MYU Regilon borasida “Real”ga rasmiy taklif bilan chiqdi
03 sen 2020 20:05
Yangiliklar
MYU Regilon borasida “Real”ga rasmiy taklif bilan chiqdi
O'tgan mavsumni ijara asosida “Sevilya”da o'tkazgan Serxio Regilon yangi mavsumni APLda o'tkazishi mumkin.
AS manbasiga ko'ra, 23 yoshli futbolchi transfer qilish maqsadida “Manchester Yunayted” madridliklarga taklif yuborgan.
Serxio uchun “Sevilya” ham kurashadi, ammo “qizil-oqlar” uni yana ijaraga olishni rejalashtirmoqda, MYU esa ispaniyalikni sotib olmoqchi. SHuningdek, Regilon bilan bog'liq holatni “Yuventus”, “Napoli” va “Tottenxem” kuzatmoqda. Avvalroq, futbolchi “Inter”ning transfer ro'yxatida borligi aytilgandi.
Himoyachi 2019/20 yilgi mavsum Primerada 31 o'yinda ishtirok etib, 2+4 natija ko'rsatgandi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
"Бухоро" Табатадзенинг голи эвазига "Арал"ни ютиб, Суперлигада қолди!
The Best 2025. ФИФАнинг 2025 йилнинг энг яхши футболчиси соврини учун номзодлар рўйхати эълон қилинди
"Арқадағ" мавсумдаги барча ўйинда ғалаба қозониб, учинчи бор Туркманистон чемпиони бўлди
Fikrlar