So’nggi yangiliklar

17:33Суперлига. "Навбаҳор" кетма-кет 12 та ўйиндан буён Наманганда мағлубият нималигини билмаяпти  0 17:15Футбол ҳақиқатан ҳам биринчи ўриндами?  0 17:12Копа соврининга даъвогарлар рўйхати эълон қилинди  0 16:45"Андижон"нинг словениялик легионери қаерда?  3 16:18Беҳрузбек Облақулов: "Вадим Карленович шошилмай ўйнашни айтганди. Якунда ўйинни қутқара олдик"  3 15:56"Навбаҳор" Наманганда "Сўғдиёна" билан дуранг ўйнаган баҳсдан ГАЛЕРЕЯ  2 15:28Суперлига. "Насаф", "Динамо", "Бунёдкор" ва "Нефтчи" меҳмонда ютқазмаяпти  4 15:00Чипта нархи Женнифер Лопес концертидан каррасига арзонроқ, шиддати эса юқорироқ бўлиши кутилаётган ўйинга превью  7 14:42Шацких бош мураббий сифатида Рўзиқул Бердиев жамоасини ҳеч қачон ютолмаган  3 14:15"Буларнинг барчаси миш-миш" - Игорь Сергеев МТЖга хорижлик мураббий келиши мумкинлиги ҳақида  8 13:49Суперлига. "Нефтчи" 10 йилдан буён Қўқонда ғалаба қозона олмаяпти   2 13:21Суперлига. "Динамо" Ғузорда аср ғалабасини қўлга киритди, кейинги турда катта имтиҳон  5 12:54"Барселона" "Камп Ноу"га қайтмоқда: клуб кузда янгиланган аренада ўйнаши мумкин  0 12:26Гринвуд "Ал Насср"га ўтишга розилик берди  0 11:59Суперлига. "Навбаҳор" ўз уйида учинчи марта дуранг ўйнади, "Сўғдиёна" меҳмонда учинчи бор муроса кўчасини танлади  0

Narzulla Saydullaev: "Men "CA"ga qanday kelganman?" Yangiliklar

Narzulla Saydullaev: "Men "CA"ga qanday kelganman?"

Yangi 2015 yil kirib kelishiga ham sanoqli soatlar qolmoqda.
Bayram tuhfasi sifatida saytimiz o'quvchilariga yangi loyihani taqdim etamiz. Loyiha Men CAga qanday kelganman? deb nomlanadi va unda sayt ijodkorlarining qanday qilib championat.asiaga kelishgani haqida so'z boradi.

"Futbolga 11 yoshimdan buyon qiziqaman. 2001 yil bo'lib o'tgan O'zbekiston - Xitoy Taypei 7:0 uchrashuvi tufayli futbolga qiziqib qolganman. O'sha o'yinda boshi bilan 4ta gol urgan Jafar Irismetov hozirga qadar men uchun eng yaxshi futbolchi bo'lib qoladi. Sababi aynan u tufayli hozir "Men "CA"ga qanday kelganman" nomli maqolani yozayapman.

Maktab davrlaridan boshlab futbolga oid gazeta, jurnallarni sotib olardim. Ularni yig'ib borardim. O'yinlarni qoldirmasdan ko'rib borardim, 2002 yilgi Jahon chempionatini maza qilib tomosha qilganman. O'sha yili sochimni Ronaldo finalda oldirganidek qilib olgandim...

Toshkent Axborot Texnologiyalari Universitetida o'qib yurgan vaqtimda ham futbolga bo'lgan qiziqishim so'nib qolgani yo'q. Aynan o'sha erda futbol o'ynab qoshimni yorganim hamon yodimda... maqsadga o'taman.

2010 yilning yozgi tatilida bo'sh vaqtim ko'p bo'lgani tufayli sports.ru saytida o'z blogimni ochishga qaror qildim. Asosan O'zbekiston futboli haqidagi xabarlarni joylab bordim. "Paxtakor" azosi bo'lgan Odil Ahmedov haqida fotomaqola tayyorlash g'oyasi tug'ildi. SHunda Odilning ko'plab rasmlarini qidirib topdim. Ularning ko'pini klub rasmiy saytidan olgandim. SHu bois sayt adminiga blog ochganimmi o'sha erda "pakhtakor.uz" rasmlaridan foydalansam maylimi mazmunidagi xat yuborganman. Javob ijobiy bo'lgan. Fotomaqolam chiqqanidan bir kun o'tib potchamga xat kelgan: "Fotomaqolani ko'rdim, zo'r chiqibdi. Yangi sayt ochilyapti ishlaysanmi?. Nodirxo'ja Yuldashev".  Ochig'i tajribam yo'qligini aytdim, lekin futbolga juda qiziqishimni malum qildim. Nodir aka sekin-sekin o'rganasan deb aytdilar. Hali "chempionat.uz" sayti ishga tushmasdan turib unga bog'lanib qoldim. Boshida asosan statistika va jadvallar bilan ishladim. Futbol o'yinlariga bordim, faqat TV orqali ko'rgan yoki gazetada maqolalarini o'qigan jurnalistlar bilan tanishdim...Ustozlar orttirdim, hozirga qadar o'qishda, uqishda, o'rganishda davom etayapman. Buning uchun barchaga rahmat aytaman, birinchi navbatda Nodirxo'ja Yuldashevga".
Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика