So’nggi yangiliklar

19:30Эрон чемпионати. "Трактор" "Шамс Азар" меҳмони бўлди, Ҳамробеков 56 дақиқа ўйнади  0 19:13Расман: Ўзбекистон МТЖнинг дарвозабонлар бўйича собиқ мураббийи ОКМКда иш бошлади  1 18:56​Расман: "Андижон" грузиялик футболчи трансферини эълон қилди  2 18:36"Барселона" ва АПЛ клублари Камерун терма жамоаси ҳужумчисини кузатмоқда  1 18:07"Хоразм" футболчиси "Сурхон"га ўтмоқда  0 17:39"Ювентус" ва "Рома" афсонаси Левандовскини "Милан"га ўтишдан огоҳлантирди  1 17:05Азмиддинов "Андижон"дан кетди  8 16:38"Барселона" АПЛ жамоаси ҳимоячисининг трансфери бўйича музокара олиб бормоқда  1 16:10"Шўртан" ҳимоячиси "Андижон"га ўтди  6 15:47City Football Group Ҳиндистон клубидаги улушини сотди  0 15:23"Ўйлашимча, ЖЧда гуруҳдан чиқамиз" — Анзур Исмоилов  11 15:18Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  15 14:59Андрей Шипилов "Андижон" футболчисини "Қўқон-1912"да кўрмоқчи  2 14:36Ўзбекистон футболчилар уюшмасининг 2025 йилги бош ассамблеяси ўтказилди  1 14:15Эргашев "Навбаҳор" билан хайрлашди  2

Mundial-2022. Muxlislar karvoni Bokuga etib bordi Yangiliklar

Mundial-2022. Muxlislar karvoni Bokuga etib bordi

Qatar yashil maydonlarida bo'lib o'tadigan Jahon chempionati startiga sanoqli kunlar qoldi.

Garchi terma jamoamiz bu musobaqada ishtirok eta olmasada, o'zbekistonlik muxlislarni o'z ichiga olgan karvon Qatarga yo'l olmoqda. Bu degani Jahon chempionati uchrashuvlarida albatta yurtimiz bayrog'ini uchratasiz. 


5 noyabr kuni Toshkentdan otlangan ishqibozlar guruhi Toshkent-Samarqand - Qozog'iston - Ozarbayjon - Eron- BAA-Saudiya Arabistoni yo'nalishi orqali Doxaga etib borishadi. 


Hamyurtlarimiz bugun Bokuda bo'lib turishibdi. Muxlislar karvoni etakchisi Abdurahmon Fozilov bu borada fikrlarini bildirib o'tdi. 

-  Yuk kemasiga avtomobillarimizni ortdik. Afsuski, hozirda Ozarbayjondagi vaziyatga ko'ra suvdan, quruqlikdan odamlarning kirib kelishi mumkin emas. Faqat katta yuk tashiydigan kemalarning boshqaruvchilariga mumkin ekan. Yo'lovchilarga taqiqlanishini aytishdi. Biz oxirigacha harakat qildik. Qiziq holati shuki, avtomobillarimizni ortib, chiptalarni olib bugun aeroportga kelganimizda kemalarga chiqish uchun ruxsat keldi. Lekin hammasi o'tib ketgandi. Bundan foyda yo'q edi. Aktauga o'rganib qolgandik. Bu erdagi vatandoshlarimiz, do'stlarimiz bilan ko'rishdik. Ayni paytda Bokudamiz. 


2018 yil Rossiyada bo'lib o'tgan har to'rt yillikning nufuzli musobaqasiga ham bir qancha ishqibozlar avtomobilda yo'l olgandi. Muxlislarimizning kundalik jarayonlari, safar taassurotlarini keyingi maqolalarimizda yana batafsil to'xtalib o'tamiz. 

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика