So’nggi yangiliklar

17:56"Челси"га Англия футбол ассоциацияси томонидан 74 та айблов қўйилди  1 17:27Суперлига. "Машъал" - "Шўртан". Таркиблар маълум  0 17:22Вадим Абрамов: "Андижон" Азмиддинов қизил карточка олгани учун биз билан ҳозир ўйнашга рози бўлмади"  4 16:52ЖЧ-2026 фаворитлари айтилди. Ўзбекистон қайси ўринда?  11 16:24Франция терма жамоаси собиқ дарвозабони фаолиятини якунлади  0 15:556 минг сиғимли стадион "Барса" – "Валенсия" учрашувини қабул қилади. Ла Лига рози  2 15:28"Реал" собиқ футболчиси Гонконгга кўчиб ўтди  0 14:54АПЛ топ-клублари "Барселона" вундеркиндини сотиб олмоқчи  5 14:27Чемпионлар Лигаси 2026/27 йилги мавсум финали Мадридда ўтказилиши мумкин  4 14:05Суперлига. "Насаф" — "Бухоро" 5:0  1 13:57Тимур Кападзе: "Атрофдаги воқеалардан жуда чарчадим"  105 13:34Ямаль: "Олтин тўп"ларим кўп бўлишини орзу қиламан"  6 13:06Аёллар ОЧЛ гуруҳ босқичига қуръа ташланди: "Севинч" Эрон, Хитой ва Ҳиндистон жамоалари билан ўйнайди  4 12:49ЖЧ-2022 ярим финалчиси Ўзбекистон билан ўртоқлик ўйини ўтказмоқчи  13 12:20"Насаф" "Бухоро" дарвозасига 5 та тўп йўллаган баҳсдан ГАЛЕРЕЯ  1

Murod Ismoilov: "Navbahor"ni chiroyli o'yin bilan tabriklayman" Yangiliklar

Murod Ismoilov: "Navbahor"ni chiroyli o'yin bilan tabriklayman"

"Navbahor" - "Neftchi" uchrashuvidan so'ng tashkil etilgan matbuot anjumanida dastlab "Neftchi" bosh murabbiyi Murod Ismoilov jurnalistlarni qiziqtirgan savollariga javob qaytardi.

"Bugun o'yingohga tashrif buyurgan barcha muxlislarni va "Navbahor"ni chiroyli o'yin bilan tabriklayman. Raqib va bizning o'yinchilar oxirigacha kurash olib borishdi. Yigitlarga hech qanday etirozim yo'q. Keyingi urashuvlarda bizga ham omad kulib boqadi deb o'ylayman. Bugungidek shijoat bilan navbatdagi bellashuvlarda harakat qiladigan bo'lsak, kerakli natijaga erishamiz. SHuningdek o'yinimizni ham shakllantirishimiz kerak. O'yin ustida ko'p ishlashimiz zarur. Futbolchilarni oxirida ilojsizlikdan almashtirdik. Kashkaval asta-sekin jamoamizga kirishib ketadi. Jamoaga moslashish borasida barchada qiyinchiliklar uchrab turadi. Osiyo CHempionlar ligasiga avval ichki chempionat orqali tayyor bo'lishimiz lozim. Oldinda ko'p ishlarni amalga oshirish talab etiladi. Tarkib borasida, o'yinni shakllantirish, infratuzilma borasida bizni juda ko'p ishlar kutib turibdi. Yurtimiz shanini munosib qila oladigan darajaga ko'tarilishimiz kerak. Murod Bobojonovga o'xshagan yigitlarga imkoniyat berish kerak. Murod kelajakda yaxshi hujumchi bo'lib etishish mumkin. Uni Sardor Rashidov singari chet el jamoaga tarbiyalab bersak ajab emas. Asosiy tarkibga futbolchilar o'zimizning maxsulotimiz bo'lishini niyat qilganmiz. SHu sababli yoshlar jamoamizda keskin o'zgarishlarni amalga oshirdik. Avval o'rinbosarlarimiz tarkibini asosan 1992 va 1993 yilda tug'ilgan o'yinchilar tashkil qilgan. Hozir 1996, 1997 va 1998 yilda tavallud topgan futbolchilarga imkon beryapmiz".

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика