kontakt" darajasi bilan chalkashib ketdi – "kontakt"ni juda engil deb o'yladi. Menimcha, bu 100% "podkat", chunki himoyadagi o'yinchi oyog'i bilan cho'ziladi va to'pga etib bormaydi, hujum qilayotgan o'yinchiga "to'siq" qo'yadi.


⚡️ "Dinamo" – "Qizilqum" (VIDEO)

Ayni damda VAR o'yinga aralashishga haqqi yo'q edi, chunki vaziyat yaxshi ko'rinmayotgandi. Yordamchi hakamning o'yindan tashqari holat haqidagi qarorini qabul qilish mumkin: ofsayddagi "Dinamo" futbolchisi to'p tomon harakat qildi, bunga "Qizilqum" himoyachisi javob qaytardi. Gol inobatga olinsa ham bo'lardi, chunki hujumchining harakati ahamiyatsiz edi va u to'pga tegmadi. Ammo assistent yaxshi poziciyada edi va uning qaroriga ishonch bildirish mumkin.


⚡️ "Navbahor" – "Olimpik" (VIDEO)

Menimcha, agar bu epizodni o'yin kontekstida emas, balki alohida ko'rib chiqsak, unda hakam "Olimpik" azosiga sariq kartochka ko'rsatmaslik imkoniyatiga ega bo'lgan (Bo'riev uchun bu ikkinchi ogohlantirish edi – tahr.). Fol qo'pollik emas, balki ehtiyotsizlik oqibatida ro'y berdi. Himoyalanayotgan tomon to'pga ulgurmasligini ko'riyu, oxirgi lahzada oyog'ini tortib olishni boshladi. Ammo qoidani buzgan futbolchi o'yin kontekstidan kelib chiqib, hakamning "radariga" tushib qolgan bo'lishi mumkin. SHuni ham hisobga olish kerakki, bu o'yinning oxiri va atmosfera chegaragacha tarang. Lekin baribir bu erda o'zimni faqat fol bilan cheklanish kerak edi, VAR ushbu epizodga aralasha olmasdi.


❌ "Surxon" – "So'g'diyona" (VIDEO)

Agar "ofsayd geografiyasi"ni olsak, "Surxon" futbolchisi himoyachi bilan bir chiziqda. Qanot hakami bayroqni ko'tarib xato qildi. SHuningdek, u epizodni oxirigacha kutsa bo'lardi, chunki hujumchi xavfli uzatmani amalga oshirdi va to'pni jarima maydonchasi markaziga uzatdi. Darvoza tomon zarbani kutish va shundan keyingina qaror qabul qilishi kerak edi.


✅❌ "Surxon" – "So'g'diyona" (VIDEO)

Klassik epizod, o'yinchi unng foydasiga fol belgilanmagani uchun qasos olishga kirishdi. Agar hakam xato tufayli jarima zarbasi belgilamagan taqdirda ham o'yinchilarning "samosud" qilishga haqqi yo'q. Bu erda hakam "Surxon" futbolchisiga qo'pol o'ynagani uchun epizod oxirida sariq kartochka ko'rsatgani to'g'ri bo'ldi. Ammo hakam bir necha soniya oldin unga nisbatan qo'pollikni o'tkazib yuborgani ham haqiqat. O'sha paytda "Surxon" futbolchisining son/tizza qismiga zarba berilgan. Boshidayoq birinchi qoidabuzarlik sariq kartochka ko'rsatmagan holda qayd etilishi kerak edi.



✅ "Surxon" – "So'g'diyona" (VIDEO)

Hakam vaziyatni yakunlagach, o'yindan tashqari holat qayd etgani to'g'ri bo'ldi. "Surxon" futbolchisi pas vaqtida raqib tanasining yarmichalik o'zib ketgandi. Ofsayd to'g'ri qayd etildi. Yordamchi hakam yomon poziciyada turganini aytib o'tmoqchiman.


⚡️ OKMK  "Metallurg" (VIDEO)

Agar ofsayd chizig'i bo'lmasa, biz faqat hakamning qarorini qabul qilishimiz kerak. VAR'da hakam xato qilganiga aniq dalil yo'q. Biroq bunday chegaraviy vaziyatda har doim "hujum foydasiga" tamoyili amal qiladi va bu erda referi OKMKning golini hisoblashi mumkin edi.


✅ "Bunyodkor" – "Neftchi" (VIDEO)

Ofsayd chiziqlari "Neftchi" futbolchisining to'g'ri poziciyada ekanligini yaqqol ko'rsatib turibdi, shuning uchun gol to'g'ri hisoblangan.


✅ "Nasaf" – "Lokomotiv" (VIDEO)

Hakam o'yinni davom ettirgani adolatdan, VAR ham aralashmay to'g'ri ish qildi. "Lokomotiv" o'yinchisi uzatmani to'xtatmoqchi bo'lib, "podkat" tashladi. Qo'l amalda tanaga bosilib turibdi, bunday pallalarda albatta o'yin davom ettiriladi.


✅ "Nasaf" – "Lokomotiv" (VIDEO)

Hakam o'yinni davom ettirgani to'g'ri qaror, VAR ham epizodga aralashmagani to'g'ri bo'ldi. "Lokomotiv" futbolchisi ehtiyotsizlik bilan harakat qildi, lekin shu bilan birga, raqibning harakatini yakunlashiga to'sqinlik qilmadi (bu erda yarim zarba kuzatildi). SHundan so'ng qo'pollik ishlatilmagan "kontakt" ro'y berdi.




❌ "Nasaf" – "Lokomotiv" (VIDEO)

Bosh hakam penalti belgilashi kerak edi. To'p "Nasaf" futbolchisining cho'zilgan qo'liga tegdi, u buni intuitiv ravishda qildi. O'yinchilar to'p elkaga tekkanini ko'rsatishdi, lekin takrorlar shuni ko'rsatadiki, u "futbolka engi" deb ataladigan pastki qismga tegdi. Bu qoidabuzarlik va penalti, hakam jiddiy xatoga yo'l qo'ydi. VAR epizodga adashib aralashdi va katta ehtimol bilan bosh hakamni sarosimaga solib qo'ydi: u dastlab penalti belgiladi va uni ko'rib chiqib, qarorini bekor qildi. Bunday vaqtda penaltini bekor qilish uchun hakamni VARga chaqirish – bu falokat. Bu holatda hakamning monitorga yo'l olishi ham falokatdan boshqa narsa emas.


✅ "Nasaf" – "Lokomotiv" (VIDEO)

Bu erda hech qanday qoida buzilishini ko'rmayapman. To'pning harakati "Nasaf" futbolchisi to'pga o'ynaganini ko'rsatmoqda. Ehtimol, "Lokomotiv" himoyachisi engil teginish sezdi va to'pni yo'qotayotganini ko'rib, yiqilib tusha boshladi va o'z ko'rinishi bilan qoidabuzarlik borligini ko'rsatishga urindi. Hakam o'yinni davom ettirdi va "Nasaf"ning golini to'g'ri hisobladi, VAR xalaqit bermagani ham to'g'ri edi.


❌ "Nasaf" – "Lokomotiv" (VIDEO)

Menimcha, hakam "Lokomotiv" foydasiga penalti belgilab, xatolikka yo'l qo'ydi va VAR epizodga yanglish tarzda aralashdi. Agar diqqat bilan qarasangiz, hujumchi qilayotgan tomon oyog'ini himoyachi oldiga qo'yib, to'pni olib qo'yayotganini ko'rish mumkin. U to'pni tepganidan so'ng inerciya bilan "Nasaf" himoyachisining oyog'iga borib urildi. "Kontakt" bor, ammo yiqilish sababi tabiiy va himoyachi undan qochib qutula olmasdi. "Kontakt" tashabbuskori hujumchining o'zi edi.


SHu tariqa Superliga hakamlari 10-tur uchrashuvlarida 5 ta xatoga yo'l qo'yishdi. Bundan tashqari, uchta vaziyat "hakamning ixtiyorida" edi (yani, hakamlar u yoki, bu tomon foydasiga qaror qabul qilishi mumkin edi va bu qo'pol xato sifatida baholanmasdi).

Reyting: -3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика