Ibrohim Shokirov: "Barcha darvozabonlar penaltiga olib keladigan xato qilayotganini ko'rganman"
11 noy 21:52
Yangiliklar
Ibrohim Shokirov: "Barcha darvozabonlar penaltiga olib keladigan xato qilayotganini ko'rganman"
O'zbekiston U17 darvozaboni Ibrohim Shokirov Panamaga (6:1) qarshi bahsdan so'ng o'yin haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Birinchi bo'limda qiynaldik. Tanaffusda bosh murabbiyimiz yaxshigina motivaciya berdi va maydonga qaytib barchasini namoyish etdik" - dedi Ibrohim Shokirov bugungi yakunlangach.
"Chigil yozdi mashg'ulotlariga qadar hayajon bor edi, ammo o'yin davomida barchasi o'z o'rniga tushib ketdi. Highlightsda ushbu musobaqadagi barcha darvozabonlar penaltiga olib keladigan xato qilayotganini ko'rgandim. Men ham shunday xato qilmasam bo'lgani degan xayol bor edi, ammo o'zim ham xatoga yo'l qo'ydim(kuladi). Yaxshiyamki gol bo'lmadi.
Penalti qaytarishdan ota-onamni xursand qilishim kerakligi haqida o'ylagandim. Birinchi o'yinim edi. Shukr, barchasi yaxshi bo'ldi", - dedi darvozabon qaytarilgan penalti haqida.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Суперлига. Чемпионлик учун курашаётган "Насаф" ўз майдонида "Машъал"га мағлуб бўлди
ЖЧ U-17. Ўзбекистон Ирландияга имкониятни бой берди
Эшитдик-да! Кападзе Ўзбекистон терма жамоасидан кетди
Ла Лига. "Реал" меҳмонда "Райо Вальекано"ни мағлуб эта олмади
Fikrlar