Rasman: "Yuventus" Tudorni istefoga chiqardi
27 okt 17:02
Yangiliklar
Rasman: "Yuventus" Tudorni istefoga chiqardi
"Yuventus" Igor Tudorning jamoa bosh murabbiyi lavozimidan ozod etilganini rasman elon qildi.
Uning yordamchilari Ivan Yavorchich, Tomislav Rogich va Rikkardo Ranyachchi ham klubni tark etmoqda.
"Keksa sinora"ni vaqtincha Massimo Brambille boshqarib turadi. U turinliklarni "Udineze" bilan uchrashuvda maydonga boshlab tushadi.
Klub Tudor va uning shtabiga so'nggi bir necha oy davomidagi professionalligi va fidoyiligi uchun minnatdorlik bildirdi va ularga kelajakdagi faoliyatida muvaffaqiyatlar tiladi.
Malumot uchun, Turin jamoasi ayni paytda A Seriyada 7-pog'onada ketmoqda.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
ФИФА Туркий давлатлар Кубоги. Қулоққа қандай эшитилади?
Fikrlar