Tudor "Yuventus"ning mag'lubiyatiga izoh berdi
19 okt 21:55
Yangiliklar


Tudor "Yuventus"ning mag'lubiyatiga izoh berdi
"Yuventus" bosh murabbiyi Igor Tudor A Seriyada "Komo"dan uchralgan mag'lubiyat haqida gapirdi.
"Biz pressing qilishni istaymiz, biroq har doim ham o'xshamaydi. Himoyada etiborli bo'lmadik va shunchaki raqibni kutaverdik. O'yin og'ir o'tdi.
Birinchi bo'limda borimizni berib o'ynadik, lekin standartdan keyin gol o'tkazib yubordik. Ikkinchi bo'limda esa follar va raqib futbolchilarining o'zini tutishi sababli o'yin to'xtab qolaverdi. Ikkinchi goldan keyin o'yin tugadi.
Biz ikki hujumchi va ikki vinger bilan o'ynay olmas ekanmiz. Himoyalanishga hech kim qolmadi.
Bu sxema hozirgi jamoa uchun optimal deb o'ylayman. Buni so'nggi daqiqalarda sinab ko'rish kerak edi. Chunki "Komo" yaxshi jamoa, biz esa ko'p yugurishimiz kerak bo'ladi. Markazda ikki vinger Konseysau va Yildiz bilan o'ynash qiyin bo'ldi", - dedi Tudor.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar