So’nggi yangiliklar

22:05Расман: "Андижон" Токотаевни ўз сафига қўшиб олди  0 21:38"Навбаҳор" Суперлиганинг биринчи даврасини "Нефтчи"да ўтказган икки ўйинчи билан шартнома имзолади  1 21:15"Интер" Лукман учун таклиф қилган таклиф "Аталанта"га ёқмади  0 20:50Жанлуижжи Доннарумма чиндан ҳам ПСЖдан кетиши мумкин – ҳаттоки ЕЧЛдаги ғалабадан кейин ҳам  1 20:31Расман: Шаҳзод Тоиров — ОКМК футболчиси!  1 20:25"Наполи" "Ливерпуль" футболчисини ижарага олмоқчи  0 19:59Тоттининг ўғли босим туфайли футболдан кетди  0 19:32Тер Штеген Францияда операция қилинади  3 19:05Алиссон Осиё турнеси давомида "Ливерпул"ни тарк этди  1 18:38Артета Зинченкони "Арсенал"дан кетмасликка кўндирди  0 18:16Расман: Валижон Раҳимов – "Бунёдкор" аъзоси!  2 17:56"Челси" "Аталанта" ҳимоячисини сотиб олмоқчи  0 17:28Расман: Феликс Роналдунинг жамоадошига айланди  4 17:06Расман: Олимпиада бронза медали соҳиби "Машъал"га ўтди  6 16:37"Ал Насср" "Челси" ҳимоячисига даъвогар  1

“Nasaf” akademiyasi tarbiyalanuvchilari Qatardagi musobaqada ishtirok etishadi. Barcha xarajatlar Qatar hisobidan Yangiliklar

“Nasaf” akademiyasi tarbiyalanuvchilari Qatardagi musobaqada ishtirok etishadi. Barcha xarajatlar Qatar hisobidan

Teglar :  O'FAUmid Ahmadjonov
O'tgan yilning 17 oktyabr kuni O'zbekiston Futbol Federaciyasi Prezidenti Umid Ahmadjonov Qatar Futbol Uyushmasining Prezidenti SHayx Hamad bin Xalifa Ahmad ol Taniyning taklifiga ko'ra Dohaga xizmat safari uyushtirib, Qatar futboli mansabdor shaxslari bilan uchrashgandi.

Qatarda bo'lib o'tgan uchrashuv chog'ida tomonlar O'zbekiston va Qatar futbolini yanada rivojlantirish uchun hamkorlik aloqalarini kuchaytirish yo'lida memorandum imzolagandilar. SHuningdek, Umid Ahmadjonov Qatardagi dunyoga mashhur “Aspire” akademiyasiga tashrif buyurib, u erdagi sharoitlar bilan tanishgan holda, O'zbekistonda ham ana shu tajribani yo'lga qo'yish borasidagi hamkorlik masalasida kelishuvga erishgandi.

Qatarning dunyoga mashhur “Aspire” jamoasi Osiyoning eng yaxshi akademiyalari tarbiyalanuvchilari ishtirokida tashkil etayotgan musobaqaga, ikki mamlakat futbol associaciyalari o'rtasidagi memorandumga asosan O'zbekistondan ham futbolchilarni taklif etdi.

Mazkur musobaqada 2000, 2001 va 2003 yilda tavallud topgan yosh futbolchilar ishtirok etishadi. O'zbekistondan mazkur musobaqada Qarshining “Nasaf” klubi akademiyasi vakillari ishtirok etishadi. Xabaringiz bor, “Nasaf” akademiyasi 2017 yil yakuniga ko'ra O'zbekistonning eng yaxshi akademiyasi sifatida etirof etilgandi. Musobaqa joriy yilning 1-5 aprel kunlari o'tkaziladi.

Har bir yosh toifasida 16 nafardan futbolchini musobaqaga olib borish mumkin. Akademiya tarbiyalanuvchilarining Qatardagi musobaqaga borish-kelish xarajatlarining barchasi Qatar futbol Associaciyasi tomonidan qoplanadi.

Reyting: +98   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика