Nacho "Jirona"ga qarshi o'ynamaydi
08 fev 2024 20:45
Yangiliklar
Nacho "Jirona"ga qarshi o'ynamaydi
"Real Madrid" markaziy himoyachisi Nacho Fernandes Ispaniya chempionatining navbatdagi turida ishtirok etmaydi.
Madridliklar navbatdagi tur o'z maydonida "Jirona"ni qabul qiladi. Manbaning xabariga ko'ra, "Los "Blankos" murabbiylar shtabi ispaniyalik himoyachining "oq-qizillar" bilan o'yinda ishtirok etmasligini malum qilgan.
Avvalroq Nachoning so'nggi o'yinlarda mushaklaridagi og'riqlar bilan o'ynagani haqida xabar berilgandi.
Eslatib o'tamiz, Nachodan tashqari yana bir markaziy himoyachi Antonio Ryudiger ham “Jirona” bilan o'yinni o'tkazib yuborishi mumkin, ammo nemis futbolchisining navbatdagi o'yinda maydonga tushish imkoniyati mavjud. SHuningdek, David Alaba va Eder Militao davolanishda davom etmoqda.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Тимур Кападзе дунёнинг энг кучли мураббийлари орасида кучли ўнликка кирди!
Роналду кетма-кет учинчи марта Яқин Шарқда йилнинг энг яхши футболчиси бўлди
Криштиану Роналду: "Мавсум ўртасида ҳеч ким чемпион бўлмайди"
Эрон жамоаси Ўзбекистон МТЖ етакчиларидан бири учун 1 миллион доллар бериши мумкин
Fikrlar