So’nggi yangiliklar

21:25Ла Лига. "Атлетико" меҳмонда "Мальорка" билан дуранг ўйнади, мадридликлар ўйинни ўн киши бўлиб якунлашди  2 21:15Ҳакам томонидан қўшиб берилган дақиқаларда Черан томонидан киритилган гол "Насаф"га ғалаба тақдим этди  69 21:02Туркия Суперлигаси. "Башакшехир" ўз уйида "Аланяспор"ни мағлуб этолмади, истанбулликларнинг ягона голига Шомуродов муаллифлик қилди  15 20:52БАА Про лигаси. "Ал Батаэҳ" "Ал Васл"га мағлуб бўлди, Ғаниев 59 дақиқа ўйнади  1 20:25АПЛ. "Арсенал" - "Манчестер Сити" 0:1 (матнли трансляция)  22 19:37Родри: "Арсенал"дан қасос олишимиз керак"  5 19:18"Арсенал" — "Манчестер Сити". Ҳусанов асосий таркибда  29 18:50Усмоновнинг сўнгги сонияларда киритган голи "Андижон"ни мағлубиятдан қутқариб қолди  28 15:26"Манчестер Юнайтед" Вальверде эвазига "Реал"га ўз футболчисини беришга тайёр  7 14:38"Арсенал" 80 млн евролик испанни харид қилмоқчи  2 13:58Левченко: "Нега ғалабани мухлислар билан нишонламайман? Барчаси ўйиндаги асаб ва руҳий чарчоқ сабаб"  5 13:14Фергюсон "Манчестер Юнайтед"га қайтмоқчи эканини тан олди  17 12:35Аморимнинг "Реал"даги трансфер мақсади маълум бўлди  6 11:56"Реал" "Ливерпул"нинг навбатдаги юлдузини нишонга олди  11 11:20Месси МЛС тўпурарлар пойгасида етакчилик қилмоқда - 22 та ўйинда 22 та гол  5

"Nasaf" jamoasi azolari CHiroqchidagi 1-BO'SMda bo'lishdi Yangiliklar

"Nasaf" jamoasi azolari CHiroqchidagi 1-BO'SMda bo'lishdi

Jismoniy tarbiya va sportni aholi orasida, xususan yoshlar orasida keng targ'ib qilish, istedodli sportchi-yoshlarni erta aniqlash maqsadida joylarda turli sport tadbirlari davom etmoqda

Jumladan, 4 dekabr kuni CHiroqchi tumanidagi 1 – sonli bolalar-o'smirlar sport maktabida Qarshining “Nasaf” futbol klubi jamoasi tashrif buyurdi.   

 Mazkur tadbir CHiroqchi tuman hokimligi, tuman xalq talimi bo'limi, tuman jismoniy tarbiya va sport bo'limi hamda  1- sonli bolalar-o'smirlar sport maktabi tashabbusi bilan tashkil etildi.  “Nasaf” futbolchilarning BO'SM tarbiyalanuvchilari bilan bo'lib o'tgan uchrashuvida bosh murabbiy Ro'ziqul Berdiev hamda  Bobur Abduxoliqov, Oybek Bozorov singari o'yinchilari so'z olib, futbolga oshno bo'lgan bolaning katta sport sari borishida irodani mustahkam bo'lishi, mashg'ulotlarda toblanishi, o'z ustida ishlashi  xususida to'xtalib o'tdi va o'quvchilarning qiziqtirgan savollariga   batafsil javob berishdi. 

SHundan so'ng “Nasaf” futbolchilari o'quvchilar bilan ikki jamoaga bo'linib, master-klass ko'rinishidagi o'yin o'tkazishdi. Mazkur tadbirda  ishtirok etgan   CHiroqchi tuman hokimi Xurram Jo'raev ham “Nasaf” klubining bunday tashrifidan muxlislarning, ayniqsa, o'quvchilarning ko'ngli shod bo'lgani, ularning sportga, futbolga bo'lgan ishtiyoqi  ortganini takidlab o'tdi. Yanayam etiborlisi, tadbir so'nggida “Nasaf” jamoasi va tuman hokimligi “3 dekabr – Xalqaro nogironlar kuni” munosabati bilan tadbirga taklif etilgan nogironligi bo'lgan    bir guruh fuqarolarga nogironlik aravachalari va boshqa qimmatbaho sovg'alar o'lashdi. Bundan tashqari BO'SM tarbiyalanuvchilari ham “Nasaf”ning turli sport jihozlaridan iborat sovg'alariga ega bo'lishdi.


Ilhom RAHMONOV tayyorladi   

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика