So’nggi yangiliklar

10:46Рауль Бундеслига жамоасига бош мураббий бўлиши мумкин  0 10:18Узоқ муддатга сафдан чиққан Гави жароҳати ҳақида фикр билдирди  1 09:48"Манчестер Сити" меҳмонга боради. Лига кубогининг навбатдаги босқичига қуръа ташланди  1 09:40Тартиб-интизом қўмитасининг қарорлари  1 09:22Суперлига. Бугун 23-турга старт берилади  13 08:55Рустам Ашурматов жума куни майдонга тушиши мумкин, Машарипов эса  0 08:27Остон Ўрунов яна жароҳат олди   5 08:03Ўзбекистон кубоги. Бугун финалчилар аниқланади  18 07:36МЛС. Мессининг дубли "Интер Майами"га йирик ғалабани тақдим этди  33 02:30Ла Лига. ​"Атлетико" "Райо Вальекано"га қарши ўйинда камбэк амалга ошириб, ғалаба қозонди. Альваресдан феноменал ўйин  4 02:14Европа лигаси. "Рома" ғалабага эришди, "Бетис" ва "Ноттингем" муроса кўчасини танлашди, "Фенербаҳче" эса ютқазди  0 01:55Англия лига кубоги. "Манчестер Сити", "Арсенал", "Тоттенхэм ва "Ньюкасл" ўз учрашувларида ғалаба қозониб, кейинги босқичга йўл олишди  2 00:54"Ливерпуль" Кьезани Чемпионлар Лигаси рўйхатига киритади. УЕФА қоидаларга ўзгартириш киритган  1 00:35Руни: "Одамлар Месси кучлироқ деганим учун мени Роналдуни ёмон кўради деб ўйлашади"  10 00:03УЕФА Исроилни четлатмайди. Бу масала кун тартибидан олиб ташланди  18

Moziyga qaytib... Poydevor (1-qism) Yangiliklar

Moziyga qaytib... Poydevor (1-qism)

Avval eslatib o'tganimizdek, 1993 yilning 21 iyulidan yurtimizda “O'zbekiston futboli” gazetasi chop etila boshlandi.

Gazetaning ilk sonidan qanday maqolalar joy olishi haqida uzoq bosh qotirildi. Men futbolimizda eng birinchi isloh qilinishi bo'lgan yo'nalish sifatida bolalar futbolini ko'rsatdim va “Poydevor” degan maqolani yozib berdim. Hajmi kichina, hech qanday fakt, raqam va tahlil yo'q. Lekin aynan shu maqolaga gazeta chiqqan kunning o'zida mutasaddilar tomonidan etiroz bo'ldi. Ular “ilk sondan tanqidiy maqola berish shartmidi, sizlar birinchi navbatda futbolni targ'ib qilishinglar kerak” degan fikr bildirishdi. Dastlab ana shu maqolachani etiboringizga havola etamiz.

POYDEVOR
(“O'zbekiston futboli” gazetasining 1993 yil 21 iyul sonidan olingan).

Yaqinda bir tanishim o'g'liga futbol o'ynaydigan biror oyoq kiyim topib berishimni iltimos qildi. «Men bir-ikki sport buyumlari do'konini axtarib topa olmadim, sen esa xar xolda shu soxaga yaqin odamsan», deb qo'shib qo'ydi. Unga bunday poyafzalni oddiy sport jurnalisti bir chetda tursin, mashxur futbolchi Mirjalol Qosimovning o'zi izlab topa olmayotganini aytganimda xang-mang bo'lib qoldi. Keyin «ha, futbol o'ynamasa-o'ynamabdi- da», deb boshqa mavzuga o'tib ketdi.

Men esa futbol o'ynash ishtiyoqida oyoq kiyimi izlab yurgan minglab bolalarni o'ylab ketdim. Ular baribir futbol o'ynayverishadi, buning uchun hech narsa to'siq bo'la olmaydi. Butsi bo'lmasa yalang oyoq o'ynayverishadi, maydon bo'lmasa ko'chada ikkita g'isht qo'yib «darvoza» yasashadi. Bunday holni nafaqat bizda, balki dunyoning narigi chekkasida joylashgan Braziliyada ham kuzatish mumkin. U erda ham minglab bolalar dengiz va okean chetidagi qumliklarda yalang oyoq koptok tepishadi. Faqat farqi shundaki, ularning o'yinini yuzlab murabbiylar tomosha qilishadi va oxir-oqibatda eng istedodlilarini tanlab olib, futbol klublariga joylashtirishadi. Mashhur Pele ham, Garrincha ham, Braziliyani uch karra jahon chempioni qilgan ko'pgina futbolchilar ham o'sha qumliklarda «kashf qilingan». Biz esa shuncha paytgacha ko'cha changituvchilarga «bo'ldi, bekorga tentirashni bas qil, jiddiyroq ish bilan shugullan», deya maslahat berganmiz.

SHukrlar bo'lsinki, futbolning ahamiyatini biz ham tushuna boshladik. Hukumat bu borada tarixiy hujjat qabul qildi, ota-onalar farzandlarini futbol maktablariga etaklayaptilar. Qani endi ishbilarmonlar ham yurtimizga «Smirnoff», «Rasputin» aroqlari va «Polo» sigaretalari o'rniga futbol kiyimlari, poyafzallari, anjomlari olib kelishsa. Biz ko'rmagan narsalarni farzandlarimiz ko'rishsa, bizdan chiqmagan futbol chempionlari ulardan chiqsa.

Lekin «holva» degan bilan og'iz shirin bo'lmaydi. Orzular ro'bga chiqishi uchun amaliy ish kerak. Hukumat o'z qarori bilan O'zbekiston futboli uchun poydevor qo'ydi. Ana shunday poydevor har bir viloyat, shahar va tumanlarda qo'yilishi zarur. Eng muhimi, ular mustahkam bo'lishi kerak. CHunki bolalar futboliga etibor bermay turib katta futbolni rivojlantirib bo'lmaydi. O'zbekiston futbol federaciyasining yaqinda bo'lib o'tgan Ijroiya qo'mitasi ham bu masalaga jiddiy yondashdi. Bolalar futbol maktablarini ko'paytirish uchun tadbirlar belgilandi.

... Aytgancha, haligi tanishim o'g'liga baribir butsi olib beribdi, Kievnikini. Tijorat do'konidan. 10 ming so'mga. Lekin gap pulda emas. Muhimi, tanishim farzandi kelajakda haqiqiy futbolchi bo'lib etishishi uchun poydevor qo'yibdi...


Abror IMOMXO'JAEV.
(Davomi bor).


Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика