Islom Ismoilov Kanada bilan o'yindan so'ng: "Penaltilar seriyasi doim rejamizda bo'ladi"
07 sen 11:20
Yangiliklar
Islom Ismoilov Kanada bilan o'yindan so'ng: "Penaltilar seriyasi doim rejamizda bo'ladi"
O'smirlarimiz kecha kanadalik tengqurlariga qarshi maydonga chiqdik va o'yinda hisob 2:2 qayd etildi. Penaltilar seriyasida esa vakillarimizning qo'li baland keldi 6:5. Ushbu bellashuvdan so'ng O'zbekiston U-17 terma jamoasi bosh murabbiyi Islom Ismoilov fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Bu o'yin to'liq bizning nazoratimiz ostida o'tdi. Faqatgina o'yin avvalida himoyada 2 ta qo'pol xatoga yo'l qo'yib, gol o'tkazib yubordik. Shunga qaramay shogirdlarim iroda ko'rsatdi va hisobni tenglashtirishdi. Penaltilar seriyasida esa omad bizga kulib boqdi. Doim qisqa turnirlarda ishtirok etganimiz uchun penaltilar seriyasi doim rejamizda bo'ladi. Mashg'ulotlarda futbolchilar 11 metrlik nuqtadan zarbalarni oldindan tayyorlab borishadi. Bu safar ham o'z vazifalarini sovuqqonlik bilan bajarishdi.
Futbolchilarning jismoniy holati yaxshi holatda. Eng asosiy vazifamiz Jahon chempionatiga optimal holatda etib borishimiz kerak. Buning uchun murabbiylar shtabi tomonidan mahsus dastur tuzib chiqilgan va shunga amal qilgan holda tayyorgarlik ko'rmoqdamiz",- deydi Islom Ismoilov.
Terma jamoamiz navbatdagi o'yinini 9 sentyabr kuni Marokashga qarshi o'tkazadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar