So’nggi yangiliklar

07:55"Ал Аҳли" бош мураббийи: Биринчи бўлимда яхши ўйнашимизга тўсқинлик қилган сабаблар кўп"   2 07:28Sofascore. Аламли тарзда мағлуб бўлган "Насаф" футболчилари неча баҳога лойиқ кўрилди?  4 07:25Элит ОЧЛ. "Ал Аҳли" – "Насаф" 4:2  0 02:42Ҳусайн Норчаев: "Вазият қизил карточкага тортмас эди"  12 02:16Рўзиқул Бердиев: "Дарвозабонимиз олдинга чиқиши хато бўлди, лекин чиққанга яраша тўғри ўйнаши керак эди"  27 01:52Туркия. Алиқулов 90+2 дақиқада жароҳат туфайли алмаштирилди, унинг жамоаси ғалабага эришди  1 01:40Элит ОЧЛ. "Ал Аҳли" суперкамбэк эвазига ўз майдонида "Насаф"ни мағлуб этди  418 00:57"Реал" футболчилари ҳакамлар уларга бошқа етакчиларга нисбатан қаттиққўлроқ муносабатда бўлишаяти, деб ҳисоблашмоқда  3 00:05Куанишбай Оразимбетов: "Иккинчи таймда умуман бошқа "Жайхун"ни кўрдик"  0 23:40ОФК ЭЧЛ. "Ал Иттиҳод" БААда мағлубиятга учради  0 22:22Шавкат Юсупов: "Шу темпда давом этишга ҳаракат қиламиз"  1 21:02ОФК ЭЧЛ. Турнир янги мавсумининг илк баҳсида 7та гол урилди  1 19:59Мессининг карточкаси рекорд даражадаги суммага сотилди  8 19:34Руни: "Тен Ҳаг Аморимга алмаштирилганидан бери МЮнинг аҳволи фақат ёмонлашди"  11 19:06"Қайрат" "Реал"га қарши ўйин чипталари қачондан сотувга чиқишини маълум қилди  9

Namangan viloyati hokimi "Navbahor" futbolchilariga esdalik qo'l soatlarini topshirdi Yangiliklar

Namangan viloyati hokimi "Navbahor" futbolchilariga esdalik qo'l soatlarini topshirdi

Bugun “Navbahor” o'z uy uchrashuvlarini o'tkazadigan Namangan shahridagi “Markaziy” o'yingohda yig'ilish o'tkazildi.

Unda Namangan viloyat hokimi, viloyat futbol associaciyasi prezidenti Xayrullo Hayitbaevich Bozorov, Namangan shahar hokimi, “Navbahor” PFK prezidenti Olim Botirovich Isaev, “Navbahor” PFK vice-prezidenti Oybek Arifovich Samatov, shuningdek, klub rahbariyati, “Markaziy” o'yingoh direktori Nabixon Abdug'aniev, jamoa murabbiylar shtabi va futbolchilar ishtirok etishdi.


Yig'ilishda Namangan viloyat hokimi, viloyat futbol associaciyasi prezidenti Xayrullo Bozorov so'zga chiqib, koronavirus pandemiyasi sababli, butun dunyo, shu jumladan, O'zbekistonda ham futbol o'yinlari vaqtincha to'xtatilganligi, 13 iyundan yurtimizda yana Superliga bahslari restart olayotganligi quvonarli holat ekanligi, “Navbahor”ning oldiga joriy mavsumda yuksak maqsad, yani Osiyo CHempionlar Ligasi yo'llanmasini qo'lga kiritish vazifasi qo'yilganligi, buni amalga oshirish uchun futbolchilar bahamjihat, maydonda jonkuyarlik bilan to'p surishlari lozimligi, muxlislarga o'z g'alabalari bilan quvonch ulashish futbolchilarga bog'liq ekanligi, jamoaga yuragida o'ti bor, “Navbahor” shani uchun kurashadigan o'yinchilar kerakligini takidladi.

SHuningdek, Xayrullo Hayitbaevich Igor Golbanni O'zbekiston fuqaroligini qabul qilganligi bilan qutlab, uning faoliyatiga muvaffaqiyat tiladi.

SHundan so'ng, Namangan shahar hokimi, “Navbahor” PFK prezidenti Olim Isaev so'zga chiqib, futbolchilar xalqqa xursandchilik baxshida etadigan kasb sohiblari ekanligi, koronavirus pandemiyasi davrida muxlislarga o'zlarining g'alabalari bilan quvonch hadya etishlari lozimligini aytib o'tdi.

So'ngra, “Navbahor” bosh murabbiyi Andrey Antanasovich Kanchelskis, jamoa sardori Azimjon Ahmedov, jamoaning etakchi futbolchilaridan biri Azizbek Turg'unboev so'zga chiqib, “Navbahor”ga yaratilayotgan sharoitlar uchun Xayrullo Bozorov, shuningdek, klub rahbariyatiga o'z minnatdorchiliklarini bildirib, bu yil jamoa o'z oldiga qo'ygan maqsadini amalga oshirishi, ishonchni oqlash uchun qo'ldan kelganicha harakat qilishlarini takidlashdi.


14 iyun kuni Coca Cola Superliga 4-turidan o'rin olgan, safarda Qarshining “Nasaf” jamoasiga qarshi kechadigan bo'lajak o'yin oldidan futbolchilarni ruhlantirish maqsadida, klub rahbariyati tomonidan jamoa murabbiylar shtabi va futbolchilariga ism-shariflari yozilgan esdalik qo'l soatlari sovg'a qilindi hamda uni Namangan viloyat hokimi Xayrullo Bozorov topshirdi.


Yig'ilish so'nggida Namangan viloyat hokimi Xayrullo Bozorov, Namangan shahar hokimi Olim Isaev hamda klub rahbariyati jamoaga Qarshidagi hamda joriy mavsum davomidagi uchrashuvlarda omad yor bo'lishi, OCHL yo'llanmasini qo'lga kiritishini tilashdi.


“Navbahor” PFK matbuot xizmati.

Reyting: +17   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика