So’nggi yangiliklar

15:58"Локомотив" футболчиси "Бухоро"га йўл олди  0 15:29Рамос таклифларни кўриб чиқишга тайёр бўлган Европа лигалари аниқ бўлди  1 15:00Орзулар рўёби: Ўзбекистон футболининг тарихий йилидаги муҳим воқеалар  1 14:33ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди  6 14:12Расман: Ислом Тўхтахўжаев — "Андижон" футболчиси!  17 13:52Тимур Кападзе дунёнинг энг кучли мураббийлари орасида кучли ўнликка кирди!  19 13:30Кроос ЖЧ-2026 форматига қарши чиқди: "5:0 ёки 6:0 ҳисобидаги ғалабаларни эмас, сифатли ўйинларни кўришни истайман"  8 13:05Йилнинг охирги ўйинлари TVCOM'да  0 12:57"Арсенал" ва "Манчестер Сити" собиқ футболчиси "Кан" бош мураббийи этиб тайинланди  1 12:31Ўзбекистон U-18 терма жамоасининг Туркияга йўл оладиган таркиби эълон қилинди  2 12:15Маурицио Сарри юрагидан операция қилинди  2 11:52Кореяга кетиши кутилган футболчи "Сўғдиёна" билан шартномасини узайтирди  1 11:29Артета қишки трансфер ойнасида "Арсенал" таркибини кучайтиришга бел боғлади  2 11:05Бугун Қатарга қарши ўйнаймиз  3 10:21Расман. "Локомотив" ва "Сўғдиёна" каби жамоаларни бошқарган мураббий Пролига клуби бош мураббийига айланди  2

Muhsin Nizomiddinov: "O'rtaga Superliga yo'llanmasi tikilgani uchun yigitlarda bosim kuzatildi" Yangiliklar

Muhsin Nizomiddinov: "O'rtaga Superliga yo'llanmasi tikilgani uchun yigitlarda bosim kuzatildi"

Superliga o'tish o'yini doirasidagi "Qo'qon-1912" – "Qizilqum" (1:2) uchrashuvidan so'ng qo'qonliklar bosh murabbiyi Muhsin Nizomiddinov fikrlarini bildirib o'tdi.


- O'yin haqida

- Muxlislarbop o'yin bo'ldi. O'rtaga Superliga yo'llanmasi tikilgani uchun yigitlarda bosim kuzatildi. Og'ir o'yin bo'lishini kutgandik. Ayrim futbolchilarda shamollash bor edi, lekin shunga qaramay, futbolchilar borlarini berib o'ynashdi. Hayot davom etadi. "Qizilqum" jamoasini Superligada qolgani bilan tabriklaymiz. Muxlislardan uzr so'raymiz. Ular qanday ob-havo kuzatilmasin, bir yil davomida bizni qo'llab-quvvatlab turishdi. 

- "Qo'qon-1912" nimaning hisobiga mag'lubiyatga uchradi deb o'ylaysiz? Tajribami yo charchoqmi? 

- Bitta o'yinda hamma narsa bo'lishi mumkin. Mag'lubiyat sababi ozgina diqqat-etiborli bo'lish etishmadi. Boshida diqqat-etiborni yo'qotib, kichik xatolarga yo'l qo'ydik.

- Sanat SHixovni nega asosiy tarkibda tushirmadingiz? Jarohati bormidi?

- Yo'q. Bir oyda 2 ta o'yinda qatnashdik xolos. O'rtoqlik o'yinlari ham bo'ldi, ammo bu rasmiy emas. Jamoamizda virus tarqalishi ro'y berdi. Sanat SHixov ham shamollab qoldi. Asosiy tarkibda o'ynashga kuchi etmaydi deb, zaxiradan o'yinni kuchaytirishga tushirishni istagandim. 

- Anvar Hojimirzaevga boshqa jamoalardan takliflar bormi?

- Ko'ramiz. Yigitlar bilan shartnomamiz bor. Anvar Hojimirzaev boshqa jamoada bundan ham yaxshi o'ynay oladi, ammo "Qo'qon-1912"ning uni qo'yib yuborish niyati yo'q.

Reyting: -8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика