Igor Sergeev: "Finaldan oldin ko'p gapirib yuborish yaxshi emas"
28 okt 21:16
Yangiliklar
Igor Sergeev: "Finaldan oldin ko'p gapirib yuborish yaxshi emas"
- "Paxtakor" nazariy jihatdan favorit, "Buxoro" esa autsayder sifatida qaralmoqda. Ertangi final haqidagi fikrlaringiz bilan o'rtoqlashsangiz?
- Bunday savollarni ko'p berishadi. Nima ham berdik, bu final. Finallar esa hech qaysi o'yinlarga o'xshamaydi. Maydonga tushib, bor kuchimizni tashlaymiz. Finaldan oldin ko'p gapirib yuborish yaxshi emas. Maydonda ko'rsatish kerak.
- "Buxoro" himoyachilariga ertaga sizga qarshi personal himoya uslubini qo'llashi mumkin. Ushbu holatdan qanday chiqib ketmoqchisiz?
- Ayrim jamoalar hali hamon shunday o'ynaydi, ammo bunga qarshi echim ham o'ylab topilgan. To'g'ri ochilish va aqlli o'yin qilish. Agar shunday o'ynashsa, men ham boshqacharoq o'ynayman. Bu men uchun yangilik emas. O'zimni maqtamoqchi emasman, ammo O'zbekistonda hujumchini personal qo'riqlash va imkon qadar unga xalal berish holatlari ko'p uchrab turadi. Muhimi vaziyatdan to'g'ri chiqib ketish.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал" "оловли" ўйинда Мбаппе ва Беллингемнинг голи эвазига "Барселона"ни мағлуб этди
Месси Роналдунинг рекордини такрорлади, бироқ...
Суперлига. Чемпионлик учун курашаётган "Насаф" марказий тўқнашувда ОКМК билан дуранг ўйнади
Суперлига. Турнинг сўнгги баҳсида "Сурхон" "Андижон"га ҳеч қандай имконият қолдирмай йирик ҳисобда мағлуб этди
Fikrlar