So’nggi yangiliklar

00:14Холанд термадаги 45-ўйинида 44-голини урди  0 23:49Халқаро ўртоқлик турнири. Ўзбекистон U-17 Марокашга мағлуб бўлди  5 23:24Меньяннинг "Челси"га ўтмагани сабаби маълум бўлди  0 22:27Футзал. Ўзбекистон терма жамоаси йиғинга киришди. Олдинда Япония билан ўйин бор  3 21:36"Динамо" назорат учрашувида "Локомотив"ни ютди  2 21:13U-23 Осиё Кубоги саралаш босқичи. Қирғизистон Шри-Ланкани йирик ҳисобда енгди ва гуруҳда биринчи бўлди  20 20:19Владо Радманович: "Афсуски, Катанецнинг ҳозирги ҳолати яхши эмас"  22 19:59Кроос: "Германия ҳозирда катта ютуқларга эриша оладиган терма жамоалар қаторида эмас"  1 19:33Остон Ўруновдан рекорд!  9 19:05Алиризо Жаҳонбахш: "Ҳакамлик ҳақида ҳеч нима демайман"  20 18:38"Арсенал" МЮ кўзлаган футболчи учун курашда фаворит  2 18:17Мустақиллик Кубоги-2025 "Uz-Galaxy"да!  2 17:55"Ал Шабаб" "Милан" футболчисини сотиб олади  0 17:33Расман: Постекоглу – "Ноттингем Форест" бош мураббийи!  5 17:16Расман: Ўзбекистон U-23 терма жамоаси Осиё Кубогига чиқди!  27

Murod Ismoilov "Neftchi" - "Paxtakor" o'yini oldidan: "Turnir jadvalidagi farq bugun hech narsani anglatmaydi" Yangiliklar

Murod Ismoilov "Neftchi" - "Paxtakor" o'yini oldidan: "Turnir jadvalidagi farq bugun hech narsani anglatmaydi"

O'zbek futbolida qadrdon jamoalar qarama-qarshiligi bo'lmish "Neftchi" - "Paxtakor" uchrashuvi har bir davrda etiborni yo'qotmagan.

Ayni paytda jamoalar holati turlicha bo'lsada o'yinga qiziqish yuqori darajada. Biz ertangi o'yin oldidan o'z vaqtida ikki jamoada faoliyat olib borgan Murod Ismoilovning fikrlarini tingladik. 

"Neftchi" hozir juda yaxshi sport formasida va ko'tarinki kayfiyatda. Tarkibga zo'r ijrochilar yig'ilgan. So'nggi o'yinlarda bir tekis o'yin namoyish qilmoqda. "Paxtakor"da buning aksi kuzatilyapti. Balki bu yangi g'oyalar bilan bog'liq muammodir. Lekin ijrochilar borasida klub munosib selekciyani amalga oshirgan. Turnir jadvalidagi farq hech narsani anglatmaydi, chunki bu qarama-qarshilikda o'tkinchi o'yin bo'lmaydi. "Paxtakor" va "Neftchi" eng zaif holatida ham bu klassikoda eng yaxshi o'yinini o'tkazgan. Kim yutishini oldindan taxmin qilmayman, lekin juda jozibali o'yin guvohiga aylanamiz. Mezbonlarning ustun tomoni "Istiqlol" stadionidagi muhit. Muxlislar bugun yondirishadi. Toshkentdan ham ko'p sonli ishqibozlar kelishadi. Men uchun ikki klub ham qadrdon. Kuchli jamoa yutaversin. Biz esa chiroyli futbol tomosha qilaylik",- deydi Murod Ismoilov.

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика