So’nggi yangiliklar

21:49"Аякс" бош мураббийини истеъфога чиқарди  0 21:21Криштиану нима сабабдан Жотанинг дафн маросимига бормаганини айтди  4 20:55"Goal" ЕЧЛ бош соврини учун асосий даъвогарлар рейтингини тузди  2 20:37Гари Невилл: "Улар қариётган бўлса-да, ҳозиргидан-да яхшироқ ўйнашлари керак"  3 20:15ЕЧЛда ҳафта футболчиси аниқ бўлди  2 19:56"Брюгге" клуби президенти: "Биргина "Барселона" футболчисининг нархи бутун жамоамизники билан тенг"  5 19:35Ислом бирдамлиги ўйинлари. Ўзбекистон Озарбайжонга нақд 13 та гол урди!   6 19:17Суперлиганинг 27-тур учрашувларида ҳакамлик хатолари кузатилдими?  3 18:59Расман: Де Росси А Серия клубида иш бошлади  2 18:32Суарес дисквалификация қилинди  7 18:00"Барселона" Бельгияда мағлуб бўлмагани ҳам аслида бир мўъжиза  6 17:35Исмоил Акинаде: "Бутун эътибортимизни кейинги икки ўйинга қаратамиз ва плей-оффга чиқишга ҳаракат қиламиз"  4 17:04Гвардиола: "Агар яна 1-2 та ғалабага эришсак, умумий босқични кучли саккизликда якунлаймиз"  5 16:35Про лига. "ФарДУ" Нукусда қийин ғалабага эришди  1 16:22"Барселона" мухлислари автобуси ёниб кетди  0

Muxlisdan maktub: Oldingdan oqqan suvni qadri yo'q yoxud barbod qilinayotgan “Surxon” loyihasi Yangiliklar

Muxlisdan maktub: Oldingdan oqqan suvni qadri yo'q yoxud barbod qilinayotgan “Surxon” loyihasi

Yangi 2023 yil O'zbekistonda Insonga etibor va sifatli talim deya nomlangan bir pallada o'zbek futbolida malakali mutaxassislardan biri Hamidjon Aktamov qadrsizlanayotganini ko'rib ochig'i odam o'ylanib qoldi.

2023 yil avvalidan yangi mavsumda yaxshigina shovqin ko'tarishi ko'zda tutilgan va jamoani top darajaga ko'tarishi kutilgan Hamidjon Aktamovning «Surxon»dagi faoliyati katta so'roq ostida qoldi. Bu esa ko'plab surxandaryolik futbol shinavandalarining tashvishlantirib qo'ydi. 

CHempionatimizga intriga, chempionlik va medallar uchun kurashda raqobat taqdim etishi kutilgan qiziqarli «Surxon» loyihasi kutilmaganda barbod bo'lish arafasida.

Jamoani qiyin vaziyatda qabul qilib, “Surxon”ni Superligada olib qolgan va yangi mavsumda yuqori o'rinlar uchun kurashuvchan jamoani tuzayotgan Hamidjon Aktamovga nisbatan nohaqlik qilinmoqda.

Bu nafaqat Aktamovga, balki ko'p minglab surxandaryolik futbol ishqibozlariga nisbatan ham nohaqlik emasmi?

Navoiyda oldidan oqqan suvni qadrlamagandek, “Surxon”ga ham kelib qolib qisqa fursatda o'zini ishbilarmonligini ko'rsatgan menejerni qadriga etmaslik yakunda qimmatga tushishi tayin.

Necha yillardan buyon jamoa oliy ligada faqatgina jon saqlash uchun kurashib kelgan. Bu yil nihoyat Hamidjon Aktamov tuzayotgan jamoa yuqori vazifalarni bajarishga shaylanayotganini ko'rib, Surxondaryoda ham top jamoa barpo qilinayotganini eshitib xursand yurgan muxlislarning quvonchi uzoqqa cho'zilmadi.

“Surxon” professional futbol klub. Jamoa Toshkentdagi qandaydir Feniks degan bolalar maktabidan chiqayotgan va shu erda ishlayotgan bolalar futboli murabbiylari uchun tajriba maydonchasi bo'lishiga jim qarab turolmaymiz!

Biz muxlislar Hamidjon Aktamovni nohaq bo'shatilib, oldimizdan oqib turgan suvni qadriga etmasak, yana bu narsa O'zbekistonda inson qadrlanishi kerak bo'lgan 2023 yilda bo'layotgani Hamidjon Aktamovga nisbatan nohaqlik.

Hamidjon Aktamov-ku ertami kech o'ziga bo'ladigan yangi takliflarni qabul qilib, o'z ishini davom ettirib ketadi. “Surxon”ga esa har doim ham bunday yuqori malakali menejerlar kelavermaydi. Bizga tajriba o'tagani va o'zini shaxsiy loyihasini o'z manfaati yo'lida “Surxon” orqali amalga oshirishni istaydigan va xatto licenziyasi yo'q mutaxassislar paydo bo'laveradi.

Surxondaryo hokimiyati va Eriel kompaniyasi rahbariyatidan “Surxon” jamoasiga hurmat bilan va professional munosabatda bo'lishlarini so'rab qolardik.

“Surxon”ga Eriel kompaniyasi homiylik qilishni boshlaganda jamoamiz yangi darajaga ko'tarilishini kutgandik. Aksincha quyiga o'sha eski darajamizdan ham pastroq qulashni aslo kutmagandik!

Bunga esa aslo jim qarab turib bo'lmaydi!

Surxondaryolik bir guruh futbol muxlislari nomidan

Reyting: -5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика