So’nggi yangiliklar

00:26"Истанбул Башакшеҳир" миссияни уддалай олмади  43 00:13"Манчестер Юнайтед"нинг асосий футболчиси "Челси"га ўтмоқда!  3 23:56Аёллар ўртасидаги ОЧЛ саралаши. "Севинч" "Ал Насср"ни бурчакдан урилган гол эвазига мағлуб қилди  1 23:33Диёр Холматов: "Европага кетишим шу йиғиндан кейин ҳал бўлади"  5 23:17"Кристал Пэлас" ўз тарихида илк марта еврокубокларда ўйнайди  0 22:50Маҳмуд Маҳамаджонов: "Янги жамоага кўникиш осон бўлди. Энди бор эътибор термага қаратилади"  0 22:19ЕЧЛ. "Реал" Қозоғистонга келади, "Қайрат" Милан ва Лондонга боради: қуръанинг барча натижалари билан танишинг  27 21:54Одил Ҳамробеков: "Ҳозирги мураббийимиз Тимур Кападзе. Унинг қўл остида CAFA турнирига тайёргарлик кўряпмиз"  1 21:17Ўзбекистон термаси йиғинни бошлади ГАЛЕРЕЯ  4 20:45Пол Паркер: "Онана дарвозабон эмас"  3 20:12"Динамо" ҳақ бўлиб чиқди: "Ҳакам қарори нотўғри!"  21 19:50Расман: Шаҳбоз Умаров — "Тобол" футболчиси  2 19:21Паулу Бентунинг Ўзбекистон терма жамоаси бош мураббийлига тайинланиши тўғри қарорми ёки нотўғри?  74 19:10Ўзбекистон U-23 терма жамоаси 30 август куни Қирғизистонга йўл олади   7 18:49Одил Ҳамробеков ва Ўткир Юсупов Ўзбекистон терма жамоасининг йиғинига келиб қўшилди   0

Mundial oldidan. Mirjamol Qosimov: "Hech bir raqibdan qo'rqqanimiz yo'q" Yangiliklar

Mundial oldidan. Mirjamol Qosimov: "Hech bir raqibdan qo'rqqanimiz yo'q"

Yoshlar terma jamoasi azolari jahon chempionatiga jo'nab ketish oldidan saytimizga fikrlarini bildirib o'tdi.
"Hozir eng muhim bahslar oldida turibmiz. SHu bois tayyorgarlik ham juda yaxshi bo'lgan. Hamma yigitlar masuliyatni sezgan holda harakat qilmoqda. Puxta tayyorgarlik ko'rilgan endi chiroyli o'yin ko'rsatib yurug' yuz bilan qaytishni niyat qilmoqdamiz. Kayfiyatlar juda yuqori va buni oxirigacha saqlab qolamiz deb o'ylayman", - deydi Mirjamol Qosimov.

- Belgilangan marragacha etib borishga jamoaning salohiyati etadimi?

Albatta, hamma narsani imkoni bor. Eng keraklisi mashg'ulotlarda chin dildan ishlab, buni maydonda ko'rsatishdir. Har qanday yutuqni qo'lga kiritsa bo'ladi.

- Germaniya yoki Gonduras tarkibidagi juda yuqori saviyali futbolchilarni ko'pligi futbolchilarini cho'chitmayapdimi?

Yo'q. Umuman bu haqida o'ylaganim ham yo'q. Nega cho'chishimiz kerak? To'g'ri ular Bundesligada o'ynashi mumkin lekin ular ham biz qatori futbolchi. Sportda bitta ibora bor hech qanday raqibdan qo'rqma. Biz ham hech bir raqibdan qo'rqqanimiz yo'q. Eng kerakligi futbolchilarni o'zida bo'lgan xoxishda. Harakat qilsa uddalasa bo'ladi .

- O'tkazilgan nazorat o'yinlari mos ravishda Portugaliya (Germaniya misolida), Urugvay (Gonduras misolida), Yangi Zelandiya (Fidji misolida) bilan bo'lib o'tdi. Bu o'yinlar orqali raqiblarni imkoniyatini qay darajada ekanligini bilib olishga erishdilaringizmi?

Yuqorida aytib o'tilganidek mana shu nazorat o'yinlarida raqiblarni imkoniyat uchun qulay bo'ldi. Ularga qarshi shu raqiblar misolini tasavvur qilsa bo'ladi. Har qanday raqibga qarshi o'ynashdan qo'rqmaymiz.

- Jahon chempionatidan nimalarni kutmoqdasiz ?

Har bir futbolchi uchun eng katta qadam mana shu jahon chempionati bo'ladi. SHu bois Zelandiyaga borib, eng kuchli o'yinlarimizni namoish etish va O'zbekiston nomini munosib himoya qilishdir. Evropadan kelayotgan murabbiylarni nazariga tushib xorij klublarda o'ynashdir.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика