So’nggi yangiliklar

10:52"Ливерпуль" Салоҳга ўринбосар сифатида кўраётган футболчисига 100 миллион евро тўлашга тайёр  0 10:44"Сурхон" Наманганда нечта ғалабага эришганини биласизми?   0 10:21Антони Марсьяль фаолиятини Мексикада давом эттиради  1 09:502026 йилги УEФА Суперкубоги қайси стадионда бўлиб ўтиши маълум  0 09:18"Рома"нинг собиқ устози Эронни бошқариши мумкин  10 08:43Sofascore. "Бани Яс" мағлуб бўлди. Мозговой неча баҳо олди?  1 08:10Файзуллаевнинг трансфери иккинчи бўлди  2 07:35Суперлига. Бугун Жиззахда ва Наманганда ўйинлар бор  4 06:35Суперлига. "Машъал" — "Шўртан" 2:1   0 01:50Дерби олдидан "Манчестер Сити"нинг 4 футболчиси сафга қайтди  5 01:08Жанлуижжи Доннарумма: "Пеп мени жамоасида кўришни истаётганини айтди. Бу мени ғурурлантирди"  2 00:46Расман: Онана - "Трабзонспор" дарвозабони!  21 00:15"Вест Хэм" дербидан олдин мухлисларга тақиқ қўйди  0 23:44Доннарумма "Манчестер Сити"да қайси рақамда ўйнайди?  3 23:29"Реал" "Ливерпуль" марказий ҳимоячисини текинга қўлга киритмоқчи  2

Moziyga qaytib... Bardam bo'l, Igor! Yangiliklar

Moziyga qaytib... Bardam bo'l, Igor!

Moziyga qaytib ruknining navbatdagi sonini taqdim etamiz.



(“Toshkent haqiqati” gazetasining 1991 yil 2 fevral sonidan olingan).

Bizni kechir, Igor. Ushbu suratni senga ancha oldin berishimiz kerak edi. CHunki o'sha kuni uyingda bo'lganimizda jajji Lyudmila bo'yningga osilib «Dada, rasmimni qachon ko'raman» deb so'raganida, bizning nomimizdan unga «tez orada» deb vada berib yuborgan eding...

Avval Greciya safaridan kelishingni kutdik. So'ngra paxtakorchilar bilan Malayziyaga ketishingni eshitib qoldik. Ro'znomalar ham SHkvirin «Paxtakor» bilan jo'nab ketdi deb xabar berdilar. Lekin so'nggi paytda bu safardan majburan qolganingni ko'pchilik bilmasdi...

Xabarim bor, o'sha kuni safardan oldin yaqinlaring sen bilan hayrlashgani uyingga tashrif buyurgandilar. Qo'li gul turmush o'rtog'ing ularni chuchvara bilan siylamoqchi bo'ldi. Xamir yaxshi pishishi uchun suvni yaxshilab qaynatdi. U xonadan bu xonaga sakrab yurgan Lyudmila oshxonaga kirganida to'satdan toyib ketdi. Erga boshi bilan tushmasligi uchun jajji qo'lchalari bilan bir nimani ushlab qoldi. U... qaynoq suv to'la kastryul edi. Qizchaning chinqirishidan hamma oshxonaga otilib chiqdi. Kimdir uni tez echintirish lozimligini aytdi. Biroq shilvirab qolgan teridan kiyimni ajratish oson emas edi...

Hayotingdagi eng mudhish to'rt kunni reanimaciya bo'limida bedor o'tkazganingni ham bilaman Igor, to'rt yarim yasharli Lyudmilang so'nggi bor ko'zlarini ochib seni bir umrga tashlab ketganida dahshatli qichqirig'ingdan kasalxona larzaga kelganini ham eshitdim.

Bu mudhish voqeani aytib, yarangga tuz sepmoqchi emasman. Qizingning surati aks etgan har bir buyumni avaylab olib qo'yishingga ishonaman CHunki, u o'zidan faqat suratini yodgorlik qilib qoldira oldi.

Biroq... Taqdirning bunday beshafqatligini kim ham bilibdi deysan. O'sha kuni ham sen bilan qisqa muddatga hayrlashgani kelgan yaqinlaring yolg'izing - jajji qizchang bilan bir umrga vidolashgani kelayotganlarini bi- larmidilar?!

Bardam bo'l, Igor! Farzand dog'i qanchalik og'ir bo'lmasin, uni munosib ko'tarishga harakat qil. Ko'p sonli mushtariylar, barcha futbol muxlislari nomidan senga chuqur taziya izhor qilamiz...


                                                                                        Abror IMOMXO'JAEV.

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика