Murabbiylikda omadi chopmagan Runi Jeyk Pol bilan boks tushmoqchi
18 fev 2024 22:29
Yangiliklar
Murabbiylikda omadi chopmagan Runi Jeyk Pol bilan boks tushmoqchi
"Manchester Yunayted" sobiq futbolchisining jangi "Old Trafford"da o'tkazilishi mumkin.
Angliyalik sobiq futbolchi Ueyn Runi "Birmingem" bosh murabbiyiligidan istefoga chiqarilgach, o'zini boks sport turida sinab ko'rishi mumkin.
38 yoshli mutaxassis bir martalik boks jangida qatnashishga qiziqib qolgan va "Misfits Boxing" promouterlik kompaniyasi bilan aloqaga chiqqan.
SHuningdek, "Matchroom Boxing" promouterlik kompaniyasi etakchisi Eddi Xirnning fikricha, Ueyn Runi boks jangida amerikalik bloger va bokschi Jeyk Polni mag'lub eta oladi:
"Runini havaskor bokschi desa ham bo'ladi, u o'zini qanday tutishni biladi. Men uning Jeyk Pol bilan jangini ko'rishni istardim. "Old Trafford"da Ueyn Runi Jeyk Polga qarshi... Bu juda katta voqea bo'ladi va men Runi g'alaba qozonishi tarafdoriman".
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Тимур Кападзе дунёнинг энг кучли мураббийлари орасида кучли ўнликка кирди!
Роналду кетма-кет учинчи марта Яқин Шарқда йилнинг энг яхши футболчиси бўлди
Криштиану Роналду: "Мавсум ўртасида ҳеч ким чемпион бўлмайди"
Эрон жамоаси Ўзбекистон МТЖ етакчиларидан бири учун 1 миллион доллар бериши мумкин
Fikrlar