Rasman: Olimpiada bronza medali sohibi "Mashal"ga o'tdi
29 iyu 17:06
Yangiliklar
Rasman: Olimpiada bronza medali sohibi "Mashal"ga o'tdi
Muborakning "Mashal" jamoasi o'z safiga yana bir tajribali legionerni qo'shdi.
Nigeriyalik vinger Umar Aminu klub bilan 1 yillik shartnoma imzoladi.
30 yoshli futbolchi Nigeriya milliy terma jamoasi sobiq azosi hisoblanadi. U o'z faoliyati davomida Turkiyaning "Samsunspor", "Osmanlispor", "Rizespor", "Bodrum", "Bandirmaspor", "Tuzlaspor", "Beykoz Anadolu", shuningdek, Kiprning “Mirakl Degirmenlik" jamoalarida to'p tepgan.
Turkiya Superligasida 159 uchrashuv o'tkazgan Umar Aminu o'zining boy tajribasi va yuqori saviyadagi o'yinlari bilan "Mashal" jamoasi yarim himoyasiga kuch va barqarorlik olib kirishi kutilmoqda.
Eslatib o'tamiz, Aminu 2016 yil Nigeriya bilan Riodagi Olimpiya O'yinlarida bronza medaliga ega chiqqan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Панама дарвозасига 6 та тўп йўллади
Эшитдик-да! Кападзе Ўзбекистон терма жамоасидан кетди
Ла Лига. "Реал" меҳмонда "Райо Вальекано"ни мағлуб эта олмади
АПЛ. "Манчестер Сити" "Ливерпул"ни йирик ҳисобда таслим этди, Ҳусанов эса...
Fikrlar