So’nggi yangiliklar

01:56Миллатлар лигаси. "Сўғдиёна" футболчиси иштирок этган баҳсда Уэльс зафар қучди, Украина дурангга рози бўлди ва бошқа натижалар  0 01:47Миллатлар лигаси. "Гигантлар тўқнашуви"да немисларнинг қўли баланд келди  2 01:44Миллатлар лигаси. Коло Муанининг голлари Францияга Бельгия устидан ғалабани тақдим қилди  0 01:40Миллатлар лигаси. Италия Исроилни йирик ҳисобда таслим қилди  5 01:21Гюндоган, Мюллер ва Нойер терма жамоа билан хайрлашишди  0 01:11Шченсни: "Мен қўрққан ягона футболчи Месси бўлган"  0 00:40Суперлига бош директори: "ЧЛнинг янги формати ўзини оқламаяпти"  2 22:56"Реал" "Байер"нинг 40 млн. евролик футболчисини сотиб олмоқчи  0 22:27ФФФ бренд ҳамкори: "Мухлислар Мбаппени ёқтиришмайди"  2 21:50МЮ йил бошида сотиб юборган футболчисини 20 млн. еврога қайтариб олади  4 20:50Ёмғирли ГАЛЕРЕЯ  6 20:41Бир йил футбол ўйнамаган Неймар ОЧЛ баҳсида майдонга тушиши мумкин  1 20:38Оллоберган Каримов: "Орзуларимдан бири амалга ошди. Аргентина билан муносиб ўйнадик"  1 20:20Англия футбол ассоциацияси Гвардиола билан боғланди, мураббий тез орада қарор қабул қилади  0 18:51Жамшид Искандеров: "Йигитлар эртанги ўйинга 100 фоиз тайёр!"  12

"Nasaf" chetlatildi Yangiliklar

"Nasaf" chetlatildi

Teglar :  Sohil futboliNasaf
Sohil futbolida mamlakat chempionati start oldi.

Bundan o'n yillarcha oldin O'zbekistonda sohil futboliga tamal toshi qo'yilgandi. Odatda dengiz yoki okean qirg'oqlarida, tabiiy sharoitda o'tkaziladigan futbolning bu turi mamlakatimizda katta suv sohilida bo'lmasa-da, kichik, suniy ko'l bo'yida – “Geolog” sport majmuasi hududidagi cho'milish havzasi yonginasida, “SHo'rtangazkimyo” majmuasining o'sha yillardagi sportsevar rahbarlari tashabbusi bilan ixchamgina sohil futboli maydonchasi barpo etildi. Qisqa muddatda u erda mamlakat miqyosidagi musobaqalar o'tkazila boshlandi. Ayollar va erkaklar o'rtasida O'zbekiston chempionati va Kubogi turnirlari katta tayyorgarlik bilan tashkillashtirilar, unda Respublika bo'yicha o'ndan ziyod jamoa ishtirok etardi. Bu tashabbus besh-olti yil davom ettirildi. Nima bo'ldiyu, barchasi barham topdi.

Oradan yana besh yil o'tib, qachonki O'zbekiston futboli associaciyasida islohotlar boshlangach, bu yil mazkur sport turi yana “nafas” ola boshladi. Yodingizda bo'lsa, bundan bir oy muqaddam mazkur maydonda O'zbekiston Kubogi musobaqasi o'tkazilgan, o'n ikkita jamoa ishtirok etgan rasmiy turnirda Buxoroning “Kogon” jamoasi bosh sovrin sohibi bo'lgandi. Mana, endi navbat mamlakat chempionatiga keldi.

Kubok o'yinlarida uch viloyatdan jami o'n ikkita jamoa qatnashgandi, bu galgi bahslarda esa to'rt viloyat vakillaridan iborat o'n to'rtta jamoa g'oliblik uchun kurash olib boryapti.

Bular, “A” guruhi – “Adolat” (Qashqadaryo viloyat xavfsizlik xizmati xodimlari);
“Mashal” (Pro-ligadagi “Mashal” futbol akademiyasi murabbiylari);
“Binokor” (Qashqadaryo birinchiligi ishtirokchisi);
“Huquq” (Qashqadaryo viloyat prokuraturasi xodimlari).
“V” guruhi – “Olimpiya” (Jizzax viloyati olimpiya zaxiralari kolleji murabbiy va tarbiyalanuvchilari);
“Olimpiya” (Qarshi sport zaxiralari kolleji murabbiylari);
“Lokomotiv” (Qarshidagi shu nomdagi sport klubi);
“Nasaf” (Superligadagi “Nasaf” futbol akademiyasi murabbiylari).
“S” guruhi – “Kogon-2” (Buxoro viloyati Kogon shahridagi futbol maktabi tarbiyalanuvchilari);
“Nishon” (shu tumanning viloyat birinchiligi qatnashchisi);
“Koson” (shu tumanning viloyat birinchiligi ishtirokchisi);
“D” guruhi – “Samarqand” (Samarqand viloyat birinchiligida ishtirok etayotgan jamoalar murabbiylari terma jamoasi);
IBO'SM (Qarshidagi ixtisoslashtirilgan bolalar va o'smirlar sport maktabi murabbiylari);
“Oq oltin” (G'uzor tumani viloyat birinchiligi ishtirokchisi).



Kecha start olgan chempionatda quyidagi natijalar qayd etildi:
“Adolat” – “Huquq” – 3:1
“Mashal” – Binokor” – 2:3
“Jizzax” – “Nasaf” ...
“Olimpiya” (Qarshi) – “Lokomotiv” – 4:1
“Nishon” – “Koson” –4:4. P.b. 0:2
IBO'SM – “Oq oltin” – 5:4
“Mashal” – “Huquq” – 3:3. P.b.1:0
“Adolat” – “Binokor” – 5:2
“Olimpiya” (Jizzax) – “Lokomotiv” – 5:0
“Olimpiya” (Qarshi) – “Nasaf” ...
“Samarqand” – IBO'SM – 4:3
“Nishon” – “Kogon -2” ...

Ramziy manoda musobaqa mezbonlari – “Nasaf” jamoasi ketma-ket ikkita o'yinga kelmagani uchun musobaqadan chetlashtirildi. Dastlabki o'yinda mag'lubiyatga uchrab, musobaqani davom ettirish imkoniyatlari pasayib ketgan “Nishon” jamoasi ham ikkinchi o'yinga kelmaslikni maqul topishdi va ularga texnik mag'lubiyat yozildi.

Guruh o'yinlari bugun yana davom ettiriladi. Ertaga chorak va yarim final uchrashuvlari o'tkazilsa, 7 sentyabr kuni uchinchi o'rin va final o'yinlari tashkil etiladi. G'olib va sovrindorlar O'zbekiston professional futbol ligasi tomonidan oltin, kumush va bronza medallari, diplomlar va maxsus Kubok bilan taqdirlanadi.

Reyting: -46   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика